4
MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI.
Qishloq xo’jaligi, eng avvalo, qayta ishlovchi sanoat uchun xom-ashyo, material ishlab chiqarishga asoslanadi, uning faoliyatining iqtisodiy natijalari esa tarmoqlararo balans shartlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi agrosanoat majmui nuqtai nazaridan qaraganda oraliq natija hisoblanadi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyoti, bozor munosabatlarining barqaror yo’nalishlarda yanada rivojlanishi birinchi navbatda mehnat bozori, ishchi kuchidan foydalanish va aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyalash va mehnatga haq to’lash, mehnat sharoiti va normativlarini ishlab chiqarish kabi mehnat muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga bog’liq.
Aholi tabiiy o’sishining yuqori sur’ati tufayli har kvadrat kilometr xudud hisobiga uning zichligi xam ortib bormoqda. Bu ko’rsatkich tumanda, shuningdek, boshqa bir qator tumanlarda ham yuqoridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat resurslari, mehnatga haq to’lash va mehnat unumdorligi masalalari mamlakatimizning yetuk iqtisodchi olimlarining ilmiy asarlarida yoritilgan.
Chop etilgan ayrim adabiyotlarga sharh berib o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 21.12.1995
Mehnat kodeksi 16 bob 294-moddadan iborat. Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i Kenges qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda*, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt)** bo’yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018
Kelgusi ikki yilda esa 1 million 200 ming gektar yerning suv ta’minoti barqarorlashtiriladi, yiliga 1 milliard 700 million kub metr suv tejaladi va 600 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi.
Biz uchun o’ta muhim vazifa - qishloq xo’jaligi uchun yuksak bilim va malakaga ega bo’lgan oliy va o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishimiz lozim. Bu borada xorijdagi yetakchi oliy o’quv yurtlari bilan birga qo’shma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali agro soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda o’qitishga alohida ahamiyat berishni zamonning o’zi talab etmoqda.
Kelgusi yili qishloq xo’jaligida 1 milliard 870 million AQSh dollari hajmidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish mo’ljallanayotgani bu sohadagi ishlarimizning hajmi ham, mas’uliyati ham naqadar yuksak ekanidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |