-ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy manfaatdorligini ta’minlash; - -ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy manfaatdorligini ta’minlash;
- Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirishga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
- -bozor talabini hisobga olish;
- -ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to‘la foydalanish;
- -ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
- -har bir iqtisodiy tumanni o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini hisobiga, o‘z talabini qondirish;
- -respublika , viloyat va tumanlarida mehnat taqsimotini hisobga olish va mehnat bozorini tashkil etish.
- Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga e’tiborini berish lozim:
- -yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
- -qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport harakati va hokazolarga;
- -mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga sut, qatiq, yog‘va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun oziqani chorva mollariga yaqinlashtirishga;
- -transport vositalari hamda yo‘llar holatiga;
- -mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va rivojlanish darajasiga;
- -mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kabi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi ta’minlanadi. - Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi ta’minlanadi.
- Ixtisoslashtirish-ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli bo‘lib, u har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyanint o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlari ta’sirida vujudga keladi.
- Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro‘y berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va takomillashadi.
- Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi.
Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda 6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum darajadagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:Bozor talablarini hisobga olish,
Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish,Mahsulot ishlab chiqarishni talab joylarni yaqinlashtirish,Hududlarni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlash,
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash,
Xalqaro mehnat taqsimotini hisobga olish. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, viloyat, tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ixtisoslashishning quyidagi shakllari mavjuddir:
1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish,
2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish,
3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish.
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish
Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalarini pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha moslanishiga aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish hozirda ayniqsa parrandachilikda, sut va go‘sht qoramolchiligida keng tarqalgan.
Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi (5-chizma):
- hududiy (zonal) ixtisoslashuv;
- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi;
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi;
tarmoq ichida ixtisoslashuv. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi korxonalarining tovar ishlab chiqarishi
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer, shirkat xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab chiqarishi
Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish
Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishi=
Tarmoq ichida ixtisoslashuv Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqa-rishi
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i;
korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv darajasini ko‘rsatish mumkin:
Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi egallagani bilan mashhur.
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq;
- yordamchi tarmoq;
- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq;
- qo‘shimcha tarmoq.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi.
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi.
Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi.
xYordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq o‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin.
XULOSA
O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda
transport vositalari hamda yo‘llar holatiga;
-mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va rivojlanish darajasiga;
-mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kabi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv darajasini ko‘rsatish mumkin:
Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda.
Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq o‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. İ.A.Karimov "O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" Toshken, "O’zbekiston" 1993 2. İ.A.Karimov "O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’li va istiqlol yo’li" Toshkent "O’zbekiston" 1994 3. Yo’ldoshev Z. Y. " İqtisodiy va sotsial rivojlanishni planlashtirish". Toshkent, "O’qituvchi" 1992 4. Keyns Dj. M. Obshaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. "Mısl" Moskva 1987 5. Klas Eklund Effektivnaya ekonomika. Shvedskaya model. Moskva "Ekonomika" 1991. 6. O’lmasov A., Sharifho’jaev M. İqtisodiyot nazariyasi . Qisqacha lug’at malumotnoma. Qomuslar Bosh tahririyati. 1991 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |