Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida,O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning Iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan.Tarixiy manbalarda keltirilishicha O’zbekiston o’tmishda yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyati g’oyat qizg’in kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlaktimizning g’arb bilan sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’g’rofiy o’rni, saxiy tabiati,boy va rang barang resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha qo’shimcha obyektiv sharoit yaratgan.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tamonlama rivojlantirildi. Ya’ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga,sanoatda esa paxtani qayta ishlash olib borildi.
Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi.Bozor iqtisodiyoti birinchi bosqichidayoq iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi , uning huquqiy negizi yaratildi.Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi.1995-yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirish yakunlashni, mamlakt xo’jaligini xar tamonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlantirishni va uning ichki konvertasiyasini ta’minlash bilan bog’liq davlat iqtisodiyotni xomashyo yetishtirb berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan.
Iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta’minlash ishlab chiqarishda aholini keng iste’mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi.
Jumladan mamlakat xalq xo’jalaigining yetakchisi sohasi sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari, g’alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari va g’alla mustaqilligini taminlash; eksport bob tovarlar ko’paytirishga qaratildi
O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirti tuzilishining holati tabiiy resurslari shuningdek uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasi muhim ro’l o’ynaydi.
Mamlaktimizning sanoati rivojlantirishda shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak uning istiqbolini ko’rish qiyin emas. Mamlakatimizning yer usti va yer osti boyliklari zahiralarining ko’p va xilma xilligi mehnat resursining kattaligi transport vositalarining rivojlangligi shu istiqboldan darak beradi