Moslashuv xarajatlari tamoyili.
Moslashuv xarajatlari - bu yangi investitsiyaviy muhitga moslashish bilan bog`liq bo’lgan barcha xarajatlardir. Bularga ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, xodimlarni qayta o’qitish, bozor kon'yunkturasiga moslashish va shunga o’xshash xarajatlarni kiritish mumkin. Vaqt yo’qotish daromad yo’qotish deb qabul qilinadi. Har doim ham investitsiyaviy loyiha to’g`risida qaror qabul qilishdan uni amalga oshirishgacha bir oz vaqt o’tadi. Birdaniga moslashib ketish deyarli mumkin emas. Moslashuv uchun to’lov sifatida, joriy pul oqimining keskin kamayishini hisobga olish mumkin. Hattoki aksiya va obligatsiyalarni ham, ularni bozor qiymati tushib ketayotgan vaqtda foyda bilan sotib bo’lmaydi. Vaqtdan yo’qotish kapitalni ishsiz qolishi va daromadning kamayishiga olib keladi. Ishlab chiqarishga investitsiya kiritishning moslashuv xarajatlari esa yanada yuqori bo’ladi. Faraz qilaylik uskunalar o’rnatilgan, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bir vaqtda bozor kon'yunkturasi o’zgardi va texnologiyalar, demak mavjud uskunalarni ham, almashtirish to’g`risida qaror qabul qilindi. Misol uchun, qo’l mehnatini mashina mehnatiga almashtirish. Bu ma'lum
moslashuv xarajatlariga olib keladi, ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- kadrlarni qayta tayyorlash;
- eski uskunalarni sotish va yangisini xarid qilib olish;
- shtat qisqarishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimlarga kompensatsion to’lovlarni amalga
oshirish;
- o’z kuchini yo’qotmagan shartnomalar bo’yicha jarimalar to’lash va h
Shuning uchun ham moslashuv xarajatlarini, mahsulot tannarxiga kiritish lozim. Ushbu xarajatlar qiymati xom-ashyo, materiallar va texnologiyalar qiymatidan qanchalik yuqori bo’lsa, kapital qo’yilmalarni amalga oshirish shunchalik foydali bo’ladi. Mahsulotga bo’lgan talab qanchalik yuqori bo’lsa, korxona shunchalik katta moslashuv xarajatlariga yo’l qo’yishi mumkin. Tajribalarning ko’rsatishicha, talab narxi taklif narxidan qanchalik ko’p vaqt mobaynida yuqori bo’lsa, investitsiya kiritish ham, moslashuv xarajatlariga qaramasdan, shunchalik samarali bo’ladi.
Multiplikator (ko’payuvchi) tamoyili.
Multiplikator tamoyili tarmoqlarning o’zaro aloqasiga suyanadi. Bu degani, misol uchun avtomobillarga bo’lgan talabning oshishi, texnologik jihatdan ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan tovarlarga bo’lgan talabning oshishiga ham olib keladi. Ya'ni ishlab chiqarish texnologiyasini bilish, korrelyatsiya koeffitsientini aniq hisoblash imkonini beradi. Multiplikator muayyan ta'sirning kuchini oldindan bilish, ushbu axborotdan samarali foydalanish,va foyda keltirmayotgan investitsiyalardan voz kechib, kon'yunkturadan ilgarilagan holda yangi faoliyat turi bilan shug`ullanishga imkon beradi. Multiplikator ta'sirini keltirib chiqargan tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning susayishi, multiplikator samarasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari, multiplikator samarasi vaqt o’tishi bilan asta-sekin o’z kuchini yo’qotib boradi. Keyinchalik esa boshqa tarmoq mahsulotiga talab oshishi va bunday holat investitsiyalar kiritish strategiyasiga o’zgartirishlar kiritishga olib kelishi mumkin.
Q - tamoyili.
Bu aktivni fond birjasida baholanishi va uning real tiklanish qiymati o’rtasidagi bog`liqlikni belgilashdir. Bunday bog`liqlik ko’rsatkichi Q-nisbatdir:
Q = Ishlab chiqarilayotgan moddiy aktivlarning birja bahosiga nisbati
Agarda nisbat birdan katta bo’lsa, investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Nisbat birdan qanchalik katta bo’lsa, investitsiya kiritish shunchalik foydali bo’ladi. Shu tarzda, uylarning bozor (birja) bahosining ularning joriy qiymatiga nisbatan o’sishi, uy-joy qurilishini rag`batlantiradi, chunki bozordagi narx joriy xarajatlarni to’liq qoplaydi.
Q = Butun korxonaning birja qiymatini uning moddiy qismini qoplash xarajatlariga nisbati
Umuman olganda, davlat tomonidan tartibga solish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu tamoyildan shunchalik kam foydalaniladi. Demak, davlat tomonidan tartibga solinish darajasi kamayib, korxonalar asosiy va aylanma kapitali qiymatini baholash va qayta baholashda tovar-xomashyo va fond birjalarining roli oshib borishi bilan, investitsiyalar samaradorligini baholashga bo’lgan bunday yondashuv ahamiyati ham ortib boradi. Tajribalarga qaraganda Q-tamoyilidan transport, avtomobilsozlik, aviasozlik, rangli metallurgiya kabi sanoat tarmoqlarida foydalanish ayniqsa yaxshi natijalarga olib keladi, va neft qazib olish, gaz tarmog`i kabi davlat tomonidan tartibga solinadigantarmoqlarda umuman qo’llanilmaydi. Investitsiyalarni jalb etish samaradorligi Turli manbalardan moliyaviy resurslarni jalb etishning mumkin bo’lgan hajmiga ta'sir qiluvchi omillar bo’lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
- korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
- korxona o’lchami (o’z aktivlari hajmi);
- o’z kapitali konsentratsiyasining (mujassamlanishining darajasi);
- kapital bozori kon'yunkturasi;
- moliyalashtirish manbasini tanlash erkinligi;
- mablag`larni jalb etishda vaqt va miqdor cheklanishlari.
Vaqt cheklanishlariga quyidagilar kiradi:
- moliyalashtirish mablag`lariga ega bo’lish muddati;
- moliyalashtirish mablag`lari jalb etilgan muddat;
Miqdor cheklanishlari investitsiyalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`lar hajmiga
bog`liq bo’ladi; u quyidagi shartlar bilan belgilanadi:
- investitsiyalarni moliyalashtirishdagi korxona ehtiyojlari;
- korxonaning yetarlicha moliyaviy mustahkamligini ta'minlash zaruriyati;
- jalb etilayotgan mablag`lar qiymati;
- mavjud ta'minot hajmi...
XULOSA
Xulosa o’rnida bir xalqaro kompaniyani misol qilib olaman.Investitisiya bilan bog’liq bo’lgan hamda yurtimizda ham ommabob mahsulotlati bilan omma oldida hurmat qozondi. Qishloq xo’jaligida hamda qurilishda ham o’z o’nini yo’qotmaydigan hamkor yoki sherik bo’lishimiz uchun investitsiya salohiyatlari va bilimlarini hamda dars bera oladigan bir tashkilotdi.
Knauf Gips KG – xalqaro innovatsion-ishlab chiqarish kompaniyasi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi – Shimoliy Bavariyaning Ipxofen shahrida (Germaniya) joylashgan.
Knauf kompaniyasi Germaniyada 1932-yilda aka-uka Alfons va Karl Knauf tomonidan asos solingan.
1949-yilda Shimoliy Bavariyada gips qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish zavodi tashkil etiladi. 1958-yilda gips karton qog‘ozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilk zavod ishga tushiriladi. 1970-yilda Knauf kompaniyasi o‘sha paytda sement asosdagi quruq qorishmalar ishlab chiqaruvchi «Doyche Perlite GmbX” firmasining (Dortmund)aksiyalar paketini sotib oladi. Kompaniya o‘z biznesini diversifikatsiyalagan holda, Shelbivilldagi (AQSh) shisha tolasidan izolyatsiya materiallarini ishlab chiqaruvchi zavodni sotib
1993-yildan boshlab kompaniya Rossiyaga investitsiya faoliyatini boshladi. Keyin Ukraina, Moldova, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjonda korxonalar tashkil etildi. Kompaniya shuningdek, xayriya faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi sanoatlashgan va MDH mamlakatlari orasida aholisi zich davlatlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador bozor hamdir. Respublikamizdagi siyosiy barqarorlik, mamlakatimizning Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgani «Knauf” kompaniyasi uchun yurtimizning jozibadorligini belgilovchi muhim omillardan sanaladi. Bu o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratadi. Yana bir muhim omil – barqaror va yuqori sifatli xomashyo bazasi – tarkibida kalsiy miqdori ko‘p bo‘lgan gips konlarining mavjudligidir.
Xorijiy sarmoyadorlar uchun qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi. Ular mol-mulk va daromad solig‘idan, material va uskunalarni import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Qurilish sanoatining keng miqyosda rivojlanishi ham qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda kapital qurilish jadal sur’atlar bilan o‘sish dinamikasi istiqbolda ham saqlanib qolishi muhimdir.
Gipsokarton ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilganidan so‘ng bir yil o‘tib, «Knauf” kompaniyasi O‘zbekistonda ushbu qurilish materialini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Qolaversa, bugungi kunda mahsulotning 30 foizidan ortig‘i Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.
«Knauf” gipsokarton zavodining rasmiy ochilishi 2011-yil 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Zavod yiliga 20 mln. kvadrat metr yuqori sifatli gipsokarton ishlab chiqarish imkonini beradi.
Sifat, samaradorlik va ekologik xavfsizlik raqobatbardoshlikka erishish, bozordagi ulushni saqlash va oshirishda «Knauf” kompaniyasi strategiyasining asosini tashkil etadi.
2018-yil 16-may kuni Buxoro viloyatida «Knauf Gips Buxoro” korxonasida amalga oshirilgan keng miqyosli rekonstruksiyadan so‘ng «Knauf” qoplamalarini ishlab chiqarish liniyasi rasman ishga tushirildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR
1. Abdug’aniyev A., Abdug’aniyev A.A.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. Darslik. – T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006.
MANBALAR
2.https://fayllar.org/qishloq-xojaligida-investitsiyalar-va-ulardan-foydalanish-sama.html
3. https://STAT.UZ
4. https://miit.uz/oz/investi
Do'stlaringiz bilan baham: |