Qiya quduqlarning profillari. Quduqlarning qiyshayishini oldini olish choralari Quduqlarning tabiiy holda qiyshayishi


Quduqlarning tabiiy holda qiyshayishi



Download 0,6 Mb.
bet3/6
Sana10.05.2023
Hajmi0,6 Mb.
#936930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qiya quduqlarning profillari. Quduqlarning qiyshayishini oldini

3. Quduqlarning tabiiy holda qiyshayishi

Qiya holatdagi quduqlar texnik va iqtisodiy jihatdan maqsadga to'g'ri kelmagan holatlarda burg'ilanadi. Har qanday burg'ilash usullari qo'llanilganda (rotorli, truboburli, elektrobur) ham geologik sharoitlarga mos holda maxsus qiya shaklda burg'ilovchi moslamalardan foydalaniladi.



Rotorli burg'ilash usulida tik yo'nalishdan quduq ustunining qiya holatiga o'tishi pona ko'rinishli va sharnirli og'dirgichlar yoki maxsus burg'ilar, aralashma oqimini yuvishni ta'minlovchi uskunalar yordamida olib boriladi. Quduqning egri qismini burg'ilashda tanaffus qilinadi va og'dirgich yordamida burg'ilash amalga oshiriladi. Natijada tushirish-ko'tarish ishlarining hajmi ko'payadi, burg'ilash tezligi pasayadi va qurilish narxi o'sadi (1.3-rasm).


Ponasimon og'dirgich (1.4-rasm) burg'iga shtift yordamida mahkamlanadi. Burg'i ustiga ikkita kichik diametrli quvur o'rnatiladi, u tizma pastki qismining silliqligini ta'minlaydi. Tiznma tushirilgandan (a) va og' dirgich berilgan azimutga o'rnatilgandan keyin tog’ jinsiga kirgiziladi (b), bunda burg'ilash tizmasi ko'taríb olinadi, (d) va (e) da quduq kengaytiriladi.
Sharnirli og'dirgich - (1.5-rasm) burg'ilash tizmasiga sharnir orgali biriktiriladi. Tizma o'qiga nisbatan qiya burchak ostida tizma-ning pastki qismini aylantiradi.
a) burg'ilash tizmasiga og'dirgich o'rmatiladi, yo'nalishi belgila-nadi, nasos ishga qo'shiladi va katta bo'Imagan aralashma sarfi hamda yuklanmada burg'i tog' jinsga tizma aylantirilmasdan bosiladi. Undan keyin og'diruvchi ozroq yuqoriga ko'tariladi va yana qaytadan burg'i bosiladi;
b) bu jarayon yangi yo'nalish olguncha davom ettiriladi;
d) undan keyin kichik aylantirish chastotasida tizma aylantiriladi (20-40 ayl/daq), 4 -6 m - quduq burg’ilanadi, burg’ilash tizmasi ko'-tariladi, zenit va azimut burchaklar o'lchanadi;
e) bundan keyin burg'ilash tizmasi odatdagi burg'i bilan quduq bir necha metr burg'ilanadi.
Quduq birdaniga kengaytiriladi, (d) va shu tartibda burchaklar o’lchanadi.

Quduqlarni egrilanishini o'lchash Petrosyan apparati yordamida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


Egrilanish burchagini o'lchashdan oldin burg'i quduq tagidan ustiga chiqariladi, quvurlar elevatorga yoki ponaga qo'yiladi, kvadrat shtanga burab bo'shatiladi. Undan keyin yuqori tiqin yo'naltiruvchi tarnov richag bilan birgalikda yechiladi, tarnovni boshqa richag bilan ushlab turiladi va pastki qism yechiladi.
O’lchash asbobining ilgagi yechiladi, yon qopqoq olinadi va aylanuvchi yarim silindrdan stakan-quti olinadi. Rezina tiqin olingandan so'ng, stakan-qutining yarim balandligi suzuvchi kislota bilan to'ldiriladi. Undan keyin o'lchash shishasi pastki asos bilan qo'yiladi, teskari tarafidagi oynaga sanoqlar yoziladi, suv bilan yuvib qo'yiladi. Quti yaxshilab rezina qopqoq bilan yopiladi, undan keyin o'zini bo'rtib turgan ilgagi bilan shishani qutining tubiga yaxshilab qisadi. Stakan-quti aylanuvchi yarim silindrga qo'yiladi va to'xtatgich vint bilan mahkamlanadi.
O’lchash asbobining qopqog'i o'z joyiga qo'yiladi va ilgagi yopiladi. O’lchash asbobi tik holatda yo'naltiruvchi tarnovga amortizatsiyali prujina bilan yog'och disklar oralig'iga o'rnatiladi va mahkam yopilganligi tekshiriladi.
Yo'naltiruvchi jelonka richagiga rezinali qistirma kiydirilib, yuqori qopqoq buraladi.
Maxsus quldastak yoki mexanizatsiyalashgan chig'iriq yordamida arqon bilan apparat burg'ilash quvuriga tushiriladi. Sakratib o'lchashda apparat burg'ilash quvuriga tashlanadi.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish