Taqqoslash metodi. Har bir hududning sanoatga yoki ma`lum bir tarmoqlariga aniq baho berishda shu tarmoqning rivojlanganligi va iqtisodiy jihatdan unumdorligini boshqa hudud tarmoqlariga nisbatan solishtirish orqali uning takomillashganini aniqlash mumkin. Geografik taqqoslash hamma vaqt hududiy va ikki ko`rinishda bo`ladi: o`xshash va noo`xshash taqqoslashlar. Odatda, birinchisi an`anaviyroq, bu yerda umumiy holatlari, ko`lami, vazifa va mohiyati monand bo`lgan ob`yektlar solishtiriladi. Ikkinchi holda esa taqqoslanuvchi ob`yektlar o`zlarining katta-kichikligi, vazifasi, mohiyati va boshqa jihatlariga ko`ra bir-birining teskarisi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |