Muslim ularni alohida-alohida rivoyat etgan. Hadisda sanab o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi. Ammo katta alomatlar, ya’ni, quyoshning g‘arbdan chiqishi, zamonning qisqarishi va boshqalar Iso alayhissalom tushib, xinzirni (cho‘chqa) o‘ldirganlaridan so‘ng namoyon bo‘ladi. Muslim ularni alohida-alohida rivoyat etgan. Hadisda sanab o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi. Ammo katta alomatlar, ya’ni, quyoshning g‘arbdan chiqishi, zamonning qisqarishi va boshqalar Iso alayhissalom tushib, xinzirni (cho‘chqa) o‘ldirganlaridan so‘ng namoyon bo‘ladi. Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi. Alloh taolo Iso alayhissalom duolari barakoti bilan ularni o‘ldiradi. Biz, hadisda aytib o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi, dedik. Vallohu a’lam! Eng avvalo, payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi yolg‘onchilar chiqdi. Bu yolg‘onchilarning peshqadami va o‘ta xatarlisi Musaylama kazzob edi. Uni Abu Bakr xalifaligi davrida, Yamoma jangida Alloh qilichi Xolid ibn Valid qo‘shini o‘ldirdi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |