Suyuq kristalli displeylar
Boshqa fizik xossalarga asoslangan alternativ akslantirish konstruktsiyalari ham mavjud. Yassi indikatsion panellar ishlab chiqaruvchilardan texnologiyalarini olib, ba`zi kompaniyalar LCD-displey (Liquid-Cystal Display) ham deb ataluvchi suyuq kristalli displeylarni ishlab chiqishdi. Ularga miltillashsiz va kam quvvat talab qiluvchi (bu modellarning ba`zilari 5Vtda ishlasa, elektro-nur trubkali monitorlar 100Vtgacha quvvatda ishlaydi) yassi ekranlar hosdir. Yorug`lik uzatish ko`rsastkichlari bo`yicha aktiv matritsali suyuq kristalli displeylar xozirda ko`pgina elektron-nur trubkali monitorlardan yaxshiroqdir.
Elektron-nur trubkali monitorlar
Ma`lumotlar monitorda bir necha xil usul bilan akslantirilishi mumkin. Eng keng tarqalgani - elektr-nur trubkali (ENT) ekranda akslantirish. ENT bo`g`zida elektron pushka, tubida lyuminofor bilan qoplangan ekran bo`lgan shishali kolbada joylashgan elektron vakkumdir.
Elektron pushka qizib elektonlar nurlatadi, ular esa katta tezlikda ekran tomonga harakatlanadi. Elektronlar oqimi (elektron nur) lyuminofor bilan qoplangan ekranning ma`lum burchagiga yo`naltiruvchi fokuslovchi va og`diruvchi katushka orqali o`tadi. Elektronlar urilishi ta`sirida lyuminofor nurlana boshlaydi. Ana shu yorug`lik nurini monitor oldida o`tirgan foydalanuvchi ko`radi. Elektron nur katta tezlikda ekranda chapdan o`ngga, yuqoridan pastga rastr deb nomlanuvchi trayektoriya bo`yicha harakatlanadi.
2.5 Protsessor inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, P. ishini nazorat qiladi. P. da bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor. [1]
Do'stlaringiz bilan baham: |