Agrologistik infratuzilma
2017-2020 yillarda quvvati 738 ming tonnalik 51 ta yangi zamonaviy agrologistika markazlari ishga tushirildi. 2021 yilda quvvati 282 ming tonna bo‘lgan 20 ta shunday markazlar ishga tushirilib, quvvati yiliga 1 mln tonnaga yetkaziladi. 2020 yilda muzlatkichli va saqlash omborxonalarining quvvatlari 1,26 mln tonnaga yetkazilib, 2017 yilga nisbatan 2,6 barobar oshdi.
Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki mablag‘larini jalb etgan holda, xalqaro darajada katta tajribaga ega Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi jalb etilib, quvvati 1,6 mln tonnalik 8 ta yirik agrologistika markazlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |