To’raqo’rg’on issiqlik elektr stansiyasi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi - Keyingi yillarda Respublikamiz rahbariyatining bir qator farmoyish va qarorlari bilan istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorini tashkil etuvchi hamma sohalarda, shuningdek, ijtimoiy sohalarda ham yangilanish sari nihoyatda keng ko‘lamdagi tadbirlar belgilab berilgan. Shu jumladan, Energotizimda ham energiya ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish, hisobga olish, yoqilg‘i va gidroenergetika resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy ekologiya me‘yorlari talablariga javob beruvchi eng so‘nggi energetika texnologiyalarini joriy etish yuzasidan 2020-yillargacha bo‘lgan davrda mavjud quvvatlarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, o‘z resurslarini o‘tab bo‘lgan uskuna-qurilmalarni bosqichma-bosqich almashtirish, issiqlik va elektr energiyasi iste‘moli barqarorligini ta‘minlashni ko‘zda tutuvchi tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda energiya ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinda turgan mavjud issiqlik elektr stansiyalarining quvvatlarini yangilashga keng o‘rin berildi
Do'stlaringiz bilan baham: |