Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundarija: kirish I bob. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning nazariy asoslari


I BOB. ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISHNING



Download 84,18 Kb.
bet2/8
Sana15.03.2023
Hajmi84,18 Kb.
#919216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundari

I BOB. ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI


1.1. Erkin iqtisodiy iqtisodiy zonlarni tashkil etishning nazariy asoslari


Bugungi kunda zamon taraqqiyot etayotgan bir vaqtda davlatlar ertangi
kelajagi va bugunini o’ylab turli xil ishlar olib boradi.Bunga sabab davlatlarning
rivojlanishi, o’sib kelayotgan yosh avlodni ertangi kelajagi uchun ularni ish bilan
ta’minlash maqsadida mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilib o’zi bosh
islohatchi bo’lib turli xil sohalarga moslashgan faoliyat olib borishga harakat
qiladi. Shulardan misol tariqasida erkin iqtisodiy zonalardir. Erkin iqtisodiy zona –
davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xo’jalik va tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, bojxona va
erkin valyuta konvertatsiya, huquqiy sharoitlar joriy qilanadigan joydir. Xorijiy va
mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab
chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar ko’p
hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari
tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda (Masalan Malayziya yoki
Janubiy Koriya) yoki transport yollari tutashgan hududlarda (Buyuk ipak yo’li
o’tgan davlatlar yoki Yevropa ittifoqi hududlari).
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida xalqaro huquqiy status joriy qilinadi. Lekin u qayerda joylashishidan qat’iy nazar, shu mamlakatning ajralmas bo’lagi
hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish firma va kompaniyalarni tashkil etish,
chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish). Xorijiy va mahalliy
tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab
chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarni
tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib,
rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini
tezkorlik bilan rivojlantirishdir.
Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin
bojxona zonalari, ilmiy texnika zonalari.Misol uchun ular AQShda texnoparklar,
Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar (asosan,
eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki, erkin iqtisodiy zonalardan biri
Irlandiyada "Shennon" aeroportida (1959) tashkil etilgan. Keyinroq shunday zona
Angliyadagi "DogAylend" aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi erkin iqtisodiy zonalar
ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Masalan, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi
maxsus iqtisodiy hudud "Shenjen" va boshqalar shunday zonalardir. Jahon
amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya,
Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya,
Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi.
Erkin iqtisodiy zonalarga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng
qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalar Birlashgan Arab amirliklari,
Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan
Blyagovanichensk — Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi "Yantar" Erkin iqtisodiy zonalari ham shunday makonlardir. Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalar gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996 yilning 25 aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida" qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, Bu esa aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriy huquqiy asos yaratildi.
Erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishda ikkita konsteptual yondoshish
qo’llaniladi: hududiy va funkstional (nuqtali). Birinchi holatda hududdagi barcha
rezident korxonalar xo’jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar.
1.2-rasm. Iqtisodchi olimlarning EIZ xaqidagi tariflari.
7 Iqtisodiy adabiyotlar aosida muallif tomonidan tayyorlandi.

A.Kuznesov

An’anaviy ma’noda EIZ deganda, davlatning suverin hududi tushunilib, u yerdagi xorijiy tovarlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin. EIZ ni tashkil qilishning iqtisodiy ma’nosini, hech kimga tegishli bo’lmagan bojxona hududlarini tashkil etish, deb ko’rsatadi. Ushbu hududda xalqaro savdoning predmeti bo’lgan tovarlar, mamlakat hududiga haqiqatdan ham olib kirilishidan oldin omborxonalarda saqlanishi yoki
keyinchalik qayta ishlanishi mumkin EIZ bu - ma’lum bir davlat hududining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi
tovar sifatiga qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi.
Erkin iqisodiy zona-mamlakat hududing imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etlgan maxsus ajratilgan qismidir. “EIZ milliy- iqtisodiy tizimning shunday qismiki, u yerda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan maxsus imtiyoz va rag’batlantirishlardan foydalaniladi,
ularning mohiyati esa, imtiyozli bojxona va soliq tizimlarida
ko’zga tashlanadi” “EIZ iqtisodiyotning davlat toonidan sun’iy tarzda tashkil
etilgan va milliy iqtisodiyot tarkibida bo’lgan, ayni paytda
iqtisodiy jihatdan tubdan farq qiladigan alohida tashkilotdir”

V.A.Uvarov

S.A.Ribakov,
H.A.Orlova

A.V.Vahobov

N.B.Igoshin

T.P.Danko,
Z.M.Okrutlar

Erkin iqtisodiy zonalar



Hаr bir hudud, tаrаqqiyotning hаr bir dаrаjаsidа bo`lgаn dаvlаtlаr erkin
iqtisodiy zonalar bоbidа o`zigа хоs jihаtlаrgа egа. Mаsаlаn, rivоjlаnаyotgаn
mаmlаkаtlаrdа erkin iqtisodiy zonalar o`zigа хоs bеlgilаri quyidаgilаr:
- hudud chеgаrаlаri kеngаyish tеndеntsiyasigа egа, sаvdо-ishlаb chiqаrish
fаоliyati esа o`sib bоrish tеndеntsiyasigа egа;
- xоrijiy tаdbirkоrlаr uchun erkin iqtisodiy hududlardа аlоhidа bоshqаrish
tаrtibi, iqtisоdiyotni dоimiy rаvishdа libеrаllаshuvi хоs;
- erkin iqtisodiy zonalar fаоliyatidа kаttа miqdоrdа sаnоаt-sаvdо
divеrsifikаtsiyasi, kоmplеks rivоjlаnish tеndеntsiyasi хоs;
- yangi vа yuqоri tехnоlоgiyalаr ishlаb chiqish bilаn bоg`liq bo`lgаn ilm
ko`p tаlаb qiluvchi ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirishgа аlоhidа e`tibоrning
mаvjudligi.
- erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
uchun turli iqtisodiy imtiyozlar beriladi, masalan:
- fiskal imtiyozlar. Bu asosan soliqlardan ozod qilish, soliqqa tortish
bazasini kamaytirish, alohida soliq stavkasini pasaytirish, alohida olingan
soliqlardan ozod etish shakli;
- moliyaviy imtiyozlar. Bu asosan har xil subsidiyalar, kammunal xizmatlar
ta’rifini (bahosini) pasaytirish yoki umuman to’lamaslik, davlat kreditlaridan
foydalanish bo’yicha foizlarni pasaytirish kabilar;
- ma’muriy imyozlar. Bu imtiyozlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni davlat
ro’yhatidan o’tkazishning soddalashtirilgan shaklini qo’llash, chet el fuqorolarini
mamlakatimizga kelib ketishi rejimini soddalashtirish, ularga har xil xizmatlar
ko’rsatish bo’yicha yordam berish.
EIHni faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar
EIHni rivojlanishining eng asosiy omillaridan bo’lib investorlar uchun
yaratilgan imtiyozlar tizimi hisoblanadi. Har bir mamlakat yoki undagi hudud EIH
tashkil etilishida imtiyozlar to’plamini belgilab beradi. Jahon amaliyotining
ko’rsatishicha, har bir EIHdagi imtiyozlar to’plami o’ziga xos bo’lib, ularning
mazmuni shu mamlakatda amalga oshirilishi mo’ljallangan investitsion dasturlar
va loyihalarga bog’liq. Shu bilan birga iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarda
belgilangan imtiyozlarni to’rtta guruhga birlashtiriladi (4-jadval).
Jahon tajribalarining ko’rsatishicha, yuqorida qayd etilgan barcha imtiyozlar
bir-biri bilan chambarchas holda turli kombinatsiyalarda uchratish mumkin, lekin
shuni qayd etib o’tish kerakki, imtiyozlar har doim ham xorijiy kapitalni jalb
etishning asosiy hal qiluvchi rag’batlantirish omili bo’la olmaydi.
8 Muallif tomonidan iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida tuzildi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, EIHlarni tashkil etish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xorijiy va mahalliy kapitalni jalb etish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo eksportini tayyor mahsulot eksportiga aylantirish, mamlakatga valyuta tushumlarining kirib kelishini ta’minlash, moliya sohasini rivojlantirish, inson salohiyatiga investitsiyalarni ko’paytirish, mamlakat hududarini har tomonlama rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish, aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish va hokazo.
Shubhasiz, dunyo amaliyotida yaxshi niyatlar bilan tashkil etilgan erkin
iqtisodiy hududlar faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uchraganlari ham yetarlicha
topiladi. Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda
turli ko’rinishdagi EIZlar butkul faoliyatini to’xtatdi. Buning asosiy sabablari sifatida siyosiy (mamlakatdagi umumiy nobarqarorlik, fuqarolar kelishmovchiliklari), iqtisodiy (investor nuqtai nazaridan juda murakkab
investitsion qonunchilik), tashkiliy (ma’muriy boshqaruv, qog’ozbozlik, yomon reklama) omillarni ko’rsatish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, EIHlar XX asrning ikkinchi yarmida
iqtisodiyotda eng ko’zga ko’ringan institutsional innovatsiyalardan biri sifatida
qayd etilgan. O’zining jozibadorligi bilan ajralib turuvchi bu hududlarni tashkil
etish tajribasini dunyo mamlakatlari misolida ko’rib chiqish va o’rganish mustaqil
respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uchun foydalidir.



Download 84,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish