Qishloq xo‘jaligi asoslari (parrandachilik) Samarqand 2015



Download 87,33 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi87,33 Kb.
#20581
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI



QISHLOQ XO‘JALIGI ASOSLARI (parrandachilik)


c:\documents and settings\user\рабочий стол\дизайнга\товук.jpg

Samarqand 2015

.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI



QISHLOQ XO‘JALIGI ASOSLARI (parrandachilik)

(umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand 2015

Z.Pardayev. Qishloq xo‘jaligi asoslari (parrandachilik). Umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma. – Samarqand, 2015. 24 bet.




Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva - Til va adabiyot kafedrasi dosenti



Taqrizchilar: O.EshniyozovSamDU kasb ta’limi fakulteti dekani, f.m.f.n., dotsent
B.Doniyev. - VXTXQTUMOI amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsent

Mazkur uslubiy ko‘rsatmada qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan hisoblanmish parrandachilik haqidagi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Uslubiy ko‘rsatmadan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.




Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2015-yil 31 dekabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida muhokama etilgan va 4/4 - sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya etiladi
SO’Z BOSHI

Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’i sifatida keng o’rin egallaydi. Bu soha aholini turli-tuman iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Shu bois ham qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish eng dolzarb masalalardan bo’lib qoladi.

Qishloq xo’jaligining qator mahsulotlar yetkazib beradigan tarmog’i sifatida parrandachilik ham aholi ehtiyojini qondiradigan ishlab chiqarish turi sanaladi. Parrandachilik sohasi aholiga: go’sht, tuxum mahsulotlari yetkazib beradi. Shuningdek, parrandalarning patlaridan qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlardan yostiqlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Parranda go’nglaridan esa yerning unumdorligini oshirish maqsadida foydalanish mumkin.

Parrandachilik mahsulotlarining o’ziga xos xususiyatlari uni iste’mol qilish qimmatini oshiradi. Birinchidan, tuxumning ozuqaviy qiymati yuqori bo’lib, inson organizmi uchun kerakli moddalar unda mujassamlashgan. Parranda go’shti esa parhyez taom hisoblanib, bir qator bemorlarga tavsiya etiladi.

Qishloq xo’jaligining bu tarmog’i mamlakatni iqtisodiy yuksalishida ham o’z o’rniga ega. Parrandachilik, xususan, tovuq yetishtirish azaldan mavjud bo’lib, uni bejizga “Yetti xazinaning biri” deyishmaydi. Shunday ekan, o’quvchilarga mehnat ta’limi fanining qishloq xo’jaligi bo’limida parrandachilikdan dastlabki saboqni berish, shuning bilan birga, ularda bu sohaga bo’lgan qiziqishlarni shakllantirib borish foydadan holi bo’lmaydi.


PARRANDACHILIKNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI, RIVOJLANISHI VA VAZIFALARI

Parrandachilikning o’ziga xos biologik xususiyatlaridan foydalanish usullari orqali oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish masalalarini yechishda ko’proq naslchilik ishiga parrandalarning issiq iqlimga moslashgan yangi zotlarini yaratish, parranda maxsulotlarini sanoatlashgan parrandachilik fabrikalarida mavjud yuqori zamonaviy texnologiya asosida va uy parrandalarini bir joyda saqlashda, og’ir ishlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish asosida olib borish zarur.

Bo’lajak zoomuxandislarni ilmiy texnikaviy fan yangiliklarini o’ziga singdirish, o’zlashtirish hamda ularni aktiv ravishda xozirgi vaqtda tashkil etilayotgan katta va kichik fermer xo’jaliklarida, yirik parrandachilik fabrikalaridagi ilg’or fan yangiliklari qo’llanilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish zarurdir.

Parrandalarning biologik, xo’jalik foydali belgilarini o’rganish, ulardan qisqa vaqt ichida maxsulot olish, nasl ishlarini, urchitish usullarini saqlash, ozuqlantirish iqti-sodiyotini, mehnatga haq to’lashni o’zlashtirish kerak. Kelajakda tayyorlanayotgan zoomuxandis mutaxassislarni mavjud xozirgi zamon texnikasi yangi texnologik jarayonlar bilan tanishtirib, maxsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan qanday foydalanish, shuningdek yangi tashkil qilingan kichik, o’rtacha jamoa va fermer xo’jaliklarda olib borilayotgan ishlarni o’rgatishdir.

Parrandachilik tarmog’i daromadli soha bo’lganligi uchun, bu sohani xalqimiz yetti xazinaning biri deb aytishadi. Xaqiqatdan xam xalqni kundalik hayot kechirishi uchun eng zarur bo’lgan qimmatli tuxum, yengil hazm bo’luvchi parranda go’shti, hamda qayta ishlashdan xam iste’mol uchun turli maxsulotlar olinadi, shuningdek yerning hosildorligini oshirishda undan go’ng olinadi. Go’sht ishlab chiqarishda umumiy go’sht ishlab chiqarishda 10% dan oshig’ini parrandachilik tarmog’idan olinadi. Bir bosh ona tovuqdan olingan tuxumni hisoblab, tuxumni otalantirib, jo’jalarni parvarish qilsa, undan bir yilda 80-100 kg tirik vaznda go’sht yetishtiriladi. Bir bosh kurkaning bolalarini o’stirish hisobiga bir yilda kamida 300-350 kg kurka go’shti olish mumkin.

Parranda go’shti yetishtirishda eng asosiy e’tiborni parranda zotiga, nasldorlik belgilariga, nasl ishiga, ozuqa bazasiga ko’proq bog’liqdir. Bu sohani rivojlantirish uchun ko’proq ilg’or fan yutuqlarini ishlab chiqarishda qo’llash, donchilik sohasini rivojlantirish, ayniqsa, parrandalar uchun omixta yem ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga qaratilishi zarur.

Chorvachilik tarmog’i juda ham ko’p tarmoqli bo’lib, shulardan parrandachilik sohasi ham eng muhim tarmoqlar qatoridan joy olgan. Hozirgi vaqtda Respublikamizda parrandachilik sohasi ancha rivojlanib bormoqda, mavjud parrandachilik fabrikalarida turli xil zotli parrandalar, kurkalarni boqib ulardan tuxum, parranda go’shti aholi uchun mahsulot yetishtirib berilmoqda.

Maxsulot yo’nalishi bo’yicha tuxum, go’sht-tuxum yo’nalishiga mo’ljallangan parrandalarning leggorn, rus oq tovuqlari, Lomon-Braun va boshqa tovuqlarning zot va zot guruhlari ko’paytirilmoqda. Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov qishloq xo’jalik xodimlari bilan o’tkazgan anjumanda g’allakorlarimiz oldiga ulug’vor vazifalarni ya’ni yangi bug’doy, arpa, suli va boshqa ekinlarning yangi navlarini yaratish, hosildorlikni yanada oshirish keraklgini aytib o’tilgan. Bu ishlarning ijobiy natijasi respublikamizda parrandachilik sohasining yanada taraqqiy etishida alohida o’rin egallaydi.

Parrandachilik tarmog’ini rivojlantirishda parrandalarning maxsuldorligini oshirishda, naslni yaxshilashda, ozuqlantirish, saqlashda parrandachilik fabrikalarida ilg’or fan yutuqlarini qo’llash asosida ushbu soha rivojlanib bormoqda. Parrandachilik fabrikalarida ilg’or fan yutuqlaridan, parrandalarning tuxumini yig’ish, chet ellardan keltirilgan texnologiya asosda tayyorlangan katakli batareyalar, suyish sexlari, parrandalarni suv bilan ta’minlash kabi ilg’or fan yutuqlarini keng qo’llash asosida ish olib borilmoqda. Ilg’or fan yutuqlarini qo’llashda respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan Qishloq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasi tomonidan turli chet el davlatlaridan, Germaniya, Polsha, Belorussiya kabi davlatlarda parrandachilikda qo’llanilayotgan fan yutuqlarini qo’llash, yangiliklarni ko’rsatish sistemali amalga oshirib borilmoqda.
PARRANDALARNING KELIB CHIQISHI, EVOLYUSIYASI (TARIXI) VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Parrandachilik chorvachilikda eng jadal rivojlanuvchi va yuqori samarali tarmoqlardan biri bo’lib, aholini yengil hazm bo’luvchi tuxum va parranda go’shti bilan ta’minlaydi, sanoatni esa xom ashyo bilan boyitishda muhim rol o’ynaydi.

Parrandalar dunyo bo’yicha hamma mintaqalarda tarqalgan, ularning uch ming turi bo’lib 3 ta turkumi mavjud.

1. Uchuvchi yoki qanotli

2. Yuguruvchi va qanotsiz

3. Pingvinlar (katta qanotli uchmaydigan kushlar).

Uy parrandalari tayyor ovqatlar yeydi, yovvoyisi yerda bo’shliqdagi turli ozuqalarni topib yeydi. Qushlar o’simliklarni yeb yashaydi. O’lgan hayvonlarni, parrandalar qurtlarni, baliqlarning o’lganini yeydi. Ozuqaga bo’lgan talabi katta bo’lib, ozuqa tez hazm bo’ladi. Parrandalar bolalarini rivojlanish turi tuxumdan jo’ja ochib chiqishi bilan uya qo’yadi, alohida oziqlanadi. Parrandalar uy hayvoni bo’lib, odam tomonidan qo’lga o’rgatishda otlardan, itlardan keyinroq ya’ni odamlarning o’troq holga kelib yerdan qo’l kuchi bilan foydalanish davrida qo’lga o’rgatilgan. Birinchi ilmiy izlanish uy parrandalarining kelib chiqishini Ch.R.Darvin izohlagan. Uning tasdiqlashicha uy tovuqlari yovvoyi bankiv tovug’idan kelib chiqqan. Uy tovuqlarini solishtirganda ularning turlarini Ch.Darvin barcha uy tovuqlarining avlodlari bankiv tovug’idan kelib chiqqan, ular orasida o’xshashlik bor, deb aytib o’tgan. Gavda tuzilishida, ovozida, rangida. Bankiv tovuqlarini uy tovug’i bilan chatishtirilsa, nasl beruvchi avlod olinadi. Bankiv tovug’ining og’irligi 0,6-0,8 kg, bir yilda 8-12 dona tuxum beradi.

Tovuqlarni uyga o’rgatish 5000 yil oldin Hindistondan Sharq va G’arb mamlakatlarga tarqalgan. Misrda 1,5 ming yil so’ngra bir necha 100 yildan keyin esa Turkiyada ham qo’lga o’rgatilgan. Odamlar o’rmonlarda ov qilib yurib go’shtini tuxumini iste’mol qilganlar.

Adabiyot manbalarida eski Gresiyada va Rimda bizdan oldingi eradan 2 ming yil oldin uy parrandalarini semirtirish usullari qo’llanilgan, shaharga parranda go’shti yetkazib berilgan. Yirik shaharlarning rivojlanishi, madaniyatining o’sishi bilan parranda mahsulotiga bo’lgan talab tez rivojlandi. Bu esa yaxshilangan uy parrandalarini kelib chiqishiga ko’p tarqalishiga imkoniyat yaratdi. Har xil zonalarning iqlim sharoitiga moslashishi sababli odam mehnati va sun’iy tanlash yo’li bilan parrandalarning ommabop xillari paydo bo’la boshladi.

Parrandalarning yovvoyi avlodlari o’rmon zonalarida oziqlangan, ularning tirik massasi xo’rozlari 900-1250 gramm tovuqlari 500-700 gramm bo’ladi. Ularning rangi ko’proq oq, kora, sariq. Yaxshi sifatlari ular daraxtdan-daraxtga uchib o’tadi, uyalarni yerga kurib 14 donagacha tuxum qo’yadi. Tuxum berish yanvardan to oktyabr oyigacha, nasl berish mavsumiy mart-may oylari xisoblanadi.

Parrandalar sut emizuvchilardan farq qilib, ular ko’p bola berishi, ya’ni (tuxumdan ko’p jo’ja ochib chiqishi) tana harorati (41-42 gradus) tez yetiluvchan, rivojlanishi ona qornidan tashqarida bo’lishi, o’simlik hamda hayvonot olamidan olinadigan oziqalarni iste’mol qiladi. Har yili patini yangilaydi. Bundan tashqari biologik belgilardan uchishi, suvda o’rdak, chaykalarini suzishi, chirmashib daraxtlarga chiqib yotishi eng muhimdir. Odamning maqsadga muvofiq yo’naltirilgan ko’p yillik ishlari natijasida parrandalarning mahsuldorligi 12 oyda tuxum berishi 280-290 donaga, bir oylik jo’jalari 49-kunda 1,8-1,9 kg ga, katta yoshli bankiv xo’rozi 0,9-1,2 kg ga yetadi. Yovvoyi kurkalar 10-11 oylikda tuxum qo’yadi, bir yilda 11-15 dona tuxum beradi. Uy kurkalari esa 5-6 oylik yoshida bir tuxum berish davrida 100 dona bir yilda 180-200 donagacha tuxum beradi. Yovvoyi o’rdak bir yilda 10-15 dona tuxum beradi. Uydagisi esa 150 dona tuxum beradi. Duragay o’rdakchalar 45-50 kunlik yoshida 2,5-3,0 kg bo’ladi. G’ozlar yovvoyisi bir mavsumda 6-8 dona tuxum tug’adi, uydagisi esa 40-60 donagacha tuxum beradi. Uy g’ozlarini yoshi 63 kunda bo’rdoqilansa 4 kg bo’ladi. Yovvoyilari esa 2,5-3,5 kg.

G’ozlarning ba’zi bir biologik xususiyatlaridan biri, ularning yaylovda boqish, botkoqliklarda ko’k o’t bilan boqish, ularning yosh bolalarini o’sishi 2 oyda o’z vaznini 10 martaga oshiradi. Birinchi oyda o’sishi 200 foiz, ikkinchi oyda 96 foiz, uchinchi oyda 17 foizga o’sadi. G’ozlarning ushbu biologik belgisidan broyler g’ozlarni 9 xaftalik yoshigacha go’sht uchun parvarish qilinadi. Sesarkalar (tovuqlar turkumiga kiruvchi parrandalar) dan bir yilda 200-260 dona tuxum olinadi. Yaxshilari esa 300 donagacha tuxum beradi, og’irligi 50-54 gr bo’ladi.

Parrandalarning organizmi boshqa qishloq xo’jalik hayvonlari kabi tuzilish juda murakkabligi bilan farq qiladi. Bir xil xujayralarning guruhlari o’zining faqat morfologik va fiziologik sifatlariga ko’ra to’qimalarni tashkil etadi. Organlar tuzilish turkumiga ko’ra ikkiga bo’linadi. Parenxima (to’qima) va naysimon bo’ladi.

Parrandalarning pati uch qatlamdan tuzilgan sut emizuvchi hayvonlarga o’xshashdir. Lekin parrandalarda teri va yog’ bezlari bo’lmaydi. Parrandada ikkita bez bo’yin orqasida va dumg’azada joylashgan bir-birini qisib o’tgan oxirgi umurtqasida 2 qismdan tuzilgan, tovuqlarda bu bez no’xotdek kattalikda bo’ladi. O’zidan yog’ suyuqligi ajratuvchi dumg’aza suyuqligi parrandani barcha patlarini moylaydi.

Parranda terisi uch qatlamdan tuzilgan: epidermis, asosiy qism va teri osti qatlami. Parrandalarni tanasi har xil patlar bilan qoplangan, qaysiki parrandani shikastlashdan organizm haroratini doimiy issiqlikda saqlashni ta’minlaydi. Patlar shakli, tuzilishi vazifa bajarishi bo’yicha konturli (tashqi ko’rinishli), tivitli, ipsimon, popukli va dumning uchki patlari bor. Tananing tashqi ko’rinishidagi patlari yopqich, harakatlanuvchi boshqaruv patlarga bo’linib, parrandaning tanasini qoplab turadi. Harakatlanuvchi patlar qanotlarda birinchi va ikkinchi darajali bo’ladi. Dumida boshqaruv pati bo’ladi.



Parranda patining rangi har xil bo’lishi organizmda rang beruvchi modda melonin pegmentiga bog’liq. Pat tashlaganda tuxum mahsuldorligi 30-40 foizga, tuxum yo’nalishidagi parrandalarda 16-17 oylikda, go’shtdor parrandalarda esa 14-15 oylik yoshida boshlanadi. Pat tashlagandan keyin tuxumdor tovuqlarda ikkinchi marta yana 6-8 oy, go’shtdor tovuqlarda esa yana 5-6 oy tuxum olish mumkin. Shunday qilib ona tovuqlardan 28-34 oy tuxum olib foydalanish mumkin bo’lib, majburiy pat tashlash rag’batlantirish usullaridan zootexnikaviy, kimyoviy, gormonal usullari hisoblanadi. Pat tashlashni asosiy mexanizmi sababi hozirga qadar to’liq o’rganilgan emas.

Nafas olish organlariga (qismlariga) burun bo’shlig’i, yuqori tomoq, traxeya (qizilungach) pastki tomoq, bronxlar, o’pkasi va havo olib yuruvchi qopchiqlar kiradi.

Qon aylanish organlari (qismlari) organizm faoliyatida muhim rol uynaydi, bunda qon asosiy vazifani bajaradi. Tovuqlarda umumiy kon miqdori tana og’irligining 8-9 foizini tashkil etadi. Parrandalarni suyganda qonning yarim qismi tashqariga chiqadi, yarmi esa to’qimalarda koladi. Qon suyuqlikdan iborat qismi plazma, unda hujayralar qizilqon tanachalari, eritrositlar, oqqon tanachalari, leykositlar hamda qonni yassi parchalari trombositlardan iborat. Bundan tashqari organizmda yurak eng zarur organ bo’lib, u orqali organizmda katta va kichik qon aylanish sodir bo’ladi. Katta yoshli parrandalarni yoshiga qarab fiziologik holati issiqlik tashqi muhit ta’siri ularning yurak urishi 1 minutda 200-300 marta qisqaradi. Yosh parrandalarda esa undan ham ko’p qisqaradi.

Ayirish organlari (qismlari)ga buyrak va siydik ayirish qismlari kiradi. Buyrak orqali organizmdagi ortikcha tuz va suvlar hamda zaharli moddalar tashqariga chiqadi.

Ko’payish organlari. Parrandalarda murtak rivojlanishi tuxumda bo’ladi. Jinsiy yetilish parrandalarda tuxumga kirish bilan bog’liq. Tuxum yo’nalishidagi tovuqlarni tuxum berishi 130-150 kunlik yoshida, go’shtdor zotlarda 180 kunda, o’rdak 6 oylikda, g’oz va kurkalarda 6-7 oylikda boshlanadi. Tuxumni tuzilishini har bir hamma yaxshi bilishi zarur parrandalarda jinsiy qo’zg’alish har xil turlarda bir xil bo’lmaydi. Masalan, tuxum yo’nalishdagi parranda zotlarning xo’rozlari bir kunda 30 marta juftlashishi, go’shtdor zotlarda 15-20 marta, indyuklar (kurkalar) 7-10 marta, g’oz va o’rdaklar 3-8 martagacha juftlashadi. Xo’rozlar juftlashishida o’zidan 0,5-2,0 ml urug’ ajratadi, g’oz va o’rdaklar 0,2-0,4, kurkalar 0,5-1,0 ml urug’ ajratadi. Uy parrandalarini urug’i quyuq bo’ladi, 1ml bergan urug’ida 1-3 mln bo’ladi, 1 ml bergan urug’ida 1-3 mln urug’lar bo’ladi. Tovuqlarning (makiyon) ning jinsiy organlarida urug’ hayotchan bo’lib 20-30 kungacha qoladi. Shu sababli parrandalarni sun’iy urug’lantirilganda, urug’ni 1-8 xafta ichida, kurkalarda esa 2 xaftada 1 marta qochiriladi.

Issiqlik almashinuvi. Parranda organizmini hamma qismlari normal faoliyat ko’rsatadi, agar issiqlik hosil bo’lish hajmi issiqlikga teng bo’lsa, undagi vaqt birligida teng issiqlik sarf bo’ladi. Parrandalarning tana harorati bir kun davomida o’zgaradi. Kunduzi yuqori, kechasi esa 0,4-0,5 gradus past bo’ladi. Normal issiqlik harorat Qishloq xo’jalik parrandalarida 10-18 gradus, nisbiy namlik 60-75%. Misol: parrandalarni 1 kg tirik massasi uchun sut emizuvchilarga solishtirib hisoblanganda 4-5 marta havo ko’p talab qilinadi. Tuxum beruvchi tovuqlarning fiziologik xolatiga tashqi muhitning issiqlikning ta’siri turlicha bo’ladi. Tashqi havoning sovukligi – 9,5 gradus bo’lsa, parrandaning tana harorati pasayadi, agar –1 gradus bo’lsa tuxum kamayadi.

Qishloq xo’jalik parrandalarining mahsulotlari tuxumi, parranda go’shti va uning ichki organlaridan olinadigan mahsulotlar aholining kundalik turmushida hayotiy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, uning tuxumi yosh bolalarni o’sishida, go’shtdagi aminokislotalarning barcha xillarini bo’lishi eng muhim ahamiyatli deb tibbiyotda baholanadi. Oziqlanish normasiga ko’ra qish kuz oylarida har kuni bir donadan tuxum iste’mol qilish zarur, chunki organizm bu faslda vitaminlarga muhtoj bo’ladi. Bundan tashqari parranda go’shti, qariyalar uchun shifobaxsh hisoblanib, aminokislotalarga boyligi bilan qimmatlidir. Parrandalardan g’oz, o’rdakdan olingan parranda yog’i foydali bo’lib, uning tarkibida xolistirin moddasi bo’lmaydi.


QISHLOQ XO’JALIK PARRANDALARINING EKSTERERI

Parrandalarni ekster’ri nima? Parrandalarni eksteryeriga qarab uning aniq maxsuldorligini bilish qiyin, lekin uni ko’rib, tuxum berishi yoki bermasligini bilish mumkin. Shu sababli, eksteryerni o’rganish parrandalarni tanlashda naslchilik va sanoat parranda fermalarida amaliy ahamiyatga ega.

Parrandalarning ba’zi bir eksteryer belgilari yilning fasliga bog’liq o’zgaradi. Bundan oziqlantirish, saqlash, fiziologik xolatlariga bog’liqdir. Ko’proq eksteryer belgilarining o’zgarishi ko’payish organlarining vazifalari orqali o’zgarib boradi. Masalan, tovuqlarni tuxum qo’yish vaqtida tirik vazni, tuxumdon hajmi, tuxum yo’li va ovqat hazm qilish organlari kattalashadi yoki kengayib boradi. Shuning uchun doimo tuxum beruvchi tovuqlarning qorni katta yumshoq qo’ymich suyaklar oxiri cho’ziluvchan, qorindagi suyaklar bilan qo’ymich suyaklar orasidagi masofa uzayadi. Masalan: qo’ymich suyaklar orasidagi masofa tuxum beruvchi tovuqlarda o’rdakda 3-4 barmoqga to’g’ri kelib, 5sm bo’ladi. Kurka, g’ozlarda 5 barmoqga teng bo’lib, 9 sm bo’ladi. Tuxum bermaydigan parrandalarda qo’ymich suyak bir-biriga yakinlashib 1-2 barmoqga teng bo’lib, 2-3smni tashkil etadi.

Parrandalar tanasining ko’z, tumshug’ va oyoq qismlarini ko’rib, tuxum berish tezligi aniqlanadi. Tuxum berish tamom bo’lsa, terining pigmentasi tiklanadi. Tananing holatiga qarab tovuqlarning tuxum berishi aniqlanadi. Tovuqlarda tuxum berish boshlanish oldidan tanasi kengayadi, tuxum berish to’xtasa, qizil toji oqarib qattiq bo’lib qoladi.

Parrandalar patining rangi boshqa eksteryer belgilariga qarab, har bir parranda turining qaysi zotga mansubligini aniqlash mumkin. Patning xolati, yaltiroqligi, zichligiga qarab sog’lomligini bilish mumkin.



Parrandalarning yoshini aniqlash. 1. Parrandalarning yoshini belgilashda uning inkubasiyadan ochib chiqqan kuni oyog’idagi qo’yilgan xalqa yoki qanot nomerlari orqali aniqlanadi. 2. Eksterri bo’yicha pixining (shpora) uzunligiga qarab aniqlash mumkin: zotiga qarab 1 yoshda pixi 1 sm, bir yilda 1-2 sm o’sadi. Jo’jalarning yoshi patlarining rivojlanishi bilan ham aniqlanadi. Tez yetiluvchan zotlarda 8 haftalikda harakatlanuvchi patlar dumigacha yetib boradi.

To’rtinchi xaftani oxiri beshinchi hafta boshlanishida yuvenal pat tashlash boshlanadi. Birinchi galda qanotning eng tashqi tomonidagi pat tushadi, keyingi pat har 7-8 kunda tushadi. Kech yetiluvchi zotda pat tashlash kech boshlanadi va ko’p vaqt davom etadi. Birinchi pati 6 haftalikda tushadi. Keyingisi har 10-12 kun navbat bilan tusha boshlaydi.


QISHLOQ XO’JALIK PARRANDALARINING MAHSULDORLIGI

Qishloq xo’jaligi parrandalarining barcha turlaridan odamlarning kundalik hayoti uchun eng zarur bo’lgan tuxum, parranda go’shti hamda bir qancha qo’shimcha mahsulotlar olinadi.

Tovuq tuxumi tarkibida hayot uchun kerakli to’yimli, biologik faol moddalar oqsil, 12-13%, 12% yog’, 1% karbonsuvlar saqlanadi. Tuxum oqsilida odam tomonidan 96-98% hazm bo’ladigan aminokislotalar saqlanadi. Tuxumda 20 xil mineral moddalar, vitaminlar, riboflovin va pantoten kislotalari saqlanadi.

Tuxum tabiiy tayyor holda olinadigan mahsulot. Tuxumning po’stlog’i inkubasiyaga qo’yish, uzoq masofalarga olib ketish va uzoq vaqt saqlashni ta’minlaydi. Parrandalarning go’shti yengil hazm bo’luvchi, yuqori to’yimli mahsulot. Broyler jo’jasining oq go’shtida 20% dan ortiq to’la qimmatli oqsillar 1-2%dan yog’ bo’lib tarkibida xolestirin moddasi bo’lmaydi.

Parrandachilikda broyler go’shti yetishtirish sanoati keyingi vaqtlarda keng rivojlanmoqda. O’zbekistonda ham bu sohani rivojlantirishga keyinga vaqtlarda ancha e’tibor berilmoqda. Parrandalarning tuxum mahsuldorligi eng sifatli mahsulot bo’lib, parrandaning fiziologik holatini ko’payish organlar sitemasi faoliyatiga bog’liqligini ko’rsatadi.

Agar tovuq 24 soatda tuxum tug’sa, unda tovuqlar har kuni tuxum tug’adi, agar undan ko’p vaqt sarflansa unda tovuq dam oladi. Masalan: tovuqning jinsiy xujayrasi tuxumdonda 28 soatda tuxum paydo bo’lsa yoki shakllansa, keyingi kunlar 8,12,16 kunlari tug’adi, keyin esa dam oladi. 1-2 kun dam olib so’ng yana bir necha kun tuxum beradi. Vaqt o’tishi davrida tovuqlar ma’lum miqdorda tuxumni davomli, bersa, uni tuxum berish sikli deyiladi.

Sikl (davr) qisqa yoki uzun bo’lishi mumkin. 10-15 kun tuxum bersa uzun, 2-4 kun tuxum bersa qisqa bo’ladi, agar davr ichida tuxum tug’masa uni interval dam olish kuni deyiladi. Tuxumdorlikning biologik davriga bir necha omillar ta’sir etadi: zoti, parrandaning alohida belgilari, havo issiqligi, yorug’likning davomiyligi, ozuqlantirish va saqlash. Biologik davr oldin yoki keyin boshlanishi, davom etishi mumkin. Tovuqlarda 10-12 oy, o’rdak, kurka va g’ozlarda tovuqlarga nisbatan qisqa bo’lib, kun fasllarni o’z ichiga oladi.

Tuxumdorlikni uzun biologik davri ko’p tuxum beruvchi tovuqlarga xos, ular davomli tuxum beradi. Yosh makiyon tovuqlarda biologik davr tuxumdorligi jinsiy yetilish vaqtiga to’g’ri keladi. Jinsiy yetiluvchanlik nasl qoldirish belgisi bo’lib, uni parrandaning yoshi birinchi tuxumga kirishi bilan aniqlanadi. Tovuqlarning jinsiy yetilishi 120-180 kunga, tovuqlar, kurkalar 180-250 kun, o’rdak va g’ozlar 200-300 kunda tuxum beradi. Tovuqlar tuxumining og’irligi 55-65 gr, kurkalarniki 80-90 gr, o’rdaklarniki 70-85 gr, g’ozlarniki 130-180 gr, sesarkalar tuxumining og’irligi esa 38-48 gr bo’ladi. Umr bo’yi tuxum qiladigan parrandalar alohida ahamiyatga ega. Aksari hayotining dastlabki yilida ko’p tuxum qiladigan tovuqlar bu xususiyatini keyingi yillarda ham saqlab koladi. Tuxum yo’nalishidagi zotli tovuqlarning yillik tuxumdorligi uch oy davomida, yillikda va hamma davrdagi tuxum berishini hisoblanadi. Yosh makiyon tovuqlar erta tuxumga kirsa kichik tuxum qiladi ko’p vaqtga cho’zilmay tuxtaydi. Agar bir yilda yaxshi nasldor tovuqlar 280-300 dona tuxum bersa, uni chidamli tuxum berish deb hisoblanadi. Kurk bo’luvchi tovuqlarning tuxum berishi chidamsiz bo’ladi, kurk bo’lganda, patini tashlaganda tuxum bermaydi. Tuxumdorlik nasl belgisi bo’lib ota-ona tomonidan avlodlarga beriladi. Ozuqlantirish sharoiti, saqlash hamda zot yaratishdagi naslchilik ishlarini olib borish bilan uning tuxumdorligini ko’paytirish mumkin.

Otalangan parranda tuxumi yangi avlod boshlanishi, davom etishidir. Oziq-ovqat uchun iste’mol qilinadigan tuxum ishlab chiqarishda xo’roz saqlanilmaydi. Oziqa kam sarflanadi. Tuxumni shakli, og’irligi va boshqa ko’rsatkichlari parrandaning irsiyat belgilariga bog’liq hamda uning turi, zoti, yoshi, oziqlanish sharoiti va saqlashga bog’liq.

Tuxumning po’stlog’i po’stloq osti qavati, oqsili, sarig’i hamda o’rtasida latebra qavati sariq qismida joylashgan. Tuxum po’stlog’ining rangi har xil turdagi parrandalarda pigment moddasi, qondagi gemoglobin bilan bog’liq. Tuxum tarkibida 73,6% suv, 12,8% oqsil, yog’lar 11,8%, korbonsuvlar 1,0% hamda oqsilsiz moddalar 0,8% tashkil etadi. 100 gr po’stloqsiz tuxum tarkibida aminokislotalardan: arginin 0,80g, valin 0,98g, sistudin 0,32g, izoleysin 0,84g, lizin 0,82g, sistin 0,26g va boshqa 23 xil aminokislotalar har xil miqdorda saqlanadi.

Parrandalarning go’sht maxsuldorligini harakterlaydigan omillar quyidagilar: tirik vazni, o’sish tezligi, patlanish tezligi, har bir ona tovuqdan olingan jo’ja, semirish sifatlari, parrandalarning go’shtdorligi va boshqalar. Parrandalarning har xil turlari va zotlari turlicha tezlikda o’sadi. Yosh jo’jalarni semirtirish oxiridagi og’ir kelishi, ularning go’shtdorligini belgilaydigan omillardan biridir. Jo’ja go’shti tovuq go’shtiga qaraganda ancha afzal. Yosh parrandalar tez o’sishi tufayli, ularning semirish tannarxi arzonga tushadi. Go’sht yetishtirishga mo’ljallangan hamma xo’jaliklarda jo’jalar go’shtga topshiriladi. Jo’jalar 63-70 kun tez boqilganda tirik vazni 1,6-1,7kg, o’rdak bolalari 55-60 kunlikda 2 kg, g’oz bolalari 65-70 kunda 4,5 kg, 4 oylik kurka bolalari esa 4 kg bo’ladi. parrandalarni semirtirish sifatlari uning o’sish tezligiga, oziqa evaziga beradigan maxsulotiga, qilgan go’shtning sifatiga qarab baholanadi.

Parrandalarning go’shti o’zining oziqaviy qiymati, mazasi, biologik qimmati va yengil hazm bo’lish belgilari, organizmda hazm bo’lish jihatidan qimmatli ozuqadir. Go’shtning sifati uning turi, mahsulot yo’nalishi, zoti, parrandaning yoshi hamda tashqi muhitda saqlash sharoitlariga bog’liq.

Go’shtining sifatiga yog’ning kislotaligi, rasion tarkibiga o’simlik va hayvonot yog’larini qo’shilishi ta’sir etadi. Broyler jo’jalarini kataklarda parvarish qilganda, ularni yerda saqlashga nisbatan yog’li go’sht olinadi. Iste’mol qiladigan qismlarga jo’ja terisi, ichki yog’i, jigar, o’pka, yurak, buyrak, muskul, oshqozoni kiradi. Iste’mol qilmaydigan qismiga suyagi, tomog’idagi go’shti, talog’i va boshqa qismlari kiradi. Go’shtning biologik qimmati oqsillarning saqlanishi bilan aniqlanadi.

Parrandalardan olingan mahsulotlarni qayta ishlashdan, masalan, tuxum po’stlog’ini parrandalarga oziqa sifatida beriladi. Bundan tashqari tuxumning oqsili va sarig’idan odamlarning har xil kasalliklarini davolashda, xususan, shamollashda ishlatiladi. Parrandalarni so’yganda ularning jigaridan, patidan, qonidan, suyagidan, tezagidan kompost tayyorlanadi.

Parranda mahsulotlari patidan har xil yengil sanoatida bolish tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari parranda go’ngi yerning hosildorligini oshiradi. Uning kimyoviy tarkibida 34,5-48,3% quruq modda, kul 14-40%, xom yog’ 2,9-4,5%, azotsiz ekstraktiv moddalar 46-48% bo’ladi. O’rtacha bir bosh tovuq bir kunda 175-189 go’ng ajratadi, go’shtdor tovuqlar 276-300 gr, kurkalar 450-gr, o’rdak 423 gr, g’ozlar 594 gr go’ng ajratadi.
QISHLOQ XO’JALIK PARRANDALARINING ZOTLARI, ZOT GURUHLARI VA ULARNING TAVSIFI

Dunyoda hozir 100 dan ortiq tovuqlar zoti, 20 o’rdak va kurka hamda 40 ta g’oz zotlari bor. Respublikamizda ham tarqalgan tovuq va boshqa Qishloq xo’jalik parranda zotlari issiq iqlim sharoitiga moslashtirilgan Leggorn, rus oq tovug’i Kornish, plimutrok va boshqa zotlar shimoliy kavkaz kurkasi shishasimon o’rdaklari bor.

Mamlakatimizda 4 tuxum yo’nalishadagi tovuqlar, 5 go’sht yo’nalishdagi, 17 go’sht-tuxum, 11 o’rdak, 18 g’oz, 16 kurka zotlari ko’paytirilmoqda. Ko’p sonli parranda zotlarini qo’lga o’rgatilishi natijasida turli sharoitlarda yovvoyi turlari yaratildi. Zot yaratish jarayoni hozirgi vaqtgacha davom etib, uni istagan belgilariga yo’naltirib, takomillashtirib borilmoqda. Yangi parranda zotini yaratishda shakllanish jarayonidan oldin zot guruhlarini yaratish, baholash orqali bo’ladi, tovuq zotlari tuxum-go’sht, go’sht-tuxum, urushqoq va bezatish turdagi parrandalarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda urushkoq va bezatishga mo’ljallangan tovuqlarni ko’paytirish kamroq miqdorda ko’paytiriladi.

Tuxum yo’nalishdagi tovuqlar zoti. Bu tovuqlarni urchitishdan asosiy maqsad tuxum olishdir. Shuning uchun xo’jalik asosiy foydali belgilari tovuqdan ko’p tuxum olishdir. Tovuqning qancha tirik massasi kam bo’lsa, tuxum ishlab chiqarishiga kam oziqa sarflanadi. Bir xil mahsulot bersa ham, tuxum yo’nalishidagi tovuqlarda jinsiy yetilish oldinroq bo’ladi va uzoq to’xtamay tuxum beradi.



Oq Leggorn – tovug’i dunyo bo’yicha ko’p tuxum beruvchi, ko’p tarqalgan tovuqdir. Bu tovuq zoti 19 asrda AKShda Italiyadan keltirilgan mahalliy parrandani chatishtirish yo’li bilan yaratilgan. Bu tovuq zotining tashqi tana tuzilishi quyidagicha: boshi o’rtacha, pati bargsimon, quloq suprasi oq va jigarrang. Ko’kragi yaxshi rivojlangan, yumaloq, ichiga kirgan. Gavdasi cho’zilgan, pati zich qo’yilgan, qanotlari keng, gavdasi zich joylashgan, dumi ko’tarilgan. Xo’rozlarda rivojlangan boshoqlari bor, tumshug’i, barmoqlari, oyoqlari sariq rangda. Parranda sharoitga yaxshi moslashadi. Tez yetiluvchan va tuxumdan yaxshi bola ochib chiqadi. Jo’jalari tez o’sib, pat bilan qoplanadi. Parrandalarni oq ranglisidan tashqari, qora, havo-rang, ranglilari ham uchraydi. Xo’rozlari o’rtacha 2,7 kg, tovuqlari 1,8-2,0 kg. Tuxum berishi 1 yilda 220-240 dona, og’irligi 57-60 gr bo’ladi. Tuxum po’stlog’i oq, inkubasiyaga qo’yish sifati yuqori bo’ladi. Tuxumni otalanishi 95%ga yakin, jo’ja ochib chiqishi 80%. Mamlaktimizga Leggorn tovuqlarini birinchi marta AQShdan va Angliyadan 1925 yilda keltirilgan. 1962-1968 yillarda ixtisoslashtirilgan liniya va yuqori maxsuldorlik tovuqlarning krosslari Kanada, Gollandiya, Germaniya va Yaponiyadan keltirilgan.

Rus oq tovug’i taniqli zotdir. Bu tovuq zotini yaratish 1920 yillarda boshlangan. Leggorn tovuq zoti mahalliy tovuq zoti bilan chatishtirilgan. Bu tovuqning o’zi bilan chatishtirish uchun eng yirik mahsuldor tovuqdan urchitishda foydalanilgan. Bu zotning tashqi tana tuzilishida tuxum yo’nalishiga taalukli xususiyatlar mavjud. Pati oq, zich, tumshug’i va oyoklari sariq rangda, yaxshi rivojlangan.

Toji bargsimon shaklda, ko’p tuxum beruvchi tovuqlarda shunday bo’ladi. Xo’rozi 3 kg, tovuqlari 2 kg. Tuxum berishi bir yilda 200 dona, undan ham ko’proq berishi mumkin. Tuxumning o’rtacha og’irligi 60 gr, po’stogi oq, qattiq bo’ladi. Tuxumni inkubasiyaga qo’yish sifati yaxshi. Tuxumning otalanishi 92-97 %. Jo’ja ochib chiqishi 80-86%. Jo’jalari tez o’sadi va pat bilan koplanadi. Jinsiy yetilish 5 oylikdan boshlanadi.

Rus oq tovuqlaridan yuqori mahsuldorli liniyalar, krosslar, duragay avlodlar olishda asosiy irsiy zot sifatida foydalaniladi.

Nyu-Gempshir. Bu tovuq zoti Amerika qo’shma shtatida yaratilgan. Nyu-Gempshir tovuq zotining gavdasi cho’zinchoq va keng, tojisi bargsimon tik turuvchi, ko’kragi ichiga kirgan, keng, oyoqlari yo’g’on, pati yaltiroq – sariq, qanot va boshqaruv patlari ancha qoraroq, yoli qora, oyoqlari, tumshug’i sariq. Tovuqlari 2,7 kg, xo’rozi 3,5 kg, tuxumdorligi 200 dona va undan ko’proq. Nyu-Gempshir bilan Leggornni o’zaro chatishtirib duragay avlodlardan ko’p tuxum olinadi. Nyu-Gempshir zotli tovuqlardan yangi zotdor tovuq zoti yaratishda ham foydalaniladi.

Yerevan tovug’i. Armeniyaning mahalliy zot tovug’ini rod-ayland va avstralorp tovug’i bilan chatishtirilib, gala orasida tanlash va saralash orqali olingan yangi avlodni o’zi bilan urchitib issiq va quruq iqlim sharoitiga moslashtirilgan. Bu parrandaning gavda tuzilishi yaxshi rivojlangan. Patining rangi qizil qora yoki qora sariq, ayniqsa, yoli sariq bo’ladi. Tovug’inig og’irligi 2,3 kg, xo’rozi 3,2 kg, tuxum berishi 200-donadan ko’proq, tuxum og’irligi 57-60 gr.

Moskva tovuqlari. Bu tovuq zoti guruhini Temiryazev Qishloq xo’jalik akademiyasining olimlari yaratgan. Bunda chatishtirish qo’llanilib, qo’ng’ir rangli yurlov, leggorn va nyu-gempshir zotlari o’zaro chatishtirilgan. So’ngra olingan avlodini o’z-o’zi bilan yaxshi ozuqlantirish, saqlash sharoitini yaxshilab istalgan mahsulot olish uchun ish olib borilgan. Moskva tovuqlarinig gavdasi uzun, boshi chuqur va keng, tojisi bargsimon to’g’ri turuvchi; ko’kragi ichiga kirgan, beli uzun, keng va to’g’ri. Patining rangi qora yoki qora-sariq. Xo’rozlarda sariq-qo’ng’ir patlari yelkasida, bel orasida bo’ladi. Tovuqlari 2,2-2,4 kg, xo’rozlari 3,5-3,6 kg, tuxumdorligi 200 dona, alohida liniyalarda 220 donadan ham ko’proq. Tuxum og’irligi 60-62 gr. Tuxumning po’stlog’i sariq. Moskva tovuqlaridan liniyalararo chatishtirishda rus oq va leggorn tovuqlaridan foydalaniladi. Duragay parrandalarning tuxumi 240 donadan ko’proq, yaxshilari 300 donagacha tuxum beradi.

Yurlov zotli tovuq Kurskiy, Orlov o’lkalarining dehqonlari tomonidan yaratilgan, bunda mahalliy zotli tovuqlarni urishqoq xo’rozlar bilan chatishtirilgan.

Yurlov tovug’i yirik, gavdasi katta, ko’kragi keng, oldiga chiqqan, ayniqsa, xo’rozlarda. Muskuli, ko’kragi, oyoklari, bo’yni yaxshi rivojlangan. Boshi keng va chuqur, tumshug’i qisqa pastga kayrilgan. Toji uncha katta emas. Bo’yni qalin, beli keng, qanotlari katta emas. Pati zich, har xil kumush, qizil, oq, malla rangli bo’ladi. Yurlov tovuqlari mahalliy sharoitga juda yaxshi moslashgan. Tovuqlari 2,5-3 kg, xo’rozlari 3,5-4 kg, tuxumdorligi 120-150 dona, tuxumni ko’p beradiganlari 230 donagacha beradi. Mahalliy zotli tovuqlari haligacha yaxshi o’rganilmagan.



Pekin o’rdaklari go’sht yo’nalishida bo’lib, bundan 300 yil oldin Xitoyda yaratilgan. Parrandaning gavdasi yirik, uzun, tumshug’i qayrilgan, o’rtacha kattalikda, beli keng, qanotlari kichik, oyoqlari baland emas. Urg’ochisi 3-3,5 kg, erkagi 3,5-4,0 kg, tuxum berishi 98-120 dona, og’irligi 90 gr. Jo’jalari tez o’sadi, 45-50 kunda tirik og’irligi 2,2-2,8 kgga yetadi.

G’oz zoti va g’oz guruhlari. Xolmagor g’oz zoti Rossiyaning markaziy qora tuproq zonalarida mahalliy oq rangli g’ozlarni Xitoy g’ozlari bilan chatishtirib, yaratilgan. Tanasining rangi oq, sariq bo’ladi. Katta yoshli urg’ochilarning tirik vazni 7-8 kg, erkagi 8-10 kg, tuxum berishi 35-40 dona, og’irligi 180-220 gr keladi.

Kurka eng qadimgi xonakilashtirilgan parrandalardan biri bo’lib, birinchi marta Meksikaliklar tomonidan qo’lga o’rnatilgan. Yevropaga esa XVI asrda olib kelingan. Keyinchalik tabiiy tanlash va chatishtirish yo’li bilan bu parrandaning mahalliy sharoitga, ayniqsa, sermahsul bo’lgan xilma xil zotlari yetishtirilgan.

Shimoliy kavkaz kurkalari. Kurkalarning bu zoti Stavropol o’lkasining Georgiyevskiy rayonidagi xo’jaliklarda mahalliy kurkalarni keng to’shli, bronzasimon erkak kurkalar bilan chatishtirish yo’li bilan vujudga keltirilgan va keyinchalik ikkinchi bo’g’in kurkalari o’z ichida urchitib ko’paytirilgan. Urg’ochi kurkalarning tirik vazni bir yilda 6-7 kg, erkaklari 12-13 kgga yetadi, 60-70 dona tuxum beradi.

O’zbekiston kurkalari mahalliy sariq, bronza rang va kulrang kurkalar tarqalgan. Ular Samarqand, Kashqadaryo, Surxandaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog’istonda ko’p urchitiladi. Sesarka (tovuqlar turkumiga mansub parranda) ularni asosan go’sht olish uchun ko’paytiriladi, go’shti mazali bo’ladi. Mamlakatimizga XVIII asrda bezovchi parranda sifatida keltirilgan. Hozirgi vaqtda ularning uch xili bor. Zagorskiy, oq ko’krakli va kremoviy. Gavdasi uzun, tekis. Boshi shoxsimon havorang, oq rangli. Erkagi urg’ochisidan og’irligi bilan farq qiladi, 1,7-2,0 kg. Bolalari tez o’sadi 70-77 kunda 1,2-1,3 kg bo’ladi. 1 kg o’sishga 3,0-3,5 kg omixta yem sarflanadi. Tuxum berishi 90-100 ta, og’irligi 42-40 gr.

Bedana tez yetiluvchan parranda. Ularni go’sht va tuxum olish uchun urchitiladi. Yapon bedanalari barcha mamlakatlarda ko’paytiriladi. Gavdasi uzun, dumi, qanoti qisqa, oyoqlari o’rtacha. Ular qafasda yaxshi saqlanadi. Kattalari 120-140 gr. Tuxum berishi 250-300 dona, og’irligi 10-12 gr. Ikki oylikda go’sht olish uchun so’yiladi.

Kabutarlar go’shtdor parranda. Asosan ularni go’sht olish uchun urchitiladi. King degan zoti bo’lib, kattalari 600-700 gr, erkagi esa 900 gr keladi. Har bir kabutardan bir yilda 15-16 bosh yosh kabutarlar olinadi, ular 6 oyda 600-700 gr vaznga yetadi va go’sht uchun so’yiladi.
PARRANDA JO’JALARINI PARVARISH QILISH

Tuxum yetishtirish jarayonida inkubasiyabop va iste’mol uchun tuxum yetishtirish bir-biridan farq qiladi. Xo’rozi bilan boqilgan makiyonlardan inkubasiyabop tuxum olinadi va ulardan jo’ja ochirish uchun foydalaniladi.

Bu tuxumlardan faqat inkubasiyaga yaroqsizlari, mayda, shakli va boshqa nuqsonlari borligi oziq-ovqatga ishlatiladi. Oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxumlar go’sht va tuxumga boqiladigan tovuqlardan olinadi. Oziq-ovqat uchun yetishtirish jarayoni quyidagi ish bosqichlarni o’z ichiga oladi.

1. Inkubasiyabop tuxum yetishtirish.

2. Tuxumlar inkubasiyasi (IPS).

3. Jo’ja o’stirish (1 kundan 119 kungacha).

4. Tuxumdor tovuqlarni asrash va ulardan iste’mol tuxumi olish.

5. Tuxumlarni saralash va taxlash.

Bundan tashqari jo’ja o’stirishda parrandalarning bir qismi go’shtga ajratiladi. Tuxum yetishtirish uchun foydalaniladigan muddat tugagandan so’ng (17 oy parrandachilik fabrikalarda) ular ham go’shtga topshiriladi. Shunday qilib, tuxum yo’nalishidagi xo’jaliklarda ko’pgina parranda go’shti yetishtiriladi. Iste’mol qilinadigan tuxum yetishtirishga doir bu texnologik jarayonlar xar xil xo’jaliklarda amalga oshirilishi mumkin.

Inkubasiya parrandachilik stansiyasi (IPS) jo’ja ochirish bilan shug’ullanadi, tovar mahsulot fermalari esa jo’ja o’stirish va tuxumdor tovuqlarni jadal boqish ishlarini amalga oshiradi. Sanoat negizida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan yirik korxonalarda yoki parranda fabrikalarida bu jarayonlarning hammasi bir yoki bir necha bo’lsa ham bitta korxonada yig’ilgan bo’ladi.

Inkubasiyabop tuxum yetishtirish sexi oziq-ovqat tuxumlarini sanoat asosida yetishtirish texnologik jarayonining boshlang’ich zvenosi hisoblanadi yoki u ona tovuqlar sexi ham deyiladi. Fabrikaning ona tovuqlar va xo’rozlar galasi bir-biriga mos liniya parrandalaridan tuziladi. Duragay (geterozis) kuchli rivojlanish va yashash qobiliyati yuqori bo’lgan parranda tuxumlari sanoat asosida parrandani ko’paytirish maqsadida foydalaniladigan jo’jalar ochish uchun ketadi. Ona tovuq va xo’rozlar galasi naslchilik zavodlaridan yoki reproduktor xo’jaliklardan jo’ja yoki tuxum keltirib to’ldiriladi.

Parrandaning yoshi oshgan sari tuxum qilishi kamayadi, shu sababli ular go’shtga topshirib turiladi. Shuning uchun yil davomida gelogen yosh makiyon tovuqlar bilan to’ldirib turiladi va inkubasiya uchun tuxum beruvchi tovuqlar sexi aloxida bo’ladi. Odatda xar bir fabrikada inkubasiya sexi bo’lib, jo’ja ochirib chiqarish uchun xizmat qiladi. Keltirilgan tuxumlar jo’ja o’stirish rejasiga muvofiq jadvalga asosan joylanadi. Inkubasiyalarda ochirilgan bir kunlik jo’jalar jinsiga qarab ajratiladi va makiyonlariga bir kunlikdan boshlab eng ko’p tuxum olishga yordam beruvchi sharoit yaratiladi.

Xo’rozlarni esa 60-70 kungacha go’shtga topshirish uchun boqiladi. Tuxum yo’nalishidagi galada xo’rozlarning go’shti sifat bermaydi, broylerga nisbatan ham ko’p ozuqa sarf bo’ladi. Shuning uchun fabrikalarda chet elda AQSh, Angliya va parrandachilik rivojlanish fabrikalarda xo’rozchalarni bir kunlikda aniqlanib, uni so’yib o’zlariga oziqa sifatida foydalaniladi. O’stirish sexida bir kunlik jo’jalar qabul qilib olinadi, parvarishlanadi. Jo’jalar katakda va polda (yerda) o’stiriladi. Katak usuli qo’llanilganda, bir kunligidan boshlab to katta bo’lguncha kataklarda boqiladi. Jo’jalarni polda (yerda) o’stirish usuli sanoat asosida tashkil etilgan yirik xo’jaliklarda kamroq qo’llaniladi, ko’proq naslchilik xo’jaliklarda qo’llash mumkin.

Sanoat asosida qurilgan parranda fabrikalarida va xo’jaliklarida har qaysi binoda bir xil parrandalar alohida boqiladi, parrandalar barchasi boshqa yosh guruhlarga o’tkazilgandan keyin bu bino yaxshilanib dezinfeksiya qilinadi. Iste’mol qilinadigan tuxum yetishtirish sexiga 5 oylikkacha bo’lgan jo’jalar keltiriladi. Shunday makiyon va xo’rozlardan iborat ota-ona formalar inkubasiyabop tuxum yetishtirish sexiga jo’natiladi. Shunda ular ichidan kondisiyaga mos bo’lmagan yosh parrandalarni go’shtga topshiriladi.

Tuxumdor tovuqlar odatda kataklarda boqiladi, bir xonali kataklarda boqiladigan ishlab chiqarish maydonidan unumli foydalanish, 4-5 qavatlab asrashda bir xil maydonning o’zida polda o’stirishga nisbatan 3,3 - 5 barobar ko’p parranda boqish mumkin. Parrandalar kataklarda kam harakat qiladi, shuning uchun ularga polda o’stirilganga qaraganda kam ozuqa sarflanadi.

Kataklarda binoga ancha ko’p parranda joylanadi, bu esa vodoprovod suvini elektr simlari. Kanalizasiya va isitish sistemalarini ancha tejash imkonini beradi. Har qanday usulda ham aloxida binoda bir xil yoshli parrandalar saqlanadi. Ulardan tuxum olish davri tamom bo’lsa, go’shtga topshirib o’rniga yosh parrandalarni qabul qilib olinadi. Iste’mol uchun tuxum yetishtirish sexi yil davomida tovuqlar bilan to’ldirib turiladi. Sexda yig’ilgan tuxum kuniga tuxum omboriga topshiriladi, u yerda ularni vazniga qarab, maxsus mashinalar yordamida saralanadi, tanlab savdo tarmoqlariga jo’natiladi.

Sanoat asosida parranda go’shti yetishtirishning texnologik jarayoni. Bu jarayon ham bir qator ish bosqichlaridan iborat.


  1. Inkubasiyabop tuxum yetishtirish.

  2. Tuxum inkubasiyasi.

  3. Jo’ja boqish.

  4. Parrandalarni so’yish, ishlash va joylashtirish.

Parranda go’shtini yetishtirish texnologik jarayoni ham tuxum yetishtirish texnologiyasi kabi bir xo’jalikda jamlanishi yoki ayrim ish xillari turli xo’jaliklarda bajarilishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish jarayonlari poyoniga yetkaziladigan broyler fabrikalarida go’sht yetishtirish texnologik jarayoni inkubasiya tuxumlarini qabul qilishdan boshlanib, tayyor mahsulot chiqarish bilan tugallanadi. Go’sht yetishtirishdagi barcha ishlarda ba’zi bir xususiyatlar farq qiladi, bunda go’shtbop zot va liniyalarning ba’zi bir belgilari hisobga olinadi. Ko’plab boqiladigan go’shtbop jo’jalar bir xil yoshli katta gala holida asraladi. Masalan, broyler jo’jalar maxsus parrandaxona-broylerxonalarda qalin to’shama ustida yerda yoki kataklarda boqiladi. Broyler jo’jalarni 50-56 kun boqib go’shtga topshiriladi. O’rdaklarni boqib semirtirib hovuzlarga qo’ymasdan 50-55 kunligida go’shtga topshiriladi. Kurka jo’jalari yil bo’yi boqib 4 oylikda go’shtga topshiriladi.

G’ozlarni jo’jasi 5-6 oylikda go’shtga topshiriladi. Agar g’ozlar intensiv (jadal) boqilsa, 2-3 oyda boqib go’shtga topshiriladi.


XULOSA

Parrandachilik chorvachilikning asosiy sohalaridan hisoblanadi. Qishloq xo’jalik parrandalari yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari – tuxum, go’sht, yog’ va yengil sanoat uchun xom ashyosi par va pat yetishtirishda foydalaniladi.

Parranda mahsulotlari yuqori to’yimligi va ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, parhyez tuxum va jo’ja go’shti alohida e’tiborga loyiq. Broller go’shtida 20% ko’proq oqsillar bo’lib, faqatgina 1% atrofida yog’ bo’ladi, bu esa uning parhyezliligidan dalolat beradi vaholangki, eng yog’siz qoramol go’shti tarkibida kamida 10% yog’ bo’ladi.

Parrandachilik sohasi qishloq xo’jaligining eng samarador tarmog’i hisoblanadi. Hozir mamlakatimizda parrandachilik asosan ikki yo’nalishda rivojlanmoqda. Birinchisi, sanoat parrandachiligi; ikkinchisi, ixtisoslashmagan xo’jaliklardagi turli kattalikdagi parrandachilik fermalari. Hozirga kelib parrandachilik ko’proq fermer xo’jaliklarda jadal rivojlanib bormoqda, chunki uni tashkil qilish boshqa chorvachilik sohalariga nisbatan ancha oson.

Parrandalar mahsulot birligiga kam ozuqa sarflashi bilan ajralib turadi. 10 dona tuxum olishga 2-3 kg yem, 1 kg semirish uchun 2-3 kg yem sarflanadi.

Parrandalarni tez ko’paytirish imkoniyati bor, chunki yilning xohlagan paytida tuxumlarni inkubasiyaga qo’yib jo’ja ochirish mumkin. Embrion ona tanasidan tashqarida rivojlanadi. Parranda tuxumi po’choq bilan o’ralgan bo’lib, u tabiiy himoya bo’ladi, shuning uchun ularni uzoq saqlash yoki tashish imkoniyati mavjud.

Shu bois bu soha rivojiga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun:


  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan sanalmish parrandachilikni rivojlantirish davlat rejasi asosida emas, mahsulotlarni ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qilish;

  2. Bozorda parranda go’shti va tuxum mahsulotlarini talab va taklif nisbatida olib borish;

  3. Parrandalarga yaxshi sharoit yaratish va mehnatni oqilona tashkil qilish va boshqa qator tadbirlar soha rivojlanishining zarur omillardan sanaladi.

Pardayev Zafar Shukurovich


QISHLOQ XO‘JALIGI ASOSLARI (parrandachilik)

(umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.

Samarqand shahar, Boysunqur ko‘chasi 3-uy



.

.

.




Download 87,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish