Yangi quvvatlarni barpo etish.
“Xerox”ning yangi daromadlari, aktsiyalarining narxlari yaxshilanish alomatlarini ko’rsata boshladi. Biroq, kompaniya barcha to’siqlarni engib o’tganligi to’g’risida bayonot berishidan oldin yana bir ulkan tahdid – Buyuk retsessiya bor edi. Retsessiya “Xerox”ning nusxa ko’chiradigan chop etadigan uskunalar va xizmatlar biznesiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatdi va kompaniya aktsiyalarining narxi yana bir bor tushib ketdi.
O’tish jarayonida kompaniyaning ko’rsatkichlarini saqlab qolish uchun “Xerox” ACS – afillangan kompyuter xizmatlari – 6,4 milliardlik, dunyo ofislarining deyarli barchasiga xizmat ko’rsatadigan kompaniyasiga a’zo bo’ldi. ACS kompaniyasining malakasi, imkoniyatlari va mavjud kontaktlari “Xerox” uchun ishlab chiqarishini rivojlantirishga ko’maklashishi mumkin bo’lgan ayni yordam kuchlari edi. “Xerox”, ACS va boshqa afillangan kompaniyalar sinergiyasi natijasida mijozlarga qaratilgan va hujjatlar hamda axborotlarni boshqarishga mo’ljallangan keng va ko’p tarmoqli mahsulotlar, dasturlar va xizmatlar portfeli yuzaga keldi.
Aslida, “Xerox” oxirgi 4 yil ichida 130dan ko’proq yangi innovatsion mahsulotlarni o’z kuchi bilan ishlab chiqdi. Bugungi kunda kompaniya tizimli printerlar va ko’pfunktsiyali uskunalardan boshlab rangli chop va nashr etish tizimlari, raqamli presslar va “kitob fabrikalar”gacha bo’lgan mahsulot va tizimlarni taklif etmoqda. U, shuningdek, biznesga onlayn arxivlarni yaratishga ko’maklashadigan, uy printerlari va nashr mashinalarini boshqaradigan, ishchilar hujjat va axborotlarni tezroq va sifatli tarqatishlarini tahlil qiladigan va to’g’ridan-to’g’ri pochta, invoys va broshyuralar Internet-tizimi orqali yuboradigan jarayonlarni yaratishga qaratilgan konsalting va autsorsing xizmatlarining ta’sirli to’plamini taqdim etmoqda.
Bu yangi mahsulotlar “Xerox” uchun mijozlarga nafaqat uskunalar, balkim tayyor echimlarni taqdim etish imkoniyatini berdi. Masalan, u sug’urta kompaniyalari mijozlari uchun yangi devays ishlab chiqdi – skaner qiladigan va chop etadigan, shuningdek, Internet imkoniyatlari mavjud bo’lgan ihcham kompyuterni ishlab chiqdi. Talablarning nusxalarini Qo’shma Shtatlar pochta xizmati orqali yuborish o’rniga bu kabi hujjatlar skaner qilinib, saralanadilar va tizimning umumiy ish direktorisyasiga joylashadi.
Bu shunchaki sug’urta kompaniyalar uchun ishlab chiqilgan fantastik gadjet emas. Ular real daromadlar ko’rmoqda. Xatolar soni, hisoblashga sarflanadigan vaqt kabi keskin pasayib ketdi va bu, o’z navbatida, daromadlar oshishi va mijozlar roziligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |