Buning uchun oziqni ushlab turish va uni kemirish zarur bo'lgan. Suyuq oziq (qon, o'simlik nektari va shirasi, chiriyotgan suyuq organik qoldiqlar) bilan oziqlanish butunlay boshqa tipdagi og'iz organlarining kelib chiqishiga olib kelgan. Kemiruvchi og'iz organining barcha qismlari to'Iiq bo'lishi, ko'poyoqlilar og'iz apparati bilan o'xshashligi va nihoyat hamma hasharotlar lichinkalari uchun xos ekanligi uning kelib chiqishi birlamchi ekanligidan dalolat beradi. - Buning uchun oziqni ushlab turish va uni kemirish zarur bo'lgan. Suyuq oziq (qon, o'simlik nektari va shirasi, chiriyotgan suyuq organik qoldiqlar) bilan oziqlanish butunlay boshqa tipdagi og'iz organlarining kelib chiqishiga olib kelgan. Kemiruvchi og'iz organining barcha qismlari to'Iiq bo'lishi, ko'poyoqlilar og'iz apparati bilan o'xshashligi va nihoyat hamma hasharotlar lichinkalari uchun xos ekanligi uning kelib chiqishi birlamchi ekanligidan dalolat beradi.
- Kemiruvchi og'iz organiga misol qilib suvarakning og'iz organini ko'rsatish mumkin. Suvarak og'iz teshigini old tomondan xitin qoplag'ichdan hosil bo'lgan yagona ustki lab plastinkasi yopib turadi. Bu labning kelib chiqishi bosh bo'g'imlari bilan bog‘liq emas. Labning ostida mayda tishchali bir juft yaxlit plastinkasimon yuqori jag‘lar yoki mandibulalar joylashgan. Ular boshning ikkinchi bo‘g‘im o‘simtalaridan hosil bo‘lgan vachaynashda ishtiroketadi. Uchinchi va to'rtinchi bosh bo‘g‘imlari o‘simtalari pastki jag‘lar yoki 1 va 2 juft maksillalar deyiladi. Ulaming bo‘g‘imlarga bo‘linganligi haqiqiy yurish oyoqlaridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
Hasharotlar boshining oldingi (A) va yon (B) tomondan ko‘rinishi.
1 - bosh kapsulasi, 2 - oddiy ko'zlar, 3 - fasetkali ko'zlar, 4 - antenna,
5 - mandibula, 6 - yuqori jag‘,7 - mo'ylovlar birikadigan joy,
8 - pastki lab, 9 - pastki jag`.
1 -juft pastki jag‘lar og‘izning ikki yonida joylashgan bo‘lib, har qaysisi asosiy bo‘g‘im, ustun- cha va uning ustida joylashgan tashqi va ichki o‘simtalar hamda besh bo‘g‘imli pastki jag‘ paypaslagichlardan tashkil topgan. Ichki o'simtalari chaynash, tashqi o'simtalari va jag‘ paypaslagichlari esa tuyg‘u vazifasini o‘taydi. 2-juft jag‘laming asosiy bo‘g‘imlari: iyakosti va iyak birga qo‘shilib ketgan; uning tashqi va ichki o'simtalari esa alohida bo‘ladi. 2- juft jag'lar og‘izning ostki tomonida joylashgan bo'lib, pastki lablar deyiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining gipofarinks deb ataladigan xitin o‘simtasi ham og'iz apparatiga kiritiladi. Gipofarinks va ostki lab yordamida hasharotlar suyuq oziqni yalab oladi. - 1 -juft pastki jag‘lar og‘izning ikki yonida joylashgan bo‘lib, har qaysisi asosiy bo‘g‘im, ustun- cha va uning ustida joylashgan tashqi va ichki o‘simtalar hamda besh bo‘g‘imli pastki jag‘ paypaslagichlardan tashkil topgan. Ichki o'simtalari chaynash, tashqi o'simtalari va jag‘ paypaslagichlari esa tuyg‘u vazifasini o‘taydi. 2-juft jag‘laming asosiy bo‘g‘imlari: iyakosti va iyak birga qo‘shilib ketgan; uning tashqi va ichki o'simtalari esa alohida bo‘ladi. 2- juft jag'lar og‘izning ostki tomonida joylashgan bo'lib, pastki lablar deyiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining gipofarinks deb ataladigan xitin o‘simtasi ham og'iz apparatiga kiritiladi. Gipofarinks va ostki lab yordamida hasharotlar suyuq oziqni yalab oladi.
- Oziq xili va oziqlanish usuli ta’sirida kemiruvchi og'iz organ tobora o'zgara borgan va undan boshqa xil og'iz organlari kelib chiqqan. Arilaming kemiruvchi - so‘ruvchi og'iz organi yuqori lab va yuqori jag'laming tuzilishiga binoan kemiruvchi tipdagi og'iz organiga juda o'xshash, lekin pastki jag'lar boshqacha tuzilgan. 1-juft jag‘laming o‘simtalari kuchli rivojlangan va cho‘zilgan, jag‘ paypaslagichlari esa reduksiyaga uchragan (qarang: 150-rasm). 2-juft pastki jag'laming ichki o'simtalari birga qo'shilib, tilcha deb ataladigan nayga o‘xshash o‘simtani hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |