MA’RUZA 28
QISQA VA TO‘LA ENERGETIK AUDIT
Energetik audit o‘tkazish o‘z–o‘zidan qisqa va to‘la auditga bo‘linadi:
Qisqa audit korxonada energiyadan foydalanishning umumiy ko‘rinishini aniqlaydi va to‘liq energetik audit o‘tkazishga yo‘nalish beradi. O‘z navbatida to‘la audit energiya iste’moli va chiqarilayotgan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamchiliklarini to‘la yoritib beradi. Bor ma’lumotlarni (yozma) iste’mol qilinadigan energiyani turlarini va korxona energiya iste’molchilarini o‘rganish qisqa auditning birinchi bosqichi hisoblanadi. Zarurat bo‘lsa bu ma’lumotlar tekshirilishi, auditorning o‘lchovlari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Energetik texnologik qurilmalar, korxonaning energetik trassa–lari, binolar va atrof muhit bilan tanishish energetik auditning zarur bosqichi hisoblanadi.
Qisqa audit o‘tkazish uchun 3–4 kun vaqt ketadi.
Qisqa enertik auditdan olinadigan ma’lumot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
– Ishlab chiqariladigan mahsulot uchun energiyani qanchalik tejash mumkinligi va iste’mol vaqtida qaerda kamchilik, yani yo‘qotish bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot;
– To‘liq audit o‘tkazilatganda qaysi nuqtalarga kata eotibor qaratish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot.
2. To‘liq energetik audit korxonaning alo’ida agregatlarida, bo‘limlarida, texnologik liniyalarda va ishlab chiqarishning barcha tizimlarida olib boriladi. Korxonaning tuzilishi va ishlab chiqarishning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt talab qilishi mumkin.
To‘liq energetik audit o‘tkazish asosida matematik modellarni, energetitk xarakteristikalarini, mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik va ekspulatatsion faktorlarning oishlari tahlili olinishi mumkin. YUqorida olingan ma’lumotlar mos keluvchi komppyuter programmalari orqali statistik tahlil qilinishi mumkin. To‘liq agregatik audit agar korxona o‘ziga energetik loyiha yoki energetik dasturlar qabul qilmoqchi bo‘lsa, joriy energetik tahlil qilish imkonini beradi. Bunday hollarda issiqlik energiyasining joriy tahlillari olib borilayotganda asosiy o‘lchov ko‘rsatkichlari bo‘lib, sarf, xarajat va bosim hisoblanadi. Joriy energetik tahlil o‘tkazishda quyidagi elektrik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: kuchlanish, tok, quvvat koeffitsenti, quvvat.
Auditlardan olinadigan ma’lumot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
– energiyani tashishning potensial imkoni;
– energiyani tejashdan olinadigan foyda potensialini;
– harakat qilish uchun tavsiyalar;
– har bir kuchayishning iqtisodiy bahosi;
Foydalanilayotgan energiyasini har bir ishlab chiqaruvchi,yordamchilar – xonalari va boshqa ehtiyojlarga sarf bo‘layotgan energiyani qadrlash kerak.olingan ko‘rsakichlar tahlili asosida korxonaning energobalansi ishlab chiqiladi.
Sanoat korxonalarida energiyani tejashning asosiy tamoyillari.
Asosiy prinsip bo‘lib quyidagi chora–tadbirlar hisoblanadi:
– energetik audit o‘tkazish;
– energiyani tejash bo‘yicha chora–tadbirlarni ishlab chiqish;
– energiyani tejash kattaligini baholash;
–korxonaning energiyani tejashini jamoa boshqaruvini ishlab chiqish;
–moddiy rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish;
bu chora– tadbirlarni quyidagicha sxemaga joylashtirish mumkin.
Энергетик аудит ўтказиш
Энергияни тежаш бўйича чора-тадбирларни ишлаб чиқиш
Энергияни тежаш катталигини баҳолаш
Корхонанинг энергияни тежашини жамоа бошқарувини ишлаб чиқиш
Моддий раҳбатлантиришни йўлга қўйиш
Zarur ma’lumotlarsiz energiyani tejash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazib bo‘lmaydi. Quyidagi savollarga javob bermay turib,energiya istimoli ustidan nazorat olib borish yoki undan foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin emas:
Energiyadan qaerda foydalaniladi? Qancha energiyadan foydalani–ladi? Energiyadan qanchalik tejamli foydalaniladi?
Bu savollarga faqat energetik audit o‘tkazish orqali javob berish mumkin. Bu ma’lumotlar energiyadan foydalanishni nazorat qilishda asosiy yo‘l hisoblanadi.
Korxonaning turli ishlab chiqarish qismlarida energiyadan qanchalik foydalanilayotganligini, energoaudit o‘tkazish davomida yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali boholanishi mumkin. O‘lchangan aniq iste’omol korxona oldiga qo‘yilgan maqsad va standart ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab ko‘rilishi mumkin. Rasmlar va diagrammalar korxona iste’molini o‘sishi yoki tushuvini ko‘rsatadi.
Energetik auditni baholashga ikki xil yondashish mumkin:
Birinchisi pullik baho, ya’ni iqtisodiy ko‘rinishdagi o‘lchovlar va keladigan foyda;
Ikkinchisi esa.foydalanilayotgan energiyani doimiy nazorat ostida bo‘lishi bilan baholanadi.
Va nixoyat energiyadan foydalanishni nazorati va natijalarini tahlili pulni iqtisod qiladi deb hisoblash mumkin.
Energetik audit o‘tkazishda tuzilishda energetik audit o‘tkazishdagi asosiy muammolarni ko‘rsatuvchi o‘lchovlar zarur hisoblanadi.
Ushbu ma’lumotlar energiya iste’molini boshqarishda asosiy vosita hisoblanadi.
Energetik auditning maqsadi:
Energiyani tejashdagi bo‘sh joyni aniqlash kerak;
Energiya iste’molini og‘ishiga sabab bo‘layotgan faktorlarni aniqlash;
Korxona qurilmalarini sotib olishdan oldin baholash;
Korxona va uning qurilmalarini optimal ishlashini ta’minlash;
Maxsus, tezkor boshqaruv shtatlarini ochish;
Energiyaning arzonini aniqlash;
Boshqa korxonalar bilan taqqoslash:
Bu maqsadlarning barchasiga energetik audit o‘tkazish birinchi va asosiy qadam bo‘lib hisoblanadi.
Va nixoyat energiyadan foydalanishning nazorati va natijalrni tahlili pulni iqtisod qiladi deyish mumkin.
Energetik audit o‘tkazishdagi asosiy muammolarni ko‘rsatuvchi o‘lchovlar zarur hisoblanadi.
Ushbu ma’lumotlar energiya iste’molini boshqarishda asosiy vosita hisoblanadi.
Energiya iste’molini tushuvi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot narhini tushuviga olib keladi, kelajakda energiya tannarhini oshishida bardoo‘lilikni oshiradi va to‘laligicha kata iqtisodga olib keladi. Umuman olganda korxonani raqobatbardoshliligini oshiradi.
2) Agar energiya iste’molchilar tejamli foydalanishsa, iqtisodiy o‘sish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni o‘sishini energiya iste’molini oshirmasdan amalga oshirish mumkin.
Energiya iste’molining o‘sishi, mavjud energiya bozoridagi tannarh o‘sishiga va boshqa bozorlarning vujudga kelishiga olib keladi.
3) Bundan tashqari energiya iste’molining tushuvi atrof muhitni saqlashda ham katta aham iyatga ega. Sanoat rivojlanishida atrof–muhitni mu’ofaza qilish asosiy masalalardan biridir. Vaqt o‘tishi bilan atrof–muhitni saqlashda energiya iste’molini to‘lovi birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Ko‘p korxonalarda energiyadan tejamli foydalanishga ikkinchi darajali masala deb qaralmoqda. Asosiy masala deb esa qurilmalarning ekspulatatsion holatini yaxshi saqlash va kelajakda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirishga qaralmoqda.
Energetik menejmeniga korxona potensialini oshirish strategiyasida ahamiyati jihatidan turlicha yondashish orqali korxona quyidagioarga ega bo‘ladi:
– Energiya isrofini tushirish
– Energiyani tejash imkoniyatlarini oshirish
– Birgalikda ishlab chiqarish va issiqlik energiyasi
–Nooddiy energiya manbaalaridan foydalanish
Energetik menejmentga ma’lum bir vaqtda, doimiy nazorat ostidagi tadbir deb qaramasdan, unga doimiy grafikdagi oddiy ishchi xodimlarini shunday tarbiyalash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |