Qishloq xo’jaligi Mahsulotlarini saqlash inshootlari va saqlashdagi jarayonlalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Reja



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.07.2022
Hajmi1,78 Mb.
#745732
  1   2   3   4   5   6


14-MA’RUZA. 
 
 
Qishloq xo’jaligi Mahsulotlarini saqlash inshootlari va saqlashdagi 
jarayonlalarni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish. 
Reja: 
1.Doimiy omborxonalar va ularga qo’yilgan talablar. 
2.Doimiy omborxonalarda mexanizmlardan foydalanish. 
Tayanch tushuncha va iboralar: s
aqlash, mahsulot tarkibi, mikroelementlar, 
sifat ko’rsatkichlari, biologik va mexanik ta‘sirlar,mahsulot massasining 
o’zgarishi, doimiy omborxonalar, yuk tashigich va ko’tarkichlar. 
1-savol bo’yicha darsning maqsadi: 
o’quvchilarga mahsulotlarni saqlashga 
qo’yishda doimiy omborxonalardan foydalanish texnologiyasi va usullari 
bo’yicha 
ma‘lumot berish. 
1-savol bayoni. 
Universal doimiy omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga 
mo’ljallangan. Unda asosan idishlarga joylangan mahsulotlar, ba‘zi 
sabzavotlarni 
birga saqlashga yo’l qo’yib bo’lmasligi hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida 
saqlash mumkin. Bunday omborxonalarda (3.5-rasm) vaqtincha to’kib qo’yish 
va 
saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo’ladi.
 
 
 
Chuqur sabzavotxonalar qurishda katta hajmda yer qazish ishlarini bajarishga 
to’g’ri keladi, ularda transport uchun kirish yo’li ochish ham oson emas. 
Hozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o’tkazmaydigan materiallar yaratilgan. 
Binobarin, yer ustki xonalari, ularning devori va tomlarini ham issiqdan 
ishonchli 
saqlash mumkin. Ko’p hollarda bunday omborxonalar ikki qavatli bo’lib, 
birinchi 
qavati yerto’la, ikkinchisi er ustki qavatidan iboratdir. Bunday omborxonalarda 
yerto’la va yer ustki omborxonalarining hamma afzalliklari uyg’un-lashtirilgan. 
Piyoz saqlovchi 
omborlar ham yer ustiga joylashtiriladigan qilib 
loyihalashtiriladi, chunki bu toifadagi binolarda talab qilinadigan havoning past 


namlikda bo’lishini ta‘min etish osondir. Texnologiya jihatdan qaraganda bu 
mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga keltiradigan muhim uskunalar 
tizimidir. Omborxonalarni shamollatish tizimini tabiiy va majburiy 
ventilyatsiyalarga bo’lish mumkin. Faol ventilyatsiyalash uning bir turidir (3.6- 
rasm). Tabiiy shamollatishda issiqlik fizikasi qonunlariga binoan u yuqoriga 
ko’tarilib, o’rniga sovuqroq va og’irroq havo pastda to’ladi. Natijada havoning 
tortilish kuchi vujudga keladi. Havoning almashuvi nechog’li zo’raysa, 
omborxona 
ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda 
uncha katta bo’lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovitish samaradorligi 
ham 
sezilarli emas. Kunning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar 
orqali omborxonani shamollatishga to’g’ri keladi. Qishda esa, tashqaridagi 
harorat 
pasayib ketib, mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyatsiya quvurlarining 
hamma to’siqlari yopilib, havo almashuvi to’xtatiladi.

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish