Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Shilliq pardalarni tekshirish



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

Shilliq pardalarni tekshirish.
Shilliq pardalarni tekshirish hayvonning umumiy holatini aniqlashda juda katta ahamiyatga 
ega. Shilliq pardalardagi o’zgarishlarga qarab, o’pkada gaz almashinishining buzilishini qon 
tarkibining son va sifat o’zgarishini, jigarda pigment almashinishining buzilishini, qon 
quyulishlarini aniqlash mumkin. 
Shilliq pardalarni tekshirganda odatda ko’rish va paypaslash usullaridan foydalaniladi. Ko’z, 
burun, og’iz va qin shilliq pardalarining ichki tomonini tekshirish uchun maxsus asboblardan 
reflektor, rinoskop, laringoskop, qin oynachasidan foydalaniladi. 
Qoramollarda me’yorda ko’z shilliq pardasi och qizg’ish rangdan och pushti ranggacha, og’iz, 
burun shilliq pardalari sariqqa moyil och pushti, qin shilliq pardasi sal sariqlikka moyil och pushti 
rangda bo’ladi. Qo’y, echki va cho’chqalarda shilliq pardalarning rangi qoramol shilliq 
pardalarining rangidan uncha farq qilmaydi lekin biroz ochroq bo’ladi. Otlarda ko’z shilliq pardasi 
och pushti rangdan qizil pushtigacha bo’ladi. Burun shilliq pardasi ko’kimtir pushti, og’iz shilliq 
pardasi sariqqa moyilli och pushti, qin shilliq pardasi sariqqa moyilli och pushtidan qizilroq 
ranggacha bo’ladi. Tuyalarda ko’z shilliq pardasi pushti, qizil, burun shilliq pardasi pushti qizildan 
qizil ranggacha bo’ladi. Itlarda, mushuklarda va parrandalarda shilliq pardalari oq pushti yoki pushti 
rangda bo’ladi. 
Shilliq pardalarni tekshirganda shiddatli va qo’pol harakatlar bo’lmasligi kerak. Chunki bunda 
shilliq pardalarga jarohat yetkazish mumkin. Odatda avval ko’z konyunktivasi, keyin burun, og’iz 
va qin shilliq pardalari tekshiriladi. 
Ko’z konyunktivasini tekshirish uchun hayvonning boshi sal bir tomonga egilib ushlab 
turiladi. Bir qo’l barmoqlari bilan yuqori qovoqning kipriklari, ikkinchi qo’l barmoqlari bilan pastki 
qovoq kipriklari qaytarib olinib ko’z kosasiga bosiladi. Bundan tashqari bir qo’l barmoqlari bilan 
hamtekshirish mumkin. Bunda bosh barmoq bilan yuqori qovoq kipriklari, boshqa barmoqlar bilan 
pastki qovoq kipriklari qaytarilib, ko’z kosasiga bosiladi. 
Shunda ko’z shilliq pardasi ochiladi va tekshiriladi. Burun shilliq pardasini tekshirish uchun 
hayvonning pastki jag’idan ushlanib, sal yuqoriga ko’tarilib, burun bo’shligi yorug’likka qaratiladi 
va tekshiriladi. Bir tuyoqli hayvonlarning burun qanotlarini ikkala qo’l barmoqlari bilan ushlab, 
tortib burun bo’shlig’i ochiladi va tekshiriladi. Og’iz shilliq pardasini tekshirish uchun qoramol va 
mayda shoxli hayvonlar shoxidan yoki burnidan fiksasiya qilinib, og’izning tishsiz joyidan qo’lni 
tiqib, tilni kaftga olib, tashqariga yoki yonga tortiladi va og’iz ochilib tekshiriladi. Ot va 
eshaklarning og’iz bo’shlig’ini ochish uchun jag’ning ikki tomonidan, tishsiz joyidan barmoqlar 
kiritilib, jag’lar yuqoriga va pastga ko’tarilib, og’iz bo’shlig’i ochiladi. Cho’chqa, it va 
mushuklarning ogzi 2 ta tasma yordamida ochiladi. Parrandalarda og’izni ochish uchun bir qo’l 
bilan bitta tumshugi yuqoriga ko’tariladi, ikkinchi qo’l bilan boshqa tumshugi pastga bosiladi. 
Buning uchun maxsus asboblar ham ishlatiladi. 
Qinning shilliq pardasini tekshirish uchun hayvonning dumi fiksasiya qilingandan keyin, 
vrach ikki qo’li bilan ikki uyat lablaridan ushlab tortib, qinning shilliq pardasini ochib, tekshiradi. 
Shilliq pardalarni tekshirganda ularning rangiga, namligiga, butunligiga, shishganligiga va boshqa 
patologik o’zgarishlar borligiga e’tibor beriladi. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish