2. Mustaqil ishlash uchun savollar. 7.
Moliya statistikasining ko’rsatkichlar tizimi. 8.
Davlat moliya statistikasining asosiy ko’rsatkichlari. 9.
Bank faoliyati statistikasi. 10.
Pul muomalasi statistikasi. 11.
Qimmatli qog’ozlar statistikasining asosiy ko’rsatkichlari. 12.
Sug’urta statistikasi.
Tijorat va byudjet tashkilotlari moliyaviy statistikasining asosiy ko’rsatkichlari.
Baho va tariflar statistikasining ko’rsatkichlar tizimi.
Baho va tariflar dinamikasini statistik o’rganish.
Iste’mol baholar holatini statistik kuzatish.
Ishlab chiqarish sohasida baho va tariflar holatini statistik kuzatish.
mavzu. Aholi turmush darajasi statistikasi
Reja:
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi.
Uy ho’jaliklari byudjetini statistik kuzatish.
Aholining sotib olish qobiliyati, minimal yashash darajasi va kambag’allik chegarasi.
Aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlari.
Ijtimoiy infratuzilma statistikasining ko’rsatkichlari.
Turmush darajasi murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, u biror-bir alohida ko’rsatkich bilan ifodalanmaydi. SHu sababli BMTning Statistika komissiyasi quyidagi ko’rsatkichlarni tavsiya etadi:
aholining demografik tavsifi (tug’ilish, vafot etish, kasal bo’lish, kelajakda ko’radigan umrining o’rtacha uzunligi);
sanitariya-gigiyena sharoitlari;
v) oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi;
g) uy-joy hamda uzoq muddat davomida foydalaniluvchi jihozlar (avtomobil, muzlatgich, televizor va hokazo) bilan ta’minlanganlik;
ta’lim va madaniyat;
bandlik va mehnat sharoitlari;
j) aholining daromad va xarajatlari;
z) yashash qiymati va iste’mol narxlari;
i) transport vositalari;
dam olish, fizkultura va sportni tashkil qilish;
ijtimoiy ta’minot;
insonning erkinligi.
Turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri sifatida aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarilishi (A+SH dollari yoki yevroda) qo’llaniladi. Biroq faqat bu bora dagi
ko’rsatkichlarning o’zi turmush tarzi haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. SHu sabab li
undan xalqaro taqqoslashlarda juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Turli mamlakatlarning statistika amaliyotida aholining turmush tarzini o’rganish uchun ko’pincha quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
nominal va real ish haqi;
aholining nominal va real daromadlari;
aholi xarajatlari va jamg’armalari;
aholining uy-joy va uzoq muddat foydalaniladigan jihozlar bilan ta’minlanganligi;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlarini iste’mol qilish darajasi;
bandlik va ishsizlik darajasi;
mehnat sharoitlari ko’rsatkichlari;
ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm va dam olish ko’rsatkichlari.
Xalqaro statistikada o’rtacha ish haqi bir ishchiga emas, balki bir odam-soatga nisbatan hisoblanadi. Bu jahonning ko’p mamlakatlarida ishchilarning katta qismi to’liqsiz ish vaqti bilan band ekanligi bilan izohlanadi.
Aholining daromadlari ish haqidan tashqari boshqa manbalardan olingan barcha pul va natural ko’rinishdagi daromadlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar mansub :
Ish haqi shaklida bo’lmagan mashg’ulotlardan olinadigan daromadlar (choychaqa, qalam
haqi, shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olingan daromad, yakka tarzda mehnat faoliyatini yuriti sh
tufayli olingan daromad).
Korxonalardan beriladigan ish haqi shaklida bo’lmagan daromad (moddiy yordam, korxonadan ketganda to’lanuvchi pul va hokazo).
Nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya va tovon to’lovlari.
Xususiy mulkdan olingan daromad (foiz, renta, dividend, ijaraga berishdan tushgan daromad va hokazo).
YUtuqlar, meros, sovg’a, sug’urta to’lovlari.
Nolegal va yashirin faoliyat tufayli olingan daromad; chet eldan olinuvchi daromad (oylik ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlarni o’tkazish; insonparvarlik yordami va hokazo ).
Ish haqi ham, aholining daromadlari ham ikki xil variantda aniqlanishi mumkin:
Nominal sifatida.
Real tarzda.
Nominal ish haqi va nominal daromadlar bu ko’rsatkichlarning joriy narxlarda aks ettirilishidir. Real ish haqi va real daromadlar o’z ish haqi va daromadlariga sotib olish mumkin bo’lgan moddiy ne’mat va xizmatlar summasini tavsiflaydi. Real va nominal daromad (ish haqi) o’tasida quyidagicha aloqalar mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |