Qishloq xo`jaligi traktorlari
Traktor -- bu tortaman , tashiyman degan ma`nolarni beradi.
Traktor -- dvigatel yordamida harakatlanuvchi g`ldirakli yoli gusenitsali (zanjirli) o`zi yurar mashina hisoblanadi. Traktor qurilish , qishloq xo`jaligi ishlari va o`rmon xo`jaligi ishlarini va yana boshqa ko`plab ishlarni bajarishga mo`ljallangan texnika hisoblanadi. Traktorga tirkama , o`rnatma va yarim o`rnatma jihozlarni torti va harakatlantirish , muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun mo`ljallangan. Bug` dvigateli o`rnatilgan birinchi g`ildirakli T. 1830 yilda Angiliya va Fransiyada paydo bo`lgan , transport va harbiy ishga ishlatilgan. 1890 yilda AQSH da qishloq xo`jaligi ishlarida qo`llanilgan. Gusenitsali T.ni Rossiyada D.A. Zagryajskiy (1837) va A.P. Kostikov Almazovlar (1889) ixtiro qilishgan. 1988 yilda rus mexanigi F.A.Blinov bug` mashinasini o`rnatilgan gusenitsali T. yasab sinovdan o`tkazilgan. 1895 yilda ixtxrochisi Ya. V. Mamin ichki yonuv dvigateli o`rnatilgan o`zi yurar arava ixtiro qilgan. AQSH dagi “XartPar” (HartPar) firmasi 1901 yildan boshlab ichki yonuv dvigateli o`rnatilgan g`ildirakli traktor ishlab chiqara boshladi. 1812 yilda AQSH da keyinchalik Germaniyada va boshqa mamlakatlarda gusenitsali traktorlar ishlab chiqarila boshladi. O`zbekistonda 1967 yilda Toshkent traktor zavodida paxtaga modifikatsiya qilingan g`ildirakli traktorlar ishlab chiqarila boshladi. Yurish qismining tipiga qarab , qishloq xo`jaligi traktorlari farq qiladi: Traktorni yaratish va ishlab chiqarish namuna tizimi bo`yicha amalga oshiriladi. Standartga muvofiq , tipaj (namuna) tizimi quyidagi tortish sinflari (modellari) ga bo`linadi : 0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8; 10; 15; 25; 35; 50. Bundan 0,2-8 gacha tortish sinfdagi traktorlar asosan qishloq xo`jaligida , qolganlari sanoattada ishlatiladiUlar bir biridan aniq farq qilmaydi , chunki sanoat traktorlarining ayrimlari qishloq xo`jaligi traktorlari asosida ishlab chiqiladi. Qishloq xo`jaligi traktorlarining o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki , ular qishloq xo`jaligidagi texnaogik jarayonlarning agra texnik talablariga moye bo`ladi. Sanoat traktorlarini o`ziga xos xususiyati ekinlarni sug`orish va botqoqliklarni quritish hamda yo`llar qurish va boshqa ishlarida ishlatiladigan jihozlar (bulbuzer , trelyov o`rnatiladigan va boshqalar) Gusenitsali traktorning yurish qismi o`rmalovchi gusenitsa ( zanjir ) bilan jihozlangan. Gusenitsalarning tayanch sirti kam , tuproq bilan yaxshi tishlashadi. Shu tufayli tortish kuchi katta, kam shataksiraydi , o`tish qiyin bo`lgan joylardan o`ta oladsi. Biroq g`ldrakli traktorlarga nisbatan turg`unligi past bo`ladi. G`ildrakli traktorlar namyoruvchan , universl , yengil , ishlatish oson. Uning yo`l tirqishi katta bo`lgani uchun ekinlarga zarar yetkazmay yura oladi. Ekin qator oralariga qarab bir o`qdagi g`ldraklar orasini o`zgartirish mumkin. To`rt g`ildrakli traktorlarda 2 ta yoki 4 ta g`ildrak yetaklovchi , uchta g`ildrakli traktorlarda 2 tasi yetaklovchi bo`lishi mumkin. Qishloq xo`jalik traktorlari umumiy ishlarga mo`ljallangan (tuproqqa yoppasiga ishlov berish , ekish va boshqalar uchun) , universal chopiq (bog`poliz , tokzorlar va boshqa uchun) xillarga bo`linadi. Umumiy ishlarga mo`ljallangan traktorlar yer haydash , ekin ekish , yoppasiga kultivatsiya qilish , yig`im - terim va boshqa og`ir ishlarga qo`llaniladi. Dvigatek kuchli , tortish kuchi katta , yo`l tirqishi kichik bo`ladi. Universal chopiq traktorlar asosan , chopiq qilish va hosilni yig`ishda ishlatiladi. Tortish kuchi umumiy ishlarga mo`ljallangan traktorlarnikidan kichik , yo`l tirqishi ancha katta bo`ladi. Uzatmalar soni ko`p , g`ildraklar orasini qator oralari kengligiga moslab o`zgartirish mumkin. Maxsus traktorlar universal chopiq yoki haydov traktorlari asosida yaratiladi va asosan , yurish qismini g tuzilishi bilan farqlanadi. Maxsus paxtachilikga moslashtirilgan TTZ60.11 yoki TTZ80.11 tipidagi traktorlarda bitta oldingi va ikkita yetaklovchi g`ildraklar bo`ladi , ketingi ko`prik esa teleskopik qilib yasaladi. Traktorning qismlari ostov (ko`taruvchi qism) , dvigatel , transmissiya , yurish qismi , boshqarish mexanizmi , ish va yordamchi jihozlar. Dizelli ichki yonuv dvigateli traktorlar ko`p tarqalgan. Bunda dizell yonilg`isining issiqlik energiyasi tirsakli valini , undan butun mashina traktor agregatini harakatga keltiradi. Transmissiya dvigatelining mexanik energiyasi (aylantiruvchi moment , aylanish chastotasi)ga uzatadi.
Transmissiyaning asosiy elementlari: tishlashish muftasi , uzatmalar qutisi , asosiy va oxirgi uzatmalar , burish mexanizmi. Tishlashish muftasi yordamida dvigatel dvigatelajratiladi va unga ohista ulanadi. Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish kuchining kattaligi hamda yo`nalish o`zgartiradi. Asosiy uzatma bo`ylama vallardan harakatni ko`ndalang valga uzatadi hamda umumiy uzatish sonini oshiradi. Oxirgi uzatma (slindrik reduktorlar) aylanish chastotasini oxirigacha pasaytiradi va yetakchi g`ildraklar yoki yulduzchalarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshiradi , kerakli yo`l tirqishini hosil qilishda yordam beradi. Traktorning burish mexanizmi (g`ildrakli traktorda -- diffirensial , gusenitsali traktorlarda -- friksion muftalar yoki planetar mexanizmlar) yurish qismini yetakchi elementlarida turli tezliklarda aylanish imkonini beradi ; bu esa traktorga egri-bugri yo`llarda harakatlanish imkonini yaratib beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |