Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni tashkil etish va joylashtirish



Download 49 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi49 Kb.
#18726

Aim.uz

Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni tashkil etish va joylashtirish

Yerdan to`la va samarali foydalanishni tashkil etish uchun yer tuzish ishlari o`tkaziladi. Yer tuzish yer to`g`risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etishni tashkil qilishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga, yer tuzish ishlarining hududiy va ichki xo`jaligi rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o`z ichiga oladi.

Yer tuzish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning arizalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yer tuzish istiqbolga mo`ljallangan, loyihalash oldidan, xo`jaliklararo hamda ichki xo`jaligi yer tuzish ishlariga bo`linadi.

Istiqbolga mo`ljallangan hamda loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:

respublika va uning mintaqalari er-suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;

tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;

tuproq unumdorligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan istiqbolga oid taxminlarni (prognozlarni) hamda dasturlarni ishlab chiqish;

tabiatni muhofaza qilish, qo`riqxonalar tashkil etish va ularni chegaralarini belgilash.

Xo`jaliklararo yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:

1. Joyning o`zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash. Yana bu subyektlar o`rtasida yer munosabatlarini hal qilish.

2. Yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etish, mulkdorlarni, yangi yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjudlarini tartibga solish loyihalarini tuzish.



3. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuzish.

4. Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni har xil turdagi eroziyadan saqlash, qishloq xo`jaligi yerlarini yaxshilash, yangi yerlarni o`zlashtirish bo`yicha ishchi loyihalarni ishlab chiqish.

5. Yerlarni resurs sifatida baholash va baholash tadbirlarni o`tkazish.

Xo`jaliklararo yer tuzish ishlari tumanlar yoki bir-birlari bilan o`zaro bog`langan qishloq xo`jaligi korxonalarining ma’muriy chegaralari doirasida qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda o`tkaziladi.

Xo`jaliklararo yer tuzish ishlari loyihaning ma’muriy tumanni rivojlantirishning bosh sxemasida to`la aks etgan bo`ladi. Xo`jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlangandan keyin yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalari chegaralari belgilab qo`yiladi. Xo`jaliklararo yer tizim ishlari loyihasi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Xo`jalik ichidagi yer tuzish yoki ichki xo`jaligi yer tuzish loyihasi qishloq xo`jaligi korxonalarining yer hududida ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilish, barcha qishloq xo`jaligi yerlarini (ekinzorlar, yaylovlar, bog`lar, tokzorlar va h.k) joylashtirishini ko`zda tutadi.

Ichki xo`jalik yer tuzish ishlarini o`tkazish orqali yerdan to`la va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va doimo oshirib borish masalalari hal qilinadi.

Ichki xo`jaligi yer tuzish ishlari ikki qismdan – loyihalash va uni amalga oshirish kalendar muddatidan iborat bo`ladi. Ichki xo`jaligi yer tuzish ishlari yer egasi bo`lgan davlat yoki yerdan foydalanuvchilar tomonidan qo`yilishi mumkin.

Ichki xo`jalik yer tuzish ishlarining loyiha qismida maqsad, yerdan foydalanishning erishilgan darajasi tahlili, ichki xo`jalik bo`linmalarining soni va hajmi, almashlab ekish tizimi, yo`l, suv sxohobchalarining hajmi va joylashishi, aholi punktlari, ularning soni, hajmi va joylashishi, talab qilinadigan kapital sarflar ko`rsatiladi.

Loyiha qismidagi eng asosiy masala – bu, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibining o`zgarishi, ya’ni yerlarni bir turdan boshqa turga o`tkazish, yerlarga suv chiqarish, sug`oriladigan yerlar salmog`ini oshirish, yerlarning melioratsiya holatini yaxshilash, qo`riq yerlarni o`zlashtirish hisoblanadi.

Korxonaning tekis, hajmi jihatidan unumli texnikani qo`llash imkonini beradigan maydonlariga ekinzorlar joylashtiriladi va ularning unumdorligini doimo saqlab turush uchun korxona yo`nalishini hisobga olgan holda almashlab ekish tizimi ishlab chiqiladi. Korxonaning shamol qattiq esadigan tomonida ko`p yillik daraxtzorlar, bog`lar barpo etiladi. Shuningdek, qir-adirlik yerlarda ham bog`lar barpo etish maqsadga muvofiqdir.



Aholi punktiga, qayta ishlovchi sanoatga yaqin hamda katta magistral yo`l bo`ylaridagi yerlarda sabzavotchilik, tez buziladigan, uzoqqa tashish qiyin bo`lgan mahsulotlar yetishtirish yo`lga qo`yiladi.

Aim.uz


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish