Qizamiq insoniyat tarixidagi eng qadimgi kasalliklardan biri bo’lib, eramizdan



Download 30,98 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi30,98 Kb.
#470415
1   2   3   4
Bog'liq
Qizamiq 5cd7ea93c7305b7bcaf50b9a1fadd6bf

Qizilcha


O’tkir yuqumli kasallik bo’lib, yuqori nafas yo’llarining bir oz kataral yallig’lanishi, qizamiqqa o’xshash toshmalar toshishi, periferik limfa tugunlarining (ayniqsa ensa tugunlarini) kattalashuvi bilan izohlanadi. Ayrim tadqiqotchilarning (B.A.Libod, 1902; X.S. Martinson; S.L.Shapiro, 1963) fikricha, qizilcha o’rta asrlarda arab shifokori Ali Abbosga ma’lum bo’lgan. XIX asrning I yarmida Vagner o’sha paytdagi qizilcha qizamiqning bir turi degan fikrga qarshi bo’lgan, uning mustaqil kasalligini e’tirof etdi. Qizilcha ko’plab yillar o’ta yengil kasallik deb qarab kelindi va qizamiqdan differensial diagnoz qilish uchungina unga to’nkash bilan qaralar edi. Ammo 1941 yili Gregg (Uchedd) e’lon qlgan. Bu kasallik natijasida tug’ma nuqsonlar kelib chiqishi xaqidagi xabardan so’ng kasallikka qiziqish ancha kuchaydi.
1981 yili Londonda bo’lib o’tgan xalkaro kongressda qizilchani mustaqil nozologik birlik deb e’lon qilindi.
Etiologiya. Qizilchaning qo’zg’atuvchisi virus bo’lib, uni 1938 yili Hiro va Tasaka ochganlar. 1961 yili u alohida o’stirib olindi (Valler, Veva tomonidan Bostonda, Parpman, Busher tomonidan Vashingtonda bir paytning o’zida). Bu virus 100-300 nm razmerga ega, holatda bo’lib, miksoviruslarga o’xshash tarkibida RNK bor. Virus tashqi ta’surotlarga sezgir. U maymunlar va ayrim sichqonsimonlarda infeksiyasini o’zgartiradi.

Epidemiologiyasi.


  1. Kasallik manbai bemor odam. Kasallikni serologik aniqlanadigan innaparant turini o’tkazayotganlar ham kasallik manbai hisoblanadilar. Bolalarda innaparant turi ko’p uchraydi, kattalarda esa asosan shu tur qayd qilinadi.

Kasallikni aniq va inaparant turlarini o’tkazayotgan homilador ayollar embrion va homilaga yuqtirishlari mumkin.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda (kasallik tug’ilgan) virus siydikda, to’qimalarda, orqa miya suyuqligida bo’ladi, u organizmda tug’ilgandan so’ng 12 -19 oylikkacha, ayrim ma’lumotlarga ko’ra 30 oygacha ham saqlanishi mumkin. 2 yashar bolani olib tashlangan hollarda ham virus topilgan. Demak, chaqaloqlarda surunkali persistent infeksiya rivojlanishi mumkin.
Kasallanganlarda virus 7 kun avval, ayrim avtorlar (Sever va boshqalar 1967) 13 kun avval ham aniqlanishi mumkin. U intensiv holda 2 xaftagacha ajralib turishi mumkin (Ingalset; 1967). Bundan tashqari virus yashirin davrning oxirgi kunlaridan toshma toshgandan 7 kungacha siydik va axlatdan ajratib olish mumkin.

  1. Qizilcha asosan havo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Kasallik qizamiq va suv-chechakka nisbatan sekinroq tarqaladi. Moyil insonlar nisbatan uzokrok va yaqinroq muloqotda bo’lganga yuqadi.

  2. Ko-infeksiyaga beriluvchanlik yuqori. Asosan 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar og’riydilar

Uyushgan bolalar jamoalarida (bog’cha), kasallikni uyushmaganiga nisbatan 2-5 marta yuqori. O’zbekistonda qizilcha kasalligi ancha keng tarqalgan, olti guruhli kasallik ham kelib chiqadi.
1. Immunitet: kasallik o’tkazganlarda turg’un immunitet hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan antitelalar Jg va Jg M sinfiga mansub bo’ladi.
Qizilchaga qarshi immunitetni aniqlash uchun serologik rejim ishlatiladi.
AKSh va Kanadada 15 – 20 % tug’ish yoshidagi ayollarda qizilchaga immunitet aniqlanadi. Qizilcha kichik guruhli kasallik yoki epidemiya shaklida uchrashi mumkin. AKShda 1964 yili epidemiya paytida 1800 000 ta bemor qayd qilindi, o’shanda 20000 bola tug’ma nuqsonlar bilan tu g’ilganligi aniqlandi.
Kasallik qish va bahorda ko’payadi. Har 3–5–7 yilda kasallik ko’rsatkichlari ko’tarilib
turadi.

Download 30,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish