Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.
qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini
o’z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (2.8- tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to’rtta turga bo’lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro’yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.
Voqealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish.
Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo’lishi
bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig’inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga
olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.
Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir
bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish tushuniladi.
Masalan, har o’n yilda aholi ro’yxatini o’tkazish, talabalar o’zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash.
Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida
zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha’lo
muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararlarni baholash
ishlari misol bo’la oladi. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab
statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi.
YOppasiga kuzatishda to’plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi.Statistik hisobot shu tarzda
tashkil etiladi. Uni barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro’yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro’yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi.
Uzluksiz kuzatish-bu
voqea ro’y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir.
Fursatli davriy
kuzatish - bu voqea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum muddat o’tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish
Bir yo’la kuzatish -bu hodisani har zamonda, extiyoj tug’ilishiga qarab kuzatish.
YOppasiga
kuzatish - bu to’plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to’plash.
Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo’yilgan tartibda va vaqtda to’plashning
muhim yo’li (shakli)dir.
“O’zbekiston
Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qat’iy nazar, o’z faoliyati
haqida aniq va to’la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli da vlat
statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir.
Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar
tomonidan maxsus respondentlarni yollab
o’rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to’plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy xo’jaliklari byudjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo’jaligi (fermer xo’jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo’lishi mumkin.
Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan
statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan
farqli o’laroq, biznes tekshirishlar
tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og’zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo’lib, o’zaro bog’langan bir-birini to’ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum
masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoriti sh
imkonini beradi.
Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o’rganishda qo’llanadi. Bundan tashqari, ro’yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo’li sifatida qo’llanish sohalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |