Mamlakatimiz qishloq xo‘jalik sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asl maqsadi, bu mavjud yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalana oladigan, munosib egalar qo‘1iga topshirishdir. Fermerlik harakatining mamlakat bo‘ylab keng joriy etilishi, bu Hukumat rahbarlarining istiqbolda fermerlarga bo‘lgan katta ishonchi va umididir. Uddaburon va tadbirkor yer egasi o‘zi boyiydi, ham davlatniboyitadi.
Ma’lumki, jamiyatimizning demokratik tamoyillari asosida rivojlanishi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini tom ma’noda shakllanishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi hamda mulkchilik shaklini o‘zgartirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Barcha sohalar qatorida respublikamizda sug‘urta xizmatini ham takomillashtirish davr taqazosi bo‘lib hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida xatarlarni tan olmaslik va xatarlarni boshqarish tizimini rivojlantirishdan bosh tortish ayrim qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini va ba’zan qishloq xo‘jaligini va umuman jamiyatniuzluksiz rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunga bir qator sabablar asos bo‘1ishi mumkin,masalan:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining daromadlari tabiiy ofatlar va boshqa kutilmagan hodisalardan kafolatlanmaganligi, ularning kelgusida xo‘jalik yuritishiga katta xavf tug‘diradi. Bu qishloq xo‘jaligida mashg‘ul bo‘1gan mehnat resurslari bandligi va ularning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga qishloq xo‘ja1igiga aloqador va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat tizimlarida ham kapital aylanishi sustlashishiga olib keladi, ya’ni yerga ishlov beruvchi traktorlar, asbob-uskunalardan tortib to oddiy qishloqdagi kosib va hunarmandlar no-ozuqabop mollari sotilishi kamayadi.
qishloq xo‘ja1igi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarning mavjudligi, agrar sohani samarali kreditlash tizimini yaratishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Sababi, mavjud xatarlar kredit qaytmasligi xavflni oshirib, qishloq xo‘jaligini kreditlovchi bank tizimini inqirozga uchratishi mumkin. Sug‘urta,ayniqsa,bozor munosabatlarining rivojlanishdavrida,xo‘ja1ik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollarini turli kutilmagan hollardan moddiy, moliyaviy himoyalash, ularning e’tiborini ko‘proq ishlab chiqarish jarayonidagi raqobat muammolariga qaratishlariga sharoit yaratibberadi.
Qishloq xo‘jalik sug‘urtasi tizimi yuqorida zikr etilgan va boshqa ko‘pgina sabablarga ko‘ra qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mavjud xatarlar oqibatlarini oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. Sug‘urta tizimi nafaqat dehqon daromadini kafolatlaydi, balki davlat dotatsiyasidan farqli o‘laroq, asl dehqon bilan sohta dehqonni ajratib, sug‘urtaga murojaat qilganda, har birining mehnatiga qarab daromad olishiga olib keladi. Bu hol bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy raqobat, ya’ni xo‘jalik yuritishni samarali tashkil etmaganlami kasodga uchrashi sababli sohadan chiqib ketishga undaydi.
Shu munosabat bilan, hozirgi davrda, sug‘urta bozorini, sug‘urta tashkilotlarini faoliyatini hamda sug‘urta xizmatidan foydalanuvchilarni ma’lum bir talab darajasiga ko‘tarishda sug‘urtaning mohiyatini va huquqiy asoslarini yoritib beruvchi, undagi muammolami yechish yo‘11arirri tahlil qilish borasida qonunchilik sohasida olib borilayotgan ishlaming ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25 fevral Farmoni bilan tashkil etilgan "O‘zagrosug‘urta" davlat aksionerlik sug‘urta kompaniyasi qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yagonakompaniyadir.
Ana shu Farmonga asosan qishloq xo‘ja1igi mahsuloti yetishtiruvchilarning mol-mulkini, ekinlari hosili, mahsulot yetishtirish uchun avans tariqasida ajratiladigan mablag‘lar qaytarilishi uchun javobgarlik, mahsulot yetishtirish uchun tijorat banklaridan olinadigan maqsadli kreditlaming qaytarilish bo‘yicha javobgarlik, shuningdek qishloq joylardagi yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmati ko‘rsatish belgilabberilgan.
1999-2001-yillarda sanatsiya qilingan xo‘jaliklar bilan to‘liq sug‘urtaviy aloqalar o‘rnatildi, fermerlar orasida sug‘urta xizmatini olib borish takomillashtirilmoqda.
Shu bilan birga aksariyat shirkat xo‘ja1iklari va fermerlar tuzilgan ixtiyoriy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan badallami sug‘urta tashkiloti hisobiga o‘tkazib berishda moliyaviy yetishmovchiliklar mavjudligi tufayli ko‘pchi1ik tuzilgan shartnomalar kuchga kirmayqolmoqda.
Demak, qishloq xo‘ja1ik sug‘urtasi tizimining asosiy maqsadi va vazifasi qishloq xo‘ja1igi ishlab chiqaruvchilarini qullab-quvvatlab, ularga tabiat injiqlariga qarshi moliyaviy himoyani taklif etishdaniborat.