Qishloq xoʻjaligidagi yutuqlar.
Oldingi munozaralar shuni koʻrsatadiki, madaniylashgan turk-moʻgʻul hukumdorlari qishloq xoʻjaligi talablarini qondirish uchun musulmonlar diniy urf-odatlari va islom qonunlari orqali qoʻlga kiritilishi mumkin boʻlgan barcha imkoniyatlardan foydalanishgan. Eng katta musulmon avliyolari ziyoratgohlarining oʻziga xos jozibasi va qonuniy vazifasini oʻzlashtirib olish orqali temuriy hukumdorlar ushbu muqqaddas qadamjoylarning memoriy va xayriya ishlariga katta eʻtobor qaratishgan. Sulton Husayn kabi hukmdorlar gidrotexnik inshootlar qurish va eski sugʻorish tizimlarini qayta tiklash orqali ekin maydonlarini kengaytirishga muvaffaq boʻlishgan. Ular asosan “Irshod al-zira” qoʻllanmasida keltirilgan ilmiy usullardan foydalanishgan. Shuningdek, ular yangi dehqonchilik normalarini ham ishlab chiqishgan va bu orqali Xuroson vohasidagi qishloq xoʻjaligini misli koʻrilmagan darajadagi hosildorlikka olib chiqishgan.
Diniy muassasalarga tegishli vaqf yerlarni nazorat qilishdagi moliyaviy hisob- kitoblar va audit usullarini qatʻiyatlilik bilan yuritish temuriy hukumdorlarning asosiy yutugʻi boʻlgan.XV asrning boshida temuriylar davrining byurokratik boshqaruv tizimiga joriy qilingan ushbu usullar Xuroson vohasidagi barcha vaqf mulkiga egalik qiluvchilar tominidan juda yaxshi oʻzlashtirib olindi. Chunki bunday usullar Hirot viloyatidagi tez-tez sugʻoriladigan dehqonchilik yerlari toʻgrisida aniq hisobotlar yozishda juda qoʻl kelardi. Oʻsha davrdagi hisobchilar va agronomlar tufayli, temuriylar qarashli yirik muqaddas qadamjoy majmualari vaqf yerlariga tegishli qishloq xoʻjaligi yurituvchi asosiy mexanizm sifatida boʻlgan. Temuriylar poytaxti hisoblanmish Hirotda joylashgan “Ansoriy” ziyoratgohi dastlab mafkuraviy ahamiyat va vaqf faoliyati yuritishdagi asosiy manfaatni kasb etgani tufayli ushbu ziyoratgoh Temuriylar tomonidan Xurosonda barpo etilgan boshqa shu kabi majmualar (ayniqsa Mashhad va Balx shaharlaridagi Hazrat Ali ziyoratgohlari uchun) namuna vazifasini oʻtagan.
Balx shahridagi Hazrat Ali ziyoratgohi mening fikrimning yaqqol ifodasi boʻla oladi. Yaniki Temuriylar davridagi ziyoratgohlar qishloq xoʻjaligini harakatga keltiruvchi asosiy mexanizm sifatida ishlatilganligini toʻliq qoʻllab quvvatlaydi. Xajva Xaryan qishlogʻidagi Ali ibn Abu Tolib maqbarasining topilishi Balx shahridagi “Hazda Nahr” sugʻorish tizimidagi eng asosiy kanallarni qayta qazish loyihasiga katta turtki bergan. Bu esa Sulton Husaynga davlat yerlari va suv taqsimoti ishlarini xususiylashtirib olishiga katta imkon yaratgan. Bu ishlarni u goyoki vaqf mulklariga oʻtkazish sifatida olib borgan.
Chigʻatoy zodagon vakillaridan tuzligan “keshik” yoki Temuriy-Chingiziy toʻra va Sulton Husayning qazoq maqomidan dehqon maqomiga oʻtishining koʻchmanchi temuriy qabilalar yuzaga kelishi bilan hech qanday aloqasi yoq. Chunki XVI asrning boshida temuriylar sulolasi qulaganidan koʻp oʻtmay, Oʻrta asrlardagi Eron tarixida Sulton Husayn hukmronligi davri dehqonchilik va bogʻdorchilik gullab yashnagan davr deb qaralgan.
Xulosa.
Ushbu tadqiqot buyuk sarkarda Amir Temur tamonidan barpo etilgan koʻchmanchi imperiyaning( Eron va Markaziy Osiyoni oʻz ichiga oladi) uning vorislari davrida fors-islom modeliga asoslangan holda oʻtroq turmush tarziga odatlangan imperiya shakliga oʻtganini yoritib beradi. Maks Veberning muntazam hokimyat haqidagi gʻoyasi Temuriylar toʻgrisidagi haqiqatni tushunishga katta yordam bergan. Chunki bosqinchilik orqasidan qoʻlga kiritilgan iqtisodiyotning barcha manbalaridan foydalanib boʻlgandan soʻng, Amir Temurning avlodlari qishloq xojaligiga asoslangan davlat iqtisodiyoti poydevorini yaratish zarur ekanligini tushunib yetishgan. Ular anʻanaviy fors-islom byurokratik yoʻnalishlari boʻyicha oʻz boshqaruv tizmlarini qayta yaratishgan. Qisqacha qilib aytganda, Temuriylar imperiyasining muntazamlashgan saltanatga aylanishiga mafkuraviy omillar emas, balki iqtisodiy omillar asosiy turtki boʻlib xizmat qildi. Bu kabi oʻzgarishlar Temuriylar uchun oson boʻlmgan albatta. Chunki Chingizxon davridagi “yasoq” qurultoyi negizida paydo boʻlgan Temuriylar davridagi “toʻra” kengashi ham sobiq kochmanchi harbiy qurultoy anʻanalaridan chetga chiqa olmagan. Bu esa oʻtroq turmush tarziga asoslangan jamiyat normalariga va uning qishloq xojaligi faoliyati bilan mos kelmagan.
Undan tashqari, Amir Temurning kelib chiqishi haqidagi maʻlumotlarga koʻra, u Mogʻullar imperyasidagi yuqori martagaba ega xonadon avlodidan boʻlgan ekan. Uning barlos urugidan boʻlgan Qorachar Noyon ismli ajdodi Chigʻatoyxonning shaxsiy tansoqchilari boʻlinmasi boʻshligi (keshik) lavozimida ishlagan va qattiqolik bilan oʻrnatilgan yasa qurultoyidagi bosh hukm chiqaruvchi boʻlgan. Shu sababli, ular musulmon boʻlishlariga qaramay, Amir Temur va uning avlodlari Movarounnahrdagi Kesh viloyatini Chingiziy anʻanalarga binoan boshqarisha majbur boʻlishgan va Chigatoy xonadoniga boʻlgan sadoqatini isbotlash uchun oʻzlari hukumronlik qilgan Eron va Markaziy Osiyo hududlarida oʻtroq turmush kechiruvchi musulmon aholidan koʻra turk-moʻgʻul boʻlgan elita qatlamni ustun koʻrishgan. Chigatoy imperiyasi tansoqchilar boʻlinmasi negizida shakllangan Temuriylar xonadonining hukmronlik boshiga kelishi Amir Temur va uning avoldlari barpo etmoqchi davlat uchun zamin yaratgan. Shuni alohida taʻkidlash keraki, Maks Veberning oʻrta asrlardagi muslumon davlatlar ustidan oʻrnatilgan Yuan sulolasining hukmronlik tuzumi Temuriylar davlatidagi byurokratik tuzum bilan juda oʻxshash boʻlgan.
Bunda hukmdor boshchiligidagi shaxsiy tansoqchilar boʻlinmasi va harbiy elita vakillari asosiy davlat boshqaruv tizimini tashkil etishgan va bu tizim forsiy byurokratik boshqaruv usuli bilan yanada boyitilgan. Ushbu tadqiqotda qarib qirq yil davom etgan Temuriylar avlodidan boʻlgan Sulton Husayn Bayqaro hukmronligi davri XV asrning birinchi yarimida boʻshlangan oʻtroq turmush tarziga oʻtish jarayonining eng jadalashgan davri sifatida talqin etilgan. Bu ishni dastlab Amir Temurning toʻrtinchi oʻgli Shohruh Mirzo saltanat poytaxtini Samarqanddan Hirotga koʻchirish orqali boʻshlab bergan. Chunki oʻsha paytda u oʻz etiborini Markaziy Osiyodan (Movarounnahr) koʻra Eronga (Xuroson) qarata boshlagan edi. Sulton Husayn hukmronligi forsiy byurokratik boshqaruv tizimining Temuriylar hokiyatini rivojlanishiga qay darajada taʻsir koʻrsatganini toʻlaqonli ochib bergan. U orqali esa biz oʻsha oʻtish davridagi oʻzaro raqobatlashuvchi ikkita siyosiy kuch oʻrtasidagi shiddatli kurashlar guvohi boʻla olamiz. Yani bunda harbiy va siyosiy turk-moʻgʻul elita qatlamining siyosiy va moliyaviy jihatdan marzkalashmgan davlat baro etishga urinishlarini yoki forsiy byurokratik tizim tarfdorlari va diniy ziyolilar qatlamining markazlashgan davlat qurishga toʻsqinlik qilishlarini yaqqol koʻrish mumkin.
Shohruh Mirzoning nufuzi baland vaziri hisoblangan Giyosiddin Pir Ahmadning oʻgʻli Majdiddin Muhammad Havofiyning (forsiy byurokrat amaldorladan biri) taʻkidlashicha, turk-moʻgʻul anʻanalari asosida tashkil etilgan tuzumga byurokratik muassasa tamoyillarini tadbiq etish juda qiyin boʻlishi bilan birgalikda, hokimyat tepasidagi shaxsga sadoqat va beminnat xizmat koʻrsatich tushunchalarini jamiyat ongiga singdirish oson boʻlmagan. Majdiddinning temuriylar hokimiyatini markazlashtirishga oid keng qamrovli moliyaviy va byurokratik islohotlarni amalga oshirishga boʻlgan urinishlari turk-moʻgʻul elitasi tomonida kuchli qarshilikka uchragan. Chunki ular ushbu say-harakatlarni oʻzlarining siyosiy imtiyozlariga va boshqaruv hokimyatidagi oʻrinlariga salbiy taʻsir qiladi deb hisblashgan.
Garchi ushbu urinishlari islomiy qonunlar nuqtai nazaridan maqullangan va nufuzi baland forsiy adabiyot nomoyondalari tamonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsada, uning davlatni markazlashtirish siyosati turk-moʻgʻullardan tashkil topgan temuriylar elitasini yenga olmadi. Chunki u ishongan Sulton Husayn ham harbiy jihatdan ushbu elita qatlamiga qaram boʻlgan. Eng qiziqarli tamoni shundaki, Majdiddin hokimiyatdan chetlatilishi va “yargu” (tergov sudi) sudiga soʻroq qilish uchun olib kelinishi uning kelgusi taqdiri Chingiziylar oldida zigʻircha ham ahamiyati yoʻqligini isbotlaydi. Bu esa Temuriylar yaratgan sud ishilaridagi himoya usullarining umuman foydasiz ekanligini koʻrsatadi. Asosan turk-moʻgʻul millatiga mansub harbiy va hukmron elita vakillari kelib chishi eronlik boʻlgan amaldorlarning siyosatga aralshishidan qattiq gʻazablanishgan. Ammo aynan ular Sulton Husaynga jiddiy iqtisodiy qiyinchilik vaqtida judda katta yordam berishgan. Shu sababli, Sulton Husayn ularni hokimyat boshqaruvidagi oʻz ishongan odamlari sifatida koʻrgan.
Hatto Majididdinning sobiq hamkori Mir Alisher Uygʻur ham unga qarshi chiqqan. Natijada, Uygurning haqiqiy sadoqati va shaxsiy manfaatlari nimda ekanligi ayon boʻlgan. Agarda Chigatoyxonning bosh qozisi boʻlgan temuriylar ajdodi Qorachar Noyon oʻsha vaqtda tirik boʻlganida, shubhasiz, bu oʻziga bino qoʻygan tojik vazirga nisbatan sud ishini maqullagan bolardi. Temuriylar davlatining moliyaviy boshqaruv tizimi markazlashtirishga qaratilgan ijobiy byurokratik islohotlarning omadsizlikka uchrashi yerga egalik qilish va soliqqa tortishdagi katta muammolar mavjudligini ochib bergan. (bunga suyurgol tariqasida hadya etilgan yerlarning oqilona soliqqa tortilmasligi misol boʻla oladi). Bunday hal etilmagan muammolar esa davlat gʻaznasida baʻzi yoʻqotishlaga sabab boʻlgan. Temuriy hukumdrolar soliq tushumlarini koʻpaytirish va oʻz boshqaruv hokimiyatini kuchaytirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga katta eʻtibor qaratishgan. Xurosonning sharqiy qismidagi qishloq xoʻjaligiga moslashgan tumanlarida sugʻorish tizmlarining yangilanishi va barpo etilishi yangi ekin maydonlarining kengayishiga olib keldi. Asosan poytaxt Hirotda bunday turdagi juda koʻp yangi yerlar yaratildi. Sulton Abu Said Mirzo tomonidan Guzargohdagi “Ansoriya” ziyoratgohi yaqinida “Juyi Sultoniy” kanalining qazilishi Hirot shimolida joylashgan barcha hududlardagi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish zamin yaratdi. Sulton Husayn va uning dehqonlari homiyligida Harirud vodiysida qishloq xoʻjaligining oʻshish darajasi moʻgʻullardan keyingi davrda misli koʻrilmagan darajaga yetdi.
Sulton Husayn Hirotda hokimiyat tepasiga kelguniga qadar uzoq vaqt siyosiy qochqinlikda yurganiga qaramay qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilikka huddi fors adabiyoti va sanʻatiga ishtiyoqi kabi bu sohalarga ham juda qiziqqan. U vaqf yerlaridan unumli foydalanib, Xurosonda temuriylar va ularning elita qatlami vakillari egalik qiladigan koʻplab xayriya muassasalariga tegishli qishloq xoʻjaligi mulklaridan keluvchi daromadlarni ancha oshira oldi. Sulton Husayn Shohruh Mirzo davrida vaqf yerlariga joriy etilgan byurokratik moliyaviy boshqaruv tizimini oʻzining davrida ham oʻsha mashur musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlari uchun ham qoʻlladi.