Qisqacha ma’ruza matni


O‘lchovlar va og’irliklar bo‘yicha xalqaro tashkilot



Download 38,16 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2022
Hajmi38,16 Kb.
#643564
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 8-mavzu

O‘lchovlar va og’irliklar bo‘yicha xalqaro tashkilot.

Mahsulot sifatini tekshirish va nazorat qilish, metrologik laborotoriyalarni akkreditatsiya qilish milliy o’lchash tizimlariga asoslangan harakatlar bilan bog‘liqdir. Mahsulotni standart talablariga muvofiqligini baholashda turli xil parametrlar, ya’ni mahsulotning o‘z tavsifnomalaridan tortib uni saqlash, tashish va foydalanishdagi tashqi ta’sir parametrlarini o’lchash amalga oshiriladi. Majburiy talablarga tovarning muvofiqligini belgilovchi sertifikatlashtirish sinovlarida o’lchashlarning metodikasi va amaliyoti natijalarning taqqoslanishiga ta’sir etadi va bu holat sertifikatni tan olish bilan bog‘liqdir. Bunda agar mahsulotni sertifikatlashtirishning va sinov natijalarining taqqoslanuvchanligining zarur sharti bo‘lgan o’lchashlarning yagonaligi ta’minlansa, metrologiya xalqaro savdo manfaatlarini ta’minlagan bo’ladi. Ushbu vazifa metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning say-harakatlari tufayli dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida fizik kattaliklarning xalqaro birlik tizimi (SI) qabul qilingan. Bundan tashqari taqqoslama atamalar amal qilmokda, o‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalarini normalashtirish, o’lchash vositalarini sertifikatlashtirish, seriyali mahsulotlarni ishlab chiqarishdan oldin o’lchash vositalarini sinash bo‘yicha tavsifnomalar qabul qilingan. Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ISO va MEK tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Yirik xalqaro metrologiya tashkilotlariga o‘lchovlar va ogirliklar bo‘yicha xalqaro tashkilot (MOMV) va qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha xalqaro komitet (MOZM) hisoblanadi.




8.4. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro Tashkilot (MOZM).
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qiskartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonadatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarini va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir. MOZM faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-MOZM ga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o’lchash vositalarining uslubiy me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;
-qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlari tekshirish va attestatlashini, uskuna va ishchi o’lchash asboblarini uyg’unlashtirish;
-o‘zaro qulay bo‘lgan birxillashtirilgan o’lchash birliklarini mamlakatlar ma’qo’llanishini ta’minlash;
- metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqarish va ularni joriy etish bo‘yicha davlat ko’rsatkichlarining birliligini ta’minlash;
- rivojlanyotgan mamlakatlarda metrologik ta’yin etish va ularni zarur texnik vositalari bilan tayinlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish;
- metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash.
MOZMning Oliy rahbar idorasi qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to’rt yilda bir necha marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining mavzularini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZMning rasmiy tili - fransuz tilidir. MOZMning ijroiya organi bo’lib qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha xalqaro komitet hisoblanadi.
Komitet va konferensiya ishini qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha xalqaro byuro muvofiqlashtiradi. Byuro axborot materiallari nashr qiladi, hujjatlar fondini olib boradi, o‘z namoyish zallarida metrologiya sohasidagi yutuqlarni namoyish qiladi.

Download 38,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish