Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


O’zbekiston sharoitida dispanserlash usulini dosent Bakirov B.B. muallifligida uyg’un



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

O’zbekiston sharoitida dispanserlash usulini dosent Bakirov B.B. muallifligida uyg’un 
(xo’jalik) dispanserlash usullarini takomillashtirmoqda.
Dispanserlash 2 xil bo’ladi.
1. Asosiy dispanserlash.
Bu yiliga bir marta yoki ikki marta o’tkaziladi. Bir marta o’tkazilsa, yanvar, fevral oylarida, 
ikki marta o’tkazilsa, bizning sharoitimizda oktyabr, noyabr hamda aprel, may oylarida o’tkaziladi.
2. Oraliq dispanserlash.
Bu har kvartalda o’tkaziladi, ya’ni yiliga 4 marta. 
Asosiy dispanserlashda quyidagilar aniqlanadi.
1. Hayvonlar podasining sindromatikasi tahlil qilinadi 
2. Hamma hayvonlar umumiy ko’rikdan o’tkaziladi.
3. Ayrim hayvonlar to’liq klinik tekshirishdan o’tkaziladi. 
4. Hayvonni oziqlantirish va saqlash sharoiti o’rganiladi.
5. Qon, sut, siydik laboratoriyada tekshiriladi.
Oraliq dispanserlashda- dastlabki 1 va 2 savollari o’tkazilmay qolganlari o’tkaziladi.
dispanserlash o’tkazilganda xo’jalik hayvonlaridan 3 ta etalon guruh tuziladi. Har bir guruh 7-
10 bosh hayvondan iborat.
1. Birinchi etalon guruh sut berishiga 2-3 oy bo’lgan sigirlar. 
2. Ikkinchi etalon guruh sut berishiga 6-7 oy bo’lgan sigirlar.
3. Uchinchi etalon guruh 8-9 oylik bo’g’oz sigir va g’unojinlar.
Mana shu etalon guruhdagi hayvonlar to’liq klinik tekshirishdan o’tkaziladi, qoni, suti, siydigi 
tekshiriladi. Shu hayvonlarni tekshirish natijasiga qarab, vrach hayvonlarga umumiy baho beradi.
Dispanserlashni tuman veterinariya bo’limining bosh vrachi, xokimning birinchi o’rinbosari 
buyrug’i asosida tashkil qiladi.
Bosh vrach dispanserlash o’tkazish proyekt rejasini tuzib, kimlar ishtrok etishini qayt etadi. 
Veterinariya qonunchiligiga asosan dispanseri-zasiya ishida o’sha xo’jalikning boshlig’i, 
xo’jalikning bosh mutaxassislari agronom, zootexnik, quruvchi injener, elektrik hamda ferma 
mudiri, mol boqarlar, veterinariya hodimlari qatnashishi shart.
Dispanserlash ishiga agrosanoat boshqarmasi boshlig’i, chorvachilik bo’yicha o’rinbosari 
yoki tuman veterinariya bo’limi bosh vrachi rahbarlik qilishi kerak.
Dispanserlashda quyidagilar aniqlanadi.
1. Poda sindromatikasini tahlil qilish. Bunga quyidagilar kiradi. 
a) Hayvonlarning soni va zoti.
b) Hayvonlarning mahsuldorligi.
v) Har 100 ona moldan olinadigan bola soni.


141
g) Yosh mollarda uchraydigan kasalliklar va ularda uchraydigan dispepsiya kasalligi.
d) Katta mollarda majburiy so’yish hollari.
ye) Olinadigan mahsulotlar uchun sarflanayotgan harajatlar.
j) Olinadigan buzoqlar yoki qo’zilarning tirik vazni, tug’ilgan buzoq me’yorda 35-40 kg 
bo’lishi kerak.
2. Hayvonlarni oziqlantirish va saqlash sharoitlarini tahlil qilish.
Bunda quyidagilar aniqlanadi.
a) Rasiondagi yem xashaklar turi, hayvon turiga mosmi, yoki yo’q? 
b) Rasiondagi oziqalar tarkibi muvofiqlashtirilganmi yoki yo’qmi, xazm bo’luvchi oqsil 
(protein), amino kislotalar, uglevodlar, moylar, makro-mikro elementlar, vitaminlar, oqsilning 
uglevodga, qonda Sa:R nisbatlari. v) Oziqalar sifatiga, rasionda kamida 6-7 xil xashak bo’lishi 
lozim.
Rasion tahliliga qarab, oziqlantirish darajasi 3 xil bo’lishi mumkin: 1. Me’yorli oziqlantirish.
2. Yuqori darajali oziqlantirish.
3. Past darajali oziqlantirish.
Oziqlantirish tipiga qarab 3 turga bo’linadi.
1. Konsentrat tip. 1 litr sut hisobiga 400 g va undan yuqori konsentrat bilan oziqlantirilsa.
2. Yarim konsentratli tip. 1 litr sut hisobiga 200-300 g konsentrat berilsa.
3. Kam konsentratli tip. Bir litr sut hisobiga 100 g dan kam konsentrat berilsa.
Bundan tashqari hayvonlarda rasion tarkibida 1-6 dan ko’p zaharli o’t saqlaydigan 
pichanlarni, mag’orlagan, chirigan, pichan, silos, senajni berish mumkin emas. 8-9 oyli bo’g’oz 
sigirlarda silos, senaj hamda ko’p miqdorda qand lavlagi berish mumkin emas.
Hayvonlarni saqlash sharoitini o’rganganda molxonadagi eshik va oynalar holati, hovlining 
holati, tezaklarni chiqarish, kanalizasiya, yorug’lik bilan ta’minlanishi, namlik ventilyasion trubalar 
soni, yelvizak, ammiak gazlar SO
2
gazlari miqdori, faol mosion (yayratish) uchun maxsus joylar 
bor-yo’qligi aniqlanadi.
3. Hayvonlarni klinik tekshirish. Bu 2 bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda fermadagi hamma hayvonlar umumiy ko’rish qilinib hayvonlarning 
umumiy holati, semizligi, hayvonlarni teri qoplamasi, teri, ko’rinadigan shilliq pardalar holati 
aniqlanadi.
Agarda hayvonlarning umumiy holati yaxshi, semizligi o’rtacha, junlari yaltiroq, tekis, bir 
tomonga qaragan bo’lsa bu hayvonlarning holati yaxshiligidan dalolat beradi.
Agarda hayvonlar oriq, junlari xurpaygan bo’lsa, hayvonlarning umumiy holati yomonligidan 
dalolat beradi.
Ikkinchi bosqichda etalon guruhlardagi hayvonlar to’liq klinik tekshirishdan o’tkazilib, oxirgi 
dum umurtqalari rentgenografiya o’tkaziladi. 
Etalon guruhidagi hayvonlarning qoni, suti va siydikni laboratoriyada tekshirish 
(ko’rsatkichlar modda almashinishini buzilishini aniqlashdagi tekshirishdek). 
Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish: bunda poda sindromatikasi, rasion strukturasi va 
to’yimliligini, saqlash sharoitini, klinik va biokimyoviy tekshirishlari tahlillari qaytadan sinchiklab 
o’rganiladi. Me’yorga taqqoslab ko’riladi va hamma hayvonlar 3 guruhga bo’linadi.
Yuqoridagi ishlarning hammasi dispanserlashning diagnostik bosqichiga kiradi.Ikkinchi 
bosqich.
Davolash bosqichi hamma hayvonlar tekshirish natijasiga qarab 3 guruhga bo’linadi. 1. Guruh 
sog’ hayvonlar. 2. Guruh subklinik kasal hayvonlar. Bunda hayvonlarning qoni, suti va siydigida 
o’zgarishlar bo’lib, kasallikning klinik belgilari bo’lmaydi. 3. Guruh klinik kasal hayvonlar.
Davolash bosqichida subklinik kasal hayvonlar guruh bilan davolanadi.
3 bosqich. Profilaktik bosqich. Bunda agronomlar bilan ekiladigan yerlar strukturasi 
o’rganiladi va qanaqa makro- va mikroelementlar solinishi, bu o’g’itlarning miqdori o’rganiladi.
Molxonalar holatiga e’tibor beriladi.
Yorug’lik bilan ta’minlash molxonalarda yoz oylarida salqin, qish oylarida issiq bo’lishini 
ta’minlash kerak.


142
3. O’sish davrida vitaminlarga boy bo’lgan xashaklar bilan, toza silos va senaj bilan, ko’k o’t 
bilan ta’minlashni amalga oshirish kerak.
4. Hozirgi davrda uyg’un dispanserlash rejasi ishlab chiqarilgan. Bunda yuqorida aytilgan 
ishlardan tashqari podadagi hayvonlarni akusher-ginekolog vrachi tomonidan ginekologik holati, 
qisir qolish sabablari o’rganiladi. Epizootolog vrach xo’jalikning epizootik holatini o’rganadi. 
Emlash ishlari o’tkazish rejalari, diagnostik tekshirish rejalarining bajarilishi, qanaqa yuqumli 
kasalliklar bor-yo’qligi o’rganiladi. Shuningdek ektoparazitlar, kanalar bor-yo’qligi, ko’z, teri, 
bo’g’in kasalliklari travmatizm - shikastlanishlar bor-yo’qligi aniqlanadi.
Dispanserlash o’tkazilgandan keyin, dispanserlash o’tkazilganligi to’g’risida dalolatnoma 
tuziladi. Dalolatnomada hamma tekshirish natijalari ko’rsatiladi. Qilinadigan ishlar rejasi tuziladi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish