Ekinlar hosili sug’urtasi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili sug‘urtasi, qishloq xo‘jaligi ixtiyoriy sug‘urtasining asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Sug‘urta obyekti qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hisoblanadi. Qishloq xo‘ja1ik ekinlarining hosili sug‘urtasi ularning muzlash, garmsel, do‘l, sel, sug‘orish manbalaridagi suvsizlik yoki kamsuvlik sababli, suv bosish, zararkunandalar, yong‘in natijasida nobud bo‘1ish yoki zararlanishi va kuchli shamol hamda uzoq davom etgan yog‘ingarchi1ik natijasida yotib qolish kabi hodisalar yuzasidan o‘tkaziladi.
Sug‘urta shartnomasi mahsulot yetishtiruvchilarning yozma arizasiga asosan, qishloq va suv xo‘ja1igi vazirligi hamda «O‘zagrosug‘urta» DASK tasdiqlagan ekish taqvimi muddatlaridan kechiktirilmagan holda tuziladi.
Sug‘urta mukofotlarini hisoblash uchun qishloq xo‘ja1igi ekinlari hosilining qiymati xo‘jalikning hisob-kitobi va boshlang‘ich hisobot hujjatlari bo‘yicha mazkur yilda rejalashtirilgan l ga ekin maydonidan olinadigan hosildorlik (oxirgi uch yil ichida olingan o‘rtacha hosildorlikdan yuqori emas) mahsulotni sotish narhi va ekin maydoniga asosanhisoblanadi.
Har bir qishloq xo‘ja1ik ekinlari hosilining qiymati alohida hisoblanadi. Sabzavot, poliz ekinlari, ekilgan o‘t1ar, rezavor mevali dov-daraxtlar, ko‘chatxona1ar, gullar, manzarali daraxtlar va ba’zi boshqa ekinlarhosilining qiymati esa guruhlar bo‘yichaaniqlanadi.
Sug‘urta mukofotlari bo‘yicha tarif(stavka)lari har yili ko‘rilgan zararga asoslanib, qayta ko‘rib chiqiladi.
Sug‘urta mukofotlari sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatida sug‘urtalovchi hisob raqamiga to‘liq tushmasa, u holda sug‘urta javobgarligi tushumga nisbatan olib boriladi. Sug‘urta mukofotlari belgilangan muddatgacha kelib tushmasa, sug‘urta shartnomasi kuchga kirmagan deb hisoblanadi va xo‘ja1ik qaytadan sug‘urta shartnomasini tuzish huquqini saqlab qoladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlardan so‘ng tushgan sug‘urta mukofotlariga sug‘urtalovchi sug‘urta javobgarligini olib bormaydi va mablag‘ sug‘urta qildiruvchigaqaytariladi.
Hisoblangan sug‘urta mukofotlari sug‘urta bo‘limi hisobiga kelib tushgach, sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta polisi yozib beriladi. Sug‘urta polisi, sug‘urta hodisasiyuzberganda,sug‘urtatovonito‘1ashuchunasosiyhujjatdanbiridir. Yuqorida qayd qilingan hodisalar natijasida qishloq xo‘ja1ik ekinlari hosilini zararlanishi yoki nobud bo‘lishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda Sug‘urta qildiruvchi bu haqda sug‘urta bo‘1imiga uch kun ichida xabar berishi shart.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun sug‘urta mukofotlari hisoblashda qabul qilingan bir gektar hosilning qiymati bilan hisobot yilida bir gektarmaydonda yetishtirilgan o‘rtacha hosildorlik qiymati orasidagi manfiy farq xo‘ja1ik ko‘rgan zarar hisoblanadi.
Bog va uzumzorlar hosilini ixtiyoriy sug’urta qilish.
Fermer xo‘jaliklari hosilga kirgan urug‘1i, danakli bog‘, hosilga kirgan uzumzorlar hosilini muzlash, do‘l, garmsel, jala, se1 natijasida zararlarrishi yoki nobud bo‘1ishidan ixtiyoriy sug‘urta qilish mumkin.
Urug‘1i, danakli meva beruvchi yoshdagi bog‘ va uzumzorlar keyingi uchyi1 davomida hosil bermagan bo‘1sa, 50 va undan ortiq foizda eskirish vujudga kelgan bo‘1sa hamda qishda ko‘milmay qolgan uzumzorlar (Surxondaryo viloyatidan tashqari) sug‘urtaga qabulqilinmaydi.
Bog‘ va uzumzorlar hosilini to‘liq qiymatining muayyan hissasida, ammo 70 foizdan oshmagan miqdorda sug‘urta qilinadi.
Sug‘urta mukofotlarini hisoblash uchun bog‘ va uzumzorlar hosilini qiymati xo‘ja1ikning hisob-kitob va bosh1ang‘ich hisobot hujjatlari bo‘yicha mazkur yilda rejalashtirilgan 1 gektar maydondan olinadigan hosildorlik (oxirgi uch yi1 ichida olingan haqiqiy hosildorlikdan yuqori emas), kelishilgan narhlardan kelib chiqqan holda va hosil olishga rejalashtirilgan maydonga asosan hisoblanadi.
Sug‘urta shartnomasi tuzishda urug‘1i mevalarning davriy hosil berishi, albatta, nazarda tutilishi shart.
Agar mazkur yilda rejalashtirilgan hosildorlik oxirgi uch yildagi haqiqiy o‘rtacha hosildorlikdan ortiq bo‘1sa, sug‘urta mukofotlari o‘rtacha uch yillik hosildorlik bo‘yicha hisoblanadi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilganidan keyin hisoblangan sug‘urta mukofotlari o‘n bank kuni muddatida sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalovchi hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta1anuvchi tomonidan 24 soat davomida sug‘urta tashkilotiga xabarnoma berilishi shart.
Sug‘urtalovchi xabarnomani olgandan so‘ng, 24 ish soat davomida sug‘urta obyektini o‘rganib va sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi shart. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta1angan bir gektar hosil qiymati bilan hisobot yilida bir gektardan olingan kam hosil qiymati orasidagi farq sug‘urta qildiruvchining bog‘ va uzumzorlar hosilidan ko‘rgan zarari hisoblanadi.
Sug‘urta tovoni, bog‘ va uzumzorlardan hosil to‘liq yig‘ishtirib olingandan so‘ng,sug‘urtaqildiruvchi29-shak1dagiqishloqxo‘ja1ikhisobotibo‘yicha70
%, xo‘jalikning yillik hisoboti tasdiqlangach 30 % to‘1ab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |