Qishlоq хo‘jaligida agrar-iqtisоdiy islоhоtlarning amalga оshirilishi


-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i



Download 86,15 Kb.
bet6/30
Sana31.12.2021
Hajmi86,15 Kb.
#264242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Ch N V dehqon xo'jaligi

4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i

O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli bo‘lgan, o‘ziga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan dehqon xo‘jaligining manfaatlarini yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda ifodalaydi va dehqon xo‘jaligi nomidan shartnomalar tuzadi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt yo‘q bo‘lgan (harbiy xizmatga chaqirilish, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanish va boshqalar) taqdirda, u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini ushbu xo‘jalikning a’zolaridan biriga berishga haqlidir.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanadi. Bunda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘iga o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini to‘liq yo‘qotganda, shuningdek harbiy xizmatga chaqirilgan, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirgan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining taklifi va dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanishi mumkin, unga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligi a’zolari yig‘ilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i haqida o‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, yer uchastkasini ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i nomiga rasmiylashtiriladi, shuningdek Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.




Download 86,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish