QISHLOQ XO`JALIGI YUKLARI VA ULARNI TASHISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA
1.Hayvon va parrandalarni tashuvchi transport vositalari
2.Parrandalarni tashuvchi trasnport vositalari
3.Parrandalarni tashuvchi trasnport vositalarining avfzallik va kamchiliklari
4.Qo’yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar
5.Qishloq xo`jaligi yuklarining o`ziga xos xususiyatlari
1.Hayvonlarni tashuvchi transport vositalari (HTTV)
HTTV – cho`chqa, echki, qo`y, yirik qoramol va boshqa hayvonlarni tashish vazifasini bajaradi.
Ular quyidagi avtomobil bazalarida yaratilgan: KaMaz, Maz, Isuzu, Hyundai. Tashish jarayonini optimallashtirish maqsadida ularga tirkama va yarimtirkamalar ulanadi. HTTV lar odatda 1 yoki 2 qavatli bo`ladi (9.1-Rasm).
1.-rasm. Hayvon tashuvga ixtisoslashtirilgan transport vositasi
Hayvonlarni ortib tushirish ishlari qo`shimcha traplar va gidroyuritmali ko`taruvchi mehanizmlar hisobiga yengillashadi.
HTTV lar kuzovi bo`yalgan po`lat list va kvadrat profildan iborat. Eshiklar va to`siqlar metall quvurlardan yasalgan. Perimetr bo`ylab ventilyatsiya oynalari o`rnatilgan
Po`l -po`lat list, laminatlangan fanera yoki taxtadan yasalishi mumkin
|
|
a) Yon eshikli hayvon tashuvchi ixtisoslashtirilgan transport vositasi
|
b) KaMaz 65-117 rusumli hayvon tashuvchi ixtisoslashtirilgan transport vositasi
|
2-rasm. Hayvon tashuvga ixtisoslashtirilgan transport vositasi
|
KaMaz 65-117 rusumli HTTV ning texnik tavsifi O`qlar soni: 3 ta
G`ildirak formulasi: 6x4
Aslahalangan holdagi og`irligi: 24450 kg
Minimal ortish balandligi: 1900 mm
Maksimal ortish balandligi: 6900 mm
Kuzov sig`imi : 37 metr kub
Yuk ko`tarish qobiliyati: 15000 kg Tozalov ishlari mahsus lyuklar orqali amalga oshiriladi.
Suvni to`kishda esa, texnologik tirqichlardan foydalaniladi.
HTTV lar standart namunada yoki mustaqil buyurtma asosida tayyorlanadi.
PTTVlar bir xil ko’rinishga ega bo’lgan alyuminiy va zanglamas, po’lat kuzovlardan tayyorlanadi.
Qushlar va konteynerlarni ortish va tushurish vaqtida qaytariluvchi eshik narvon vazifasini bajaradi.
Ish unumdorligini oshirish uchun mustaqil osma xisobiga kuzov o’z balandligini o’zgartiradi.
Qo’shimcha tormoz tizimi xisobiga tashish jarayoni xavfsizligi ta’minlanadi.
2.Parrandalarni tashuvchi transport vositalari
PTTV lar – parrandalar va qushlarni tashish vazifasini bajaradi.
Hozirgi kunda parrandalar tirkama va yarim tirkamalarda tashiladi.
Yuk(parranda va qushlar)ni belgilangan joydan olish uchun tirkama va yarim tirkamalar qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlanadi
PTTV larni ishini samaradorligini oshirish maqsadida 1 va 2 o`qli tirkamalardan keng foydalaniladi.
PTTVlarda ko’tariluvchi yoki xarakatlanishi yuqori bo’lgan sifatli tentlardan foydalaniladi. Bu esa o’z navbatida yilning barcha fasllarida va noqulay ob-xavo sharoitlarida xam ishonchli xizmat qiladi.
|
Isitish va sovutish moslamalaridan tashqari: bu tirkamalarning xarakteristikasi, modifikatsiyasi va qo’shimcha qurulmalarga bog’liq.
Tirkamaning yuk ko’tarish qobiliyati 100 kgdan 4000 kggacha bo’ladi.
Bundan tashqari ularning yuk ko’tarish qobiliyati, gobarit o’lchamiga va yashiklar soniga bog’liq bo’ladi.
Muvozanatni kuchaytirish uchun transport vositasining standart o’lchamlari o’zgartiriladi. Bu kameralarni to’liq joylashtirish imkonini beradi.
|
4-Rasm. Ot tashishga mo`ljallangan ixtisoslashtirilgan avtomobillar
|
3. Parrandalarni tashuvchi trasnport vositalarining avfzallik va kamchiliklari
Parrandalarni tashuvchi trasnport vositalarining avfzalliklari
Boshq tur transport vositalariga nisbatan tashishlarning qulayligi.
Tashish tezligining yuqoriligi.
Ortib tushurish ishlarining qulayligi.
Iste’molchilarga xizmat ko’rsatish sifatining yuqoriligi.
Tashqi ta’sirga moslashuvchanligi.
Parrandalarni tashuvchi trasnport vositalarining kamchiliklari
Tashish tannarxining qimmatligi.
Bir tomonga yuksiz qaytishi.
Texnik xizmat ko’rsatish ishlarining yuqoriligi.
Yuk ko’tarish qobiliyatining kichikligi.
Boshqa tur yuklarni tashishning imkoni yo’qligi.
4.Qo’yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar
Sanitar-Gigienik talablarga javob berishi
Shamollatish va isitish tizimlari bilan jixozlanishi
Suv qochirish va tozalash lyuklari bilan jixozlanishi
Hayvonlarni ortib-tushirish uchun yuk ko’tarish mexanizmlari bilan jixozlanishi
Dizinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun kuzovni kerakli konstruksiya bilan jixozlanishi
5. Qishloq xo`jaligi yuklarining o`ziga xos xususiyatlari
Tez buziladigan yuklarni tashish sharoitlari
1.-jadval
Yuklar guruxi
|
Yukning nomi
|
Yuklarni tashish temperaturasi, 0C
|
O‘simlikmahsulotlari
|
Mevalar,sabzavotlar,qo‘ziqorinlar,
rezavorlar
|
0…+1(ayrimturlariuchun+15)
|
Tropikvasubtropikmevalar
|
+2…+4
|
Hayvonot mahsulotlari
|
Hayvon va qush go‘shtlari,baliq,sovitilgan
|
-1…0
|
Sut
|
+2…+6
|
Tuxum
|
0…+3
|
Muzlatilgan yuklar
|
-12dan past
|
Xulosa: Qishloq xo’jaligi yuklarini tashishda ishlatiluvchi transport vositalari o’rganib chiqdim va kerakli ma’lumotga ega bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |