27
Ishlarning yuqorida ko’rsatilgan belgilari bo’yicha berilgan to’la tavsiyalar mahsus tarif-malaka ma’lumotnomalarida beriladi. Bu ma’lumotnomalar ishlab chiqarishda dastlabki xujjat bo’lib xizmat qiladi.
Ta’rif - malaka ma’lumotnomalarini ishlab chiqarishda va ishlar murakkabligini baxolashda analitik-tahlil usuli keng qo’llaniladi. Uning moxiyati shundaki, mehnat jarayoni har qanday mehnat turiga xos ayrim ishchi faoliyatlariga bo’linadi:
hisob faoliyati, ya’ni ishchining ish jarayoni boshlanishidan oldingi hamda ish jarayoni vaqtidagi barcha yumushlarni bajarishi;
ish joyini tayyorlash yoki asbob-uskunalarni tanlash, uskunalarni sozlash, asboblarni o’rnatish;
ish jarayonini yuritish, ya’ni ishchining mehnat predmetini ishlashga, uning xossalarini yoki xolatini o’zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati;
ish jarayonida uskunalarni, tayyorlash va ishlab chiqarishni boshqarish. Bundan tashqari, ishlar murakkabligini baxolashda ijroning ishonchliligini va
ishchining mas’uliyati hisobga olinadi.
Sanab o’tilgan barcha faoliyatlar, turlicha murakkablik, ogirlik, javobgarlik va ishlab chiqarish sharoitlari darajasi bilan xarakterlanadi. Turli ishlarni bajarishda ogirlik, javobgarlik, murakkablik, ishlab chiqarish sharoiti darajalarini turlicha muvofiqlashtirish zarurati vujudga keladi. Oqibat natijada ish umuman ozmi, ko’pmi murakkab, ogir va ma’lum javobgarlik darajasida bo’lishi mumkin. Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda shu jumladan O’zbekistonda xam buni aniqlash uchun ishonchlilikning har bir faoliyati va omili bo’yicha murakkablik, ogirlik, javobgarlik va boshqa ko’rsatkichlar darajasini ball tizimida baxolash qo’llaniladi. Ballarning umumiy miqdori aniqlangandan keyin mahsus shkala bo’yicha ish, biron bir razryadga kiritiladi.
Ball bilan baholash tizimi ishning murakkabligini va boshqa ko’rsatkichlarini aniqlovchi tahlil usulning texnik vositasi hisoblanadi. Ballar yordamida turli faoliyatlarning murakkabligi va boshqa ko’rsatkichlari nisbatan shartli baxolanadi va shu asosda ishlar razryadlar bo’yicha bo’linadi.
Bu usulning afzalligi shundaki, balllar shkalasini markazlashgan tartibda belgilash zaruriyati qolmaydi, murakkablikni baxolash tizimi ancha ixchamlashadi va har bir ishlab chiqarish xususiyati hisobga olinadi.
Mamlakatimizda yaratilayotgan ta’rif - malaka ma’lumotnomalari yagona tarkib: umumiy qism, malaka tavsifi va kasblarning alfavit ko’rsatkichlariga egadir. Umumiy qismda xodimga qo’yiladigan talablar, ayrim ishlab chiqarish xususiyatlari, yangi ishlarga tarif belgilash tartibi, ma’lumotnomalarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish qoidalari bayon etiladi.
Ma’lumotnomalarning asosiy qismi malaka tavsifi_hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |