Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror
past darajasidagi) to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.
Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda,
byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali
ta’minlanadi. Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida
to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi.
Alohida holatlarda bu muammo ikki o’zaro mustaqil qismga bo’linadi:
a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish;
b) valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish.
Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va
pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati
ham ajratib ko’rsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo
kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga
nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta
bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi
o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab
etadi.Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga
asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni
muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM
modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham
baholarning o’zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o’zgarishi
sabablarini tushuntiradi. Ular o’rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-
yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli
ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko’pincha, IS-LM modelining
modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib
tahlil qilinadi. VV egri chizig’i to’lov balansining muvozanatli darajasini
tasvirlaydi. 2-savol
Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi
rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda
turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz.
Ko’rib turganingizdek, Mandell-Fleming modeli biz oldingi boblarda
foydalangan komponentlardan qurilgan.
Asosiy taxmin: mukammal capital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq
iqtisodiyot
Mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagi
farazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r,
jahon foiz stavkasi r
*
bilan belgilanadi.
Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi
rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda
turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz.
Ko’rib turganingizdek, Mandell-Fleming modeli biz oldingi boblarda
foydalangan komponentlardan qurilgan.
Asosiy taxmin: mukammal capital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq
iqtisodiyot
Mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagi
farazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r,
jahon foiz stavkasi r
bilan belgilanadi. Matematik jihatdan, buni quyidagicha
yozishimiz mumkin
Bu jahon foiz stavkasi egzogen o’zgaruvchidir, chunki biz ko’rayotgan
mamlakat dunyo iqtisodiyoti bilan shunchalik kichikki, u dunyo moliyaviy
bozoridan qarz olishi yoki qarz berishi jahon foiz stavkasiga hech qanday ta’sir
qilmaydi.
Mukammal kapital oqimi to'g'risidagi fikrlar oddiy tenglama bilan
ifodalansada, bu tenglama ko’rsatadigan takomillashgan jarayonning ko’rinishini
yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Faraz qiling, birorta vaziyat sodir bo’ldi buning
natijasida jahon foiz stavkasi ko’tariladi. Kichik ochiq iqtisodiyotda,
mamlakatdagi foiz stavkalari qisqa muddatga biroz ko’tarilishi mumkin ammo bu
vaziyat sodir bo’lishi bilan xorijliklar bu mamlakatga qarz berishni boshlashadi
(misol uchun shu mamlaktning obligatsiyalarini sotib olish bilan). Capitalni kirib
kelishi mamlakat ichidagi foiz stavkasini r* ga tomon pasaytiradi. Xuddi
shuningdek, agar har qanday hodisa mamlakat foiz stavkasini pasaytirishni
boshlasa, capital yuqoriroq foiz topish maqsadida chetga oqib chiqib ketardi va bu
capital oqimi ichki foiz stavkasini yana r* gacha qaytaradi. Bundan keyin r = r*
tenglama kapitalning xalqaro oqimi ichki foiz stavkasini jahon foiz stavkasi bilan
teng saqlab turishga yetadi degan tahminni yuzaga chiqaradi.
3-savol
Kapitalning oqib ketishiga va o’z navbatida milliy valyutaning
qadrsizlanishi darajasiga ta’sir ko’rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim
ahamiyatga egadir.
Ammo, pul-kredit siyosati murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi
sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab chiqarishni
kengaytirishning ichki rag’batlari ( foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki
ko’proq tashqi dunyo orqali ro’y beradi deb tasavvur qilish mumkin. Boshqacha
aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valyutaning qadrsizlanishi sharoitida
mamlakat mahsulotlariga talabning o’sishi uning eksportiga talabning oshishi
hisobiga ro’y beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri
o’ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq
siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir.Ma’lumki, davlat
xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki yo’nalishda: daromad
orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir ko’rsatadi. Daromadlarning ortishi(
multiplikator samarasi orqali) importni ko’paytiradi, savdo balansini
yomonlashtiradi va milliy valyutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining
ortishi, shuningdek, hukumat olayotgan qarzlarini ko’paytirayotganligini
anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari
esa xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini
oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning
mobilligi darajasiga bog’liq bo’ladi.
Kapitalning past mobiligi sharoitida byudjet ekspantsiyasi daromad orqali
ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Kapitalning uncha ko’p bo’lmagan miqdorda oqib
kelishi savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi
pasayadi.
Milliy valyutaning arzonlashishi eksportning o’sishi uchun qulay sharoit
yaratadi va to’lov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi.
Eksportning ortishi, shuningdek, byudjet ekspantsiyasining ichki ishlab
chiqarishga ijobiy ta’sirini to’ldiradi.
Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital
schyotining to’lov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi. Kapitalning
yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro’y bergan valyuta kursining ko’tarilishi tendentsiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning qisqarishiga va savdo
balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib
kelishi bu taqchillikni qoplash va to’lov balansini muvozanatlashtirish imkonini
beradi. Ammo byudjet ekspantsiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta’siri
deyarli nolga teng bo’ladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni
xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv
kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo’ladi
4-savol
Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi planga chiqadi. Agar qayd qilingan valuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv kursinini quvvatlab turishni ham ko‘zda tutgan bo‘lsa, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin. Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‘lov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin egiluvchan valuta kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy valutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valuta qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga bo‘lgan talabning o‘sishini anglatadi va pul massasining dastlabki o‘sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi.