8-modda. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) beriladigan yer uchastkalari maydonining o‘lchami
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Fermer xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi oraliq qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |