4. O’rta va orqa ko’prikni muvozanatlash osmasining vazifasi, tuzilishi va
qo’llanishi.
Uch ko’prikli yuk avtomobillarda o’rta va orqa yetakchi ko’priklar orasiga
muvozanatlash osmasi o’rnatilgan bo’lib, bu osma g’ildiraklarning yuklanishini
tenglashtiradi va yo’lning uydim-chuqur xamda past balandligidan kelib chiqqan
qarshiliklarni yengib ravon harakatlanishi ta’minlaydi.
13.3-rasma Nomustaqil muvozanatlash osmasining shakli keltirilgan.
13.3-chizma. Nomustakil muvozanatlash osmasining shakli.
Ressora 4. bir vaqtning o’zida muvozanatlovchi va elastik qism vazifasini
bajaradi. Muvozanatlash osmasi bo’ylama kuch va reaktiv momentlardan 3, 6, 9 va
12 shtangalar hamda sharli barmoq 1 yordamida yuksizlanadi.