Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari mundarija kirish


-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI VA AMALIY JIHATLARI



Download 94,81 Kb.
bet7/10
Sana17.07.2022
Hajmi94,81 Kb.
#810758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi Mohinur (3)

2-BOB. QISHLOQ XO’JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI VA AMALIY JIHATLARI


2.1. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning jahon
tajribasini o’rganishni ahamiyati
Hozirgi vaqtda O'zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo'llanilmoqda. Bu faoliyatni rag'batlantirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan:

  • xususiylashtirish jarayonida xorijiy investisiyalarning qatnashishi;

  • texnikaviy qayta qurollanish;

  • xalq iste'moli va eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish.

O'zbekiston Respublikasi xorijiy investisiyalarning davlat foydasiga musodara va rekvizisiya qilinmasligiga kafolat beradi.
Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyati doirasida ishlab topgan daromadlari xorijiy valyutada, chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o'tilishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
O'zbekiston Respublikasida xorijiy investisiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar (iqtisodiy platforma) beriladi.
Xorijiy investisiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom-ashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab:

  • daromad (foyda) solig'idan birinchi yilning 25 foizlik qismidan, ikkinchi yil 50 foizlik qismidan, uchinchi yil 100 foizlik ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan boshlab bunday soliqdan 100 foiz ozod qilinadi;

  • mulk solig'idan 2 yilga ozod qilinadi;

  • ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig'i eksportga chiqarilsa, 50 foiz daromad solig'idan (foyda solig'i), 15-30 foizi eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad (foyda) solig'idan ozod qilinadi;

  • ishlab chiqarish bilan band bo'lsa, yer solig'idan 2 yilga ozod qilinadi.

O'zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, neft va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan, shuningdek, zarur uskunalarni import qilishda bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi.
Investisiya Markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 39%ini korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari tashkil etadi. Bu korxona va tashkilotlarning asosiy qismi o'z faoliyatlarini kengaytirish hamda texnik va texnologik qayta qurollantirish maqsadidagi investisiyalarini avvalambor o'z mablag'lari hisobidan amalga oshirishlari bilan bog'liq. SHuningdek, neft va gaz qazib chiqarish uchun imkoniyati bor barcha hududlarda ( Ustyurt, Buxoro-Xiva, Xisor, Surhondaryo va boshqa hududlarda) qidiruv burg'ulash ishlarining olib borilishi, gazni desulfurizasiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Sho'rtan gaz kimyo kompleksi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, Gazli gaz konlarini kompleks ishlab chiqarishga tayyorlash va boshqa ko'plab gaz -kimyo sanoatini rivojlantirish va kengaytirishga yunaltirilgan investisiyalar ham boshqa moliyalashtirish manbalari bilan korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
To'g'ridan to'g'ri va boshqa xorijiy investisiya va kreditlar hisobidan o'zlashtirilayotgan investisiyalar hajmi tobora ortib bormoqda. 2017 yilda ushbu moliyalashtirish manbai hisobidan investisiyalar jami markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 27%ini tashkil etdi. Bunda quyidagi yirik investisiya loyihalarining ulushi katta: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari (1 bosqich), Xisor va Ustyurt investisiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yo'lga qo'yish, Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2 bosqich), uyali aloqa tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmog'ini shakllantirish va boshqa investisiya loyihalari. Asosiy kapitalga investisiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibida yuqorida ta'kidlab o'tilganidek tog'-kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 12 405,3 mlrd so'm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning 20,4 %i o'zlashtirilgan. Shundan 10 895,0 mlrd so'm yoki jami investisiyalarning 17,9%i tabiiy gaz qazib chiqarish uchun yo'naltirilgan.
Turar joy qurilishiga investisiyalar aholini namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi bo'yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi hamda aholi tomonidan yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bog'liq. Ishlab chiqarish sanoatiga investisiyalar hajmi 8746,8 mlrd so'mni va jami investisiyalardagi ulushi 14,4 %ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoati tarkibida eng ko'p investisiya o'zlashtirilgan 3 faoliyat turi quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd so'm (jami asosiy kapitalga investisiyalardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishi 1.265,4 mlrd so'm (2,1%), tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd so'm (1,9%). Joriy davrda 16 309,0 mlrd so'm yoki asosiy kapitalga investisiyalarning 26,9%i xorijiy investisiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investisiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotga investisiya loyihalari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xo'jaligi va avtomobil shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kanalizasiya tizimini tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorako'l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil yo'llarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri ko'chalarini yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investisiya va kreditlarning o'zlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika bo'yicha jami xorijiy investisiya va kreditlarning 76%ini qamrab olgan. Bu yuqorida sanab o'tilgan yirik investisiya loyihalarini aynan shu hududlarda amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
Mazkur sohadagi korxona chet ellik hamkorlar bilan birgalikda ochilsa:

  • neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig'idan;

  • xorijiy hamkorlar ulushiga mansub kapitaldan olinadigan daromad va mulk solig'idan ozod qilinadi.

Yengil sanoat sohasida:

  • tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo'shimcha qiymat solig'idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinadi;

  • o'z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarni import qilishda korxonalar bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni mamlakatimizda investisiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishda innovasiyaviy faoliyatni modernizasiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo'lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta'minlashga qaratilgan. Unga ko'ra, to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo'yicha daromad solig'i, mulk solig'i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig'i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to'lashdan, shuningdek, Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan xorijiy investisiyalar hajmi quyidagicha bo'lganda ozod qilinadi:

  • 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga;

  • 3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga;

  • 10 million AQSH dollaridan ortiq bo'lganda - 7 yil muddatga.

Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy a loqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor tuzilmalar qisqa muddatlarda xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan amaldagi sharoitlarni chuqur va tanqidiy o'rganib chiqish hamda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqishga kirishgan. Ushbu takliflarni tayyorlashda mavjud normativ bazani, investorlarni jalb etish va xorijiy investisiyalar ishtirokida tashkil qilingan korxonalarni ro'yxatga olishning tartibqoidalarini, ularni himoya qilish bo'yicha ishonchli kafolatlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investisiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag'lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni samarali joylashtirish va shu yo'l bilan respublika iqtisodiyotini yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilishiga rag'batlantirish yo'li bilan investisiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

Download 94,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish