Qishloq xo'jaligining rivojlanishi kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi va estensiv va intensiv yo'llaridan foydalaniladi


Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo'llari



Download 20,48 Kb.
bet4/4
Sana02.02.2021
Hajmi20,48 Kb.
#58211
1   2   3   4
Bog'liq
qxi

8.4. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo'llari.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan mahsulotni ko'paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni nafaqat bir gektar yerga yoki bir bosh molga qo'shimcha mablag'ning o'sishini bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur'atda olishda ifodalanadi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab qiladi. Nazariy jihatdan har qanday yer uchastkasiga, har qanday hajmda, har qanday kapitalni qo'yish mumkin, lekin bu o'z-o'zidan ma'lumki, agar shu mamlakatda shu paytda barcha sharoitlar, ya'ni iqtisodiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sharoitlar mavjud bo'lishiga bog'liq. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar oqilona sarflanishi kerakki, bunda xo'jalik har bir birlik xarajatga ko'proq mahsulot va maksimum foyda olishi kerak.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Ular orasida birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lganlari quyidagilar:

- bir gektar yer maydonga to'g'ri kelgan yalpi mahsulot

YaM 

Si=

YeM 



Si- intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, so'm/ga;

YaM-yalpi mahsulot qiymati, so'm;

YeM-yer maydoni, ga.

Xo'jalik yalpi mahsuloti taqqoslama baholarda baholanadi. Bunday baholanish ushbu ko'rsatkichni dinamikada, shuningdek bir xil sharoitda ishlaydigan qator xo'jaliklar faoliyatini taqqoslashni o'tkazishda foydalanish imkonini beradi. Hosildorlikning oshishi va bir vaqtning o'zida unga sarflangan tannarxning pasayishi intensivlashtirish samaradorligining yuqori darajada ekanligini bildiradi. Bunday holatda yerga sarf qilingan har bir so'm nafaqat xarajatlarni qoplaydigan qo'shimcha mahsulot olib kelmasdan, balki qo'shimcha sof daromad olish imkonini ham beradi:

- bir gektar qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan yalpi daromad:

YaD 

Si=

YeM 



Bu yerda YaD - yalpi daromad (sof mahsulot), so'm

Bu ko'rsatkich ancha takomillashgan ishlab chiqarish vositalarida, ilg'or texnologiyada, qishloq xo'jaligi ekinlarining yuqori navi va mollar zoti hamda boshqalarda bajarilgan, qo'shimcha mablag'lardan ancha oqilona foydalanishni aks ettiradi.

-bir gektar qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan sof daromad yoki

foyda: 

SD F

Si= yoki


YeM YeM

bu yerda SD- sof daromad, so'm: F- foyda, so'm

Bu ko'rsatkich alohida ahamiyatga ega. Modomiki, sof daromad qo'shimcha qo'yilmalarning asosiy manbai hisoblanar ekan, u holda kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish va mustahkamlash uning hajmiga bog'liq. Qishloq xo'jaligini izchillik bilan intensivlashtirish qo'shimcha mablag'larning ancha yuqori, tez qaytarilishiga va mos ravishda sof daromadning o'sishiga olib keladi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek quyidagi ko'rsatkichlar bilan ham xarakterlanishi mumkin:

-bir birlik mehnat xarajatlari hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad) hajmi:

YaM YaD SD

Si= yoki yoki

MXar MXar MXar

Bu yerda: MHar - mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan mehnat xarajatlari,

kishi/soat;

-bir so'mlik asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad):

SD


Bu yerda AsF - asosiy ishlab chiqarish vositalari iymati, ming so'm;

AyF - aylanma fondlar qiymati, ming so'm.

Shunday qilib, qishloq xo'jaligini intensivlash-tirishning iqtisodiy samaradorligi bir gektar yerdan ishlab chiqariladigan mahsulotning ko'payishida, mahsulot birligiga sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlarining pasayishida o'z aksini topadi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish, uning yo'nalishiga, sur'atiga va samaradorligiga ta'sir ko'rsatadigan ko'p omillarga bog'liq. Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishda muhim rol qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga tegishli. U o'z ichiga nafaqat mashina texnikasidagi taraqqiyotni, balki ishlab chiqarishni tashkil qilish va texnologiyasidagi, fanni rivojlantirishdagi, ilg'or tajribadan foydalanishdagi taraqqiyotni ham oladi.

Tuproqni ishlashni yaxshilash, qo'shimcha organik va mineral o'g'itlar solish, meliorativ ishlarni o'tkazish, barcha kompleks agrotexnik tadbirlarni bajarish tuproqning iqtisodiy unumdorligini oshirishga, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni o'stirishga imkon beradi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish yo'llari quyidagilar:



  • qishloq xo'jaligida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish; 


- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda investisiya va kapital qo'yilmalarning o'sishi;

v) qishloq xo'jaligi moddiy texnika bazasini mustahkamlash.

g) ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish darajasini oshirish;

d) qishloq xo'jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish (mineral o'g'itlar solish va kimyoviy o'simliklarni himoya qilish vositalarni qo'llash)

ye) qishloq xo'jaligini meliorasiyalash (sug'orish, zaxini qochirish, boshqa ishlarni rivojlantirish)



j) qishloq xo'jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.

Intensivlashtirishni izchillik bilan amalga oshirishning muhim sharti qishloq xo'jaligiga ajratilgan kapital quyilmalarning o'sishidir. Qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarishni asta-sekinlik bilan sanoat asosiga o'tkazishga imkon beruvchi kuchni iqtisodiy potensialdan foydalaniladi. 
Download 20,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish