21-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga ko‘maklashadi hamda zarur shart-sharoitlar yaratadi;
dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etadi, ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda har tomonlama ko‘maklashadi;
dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishida ishtirok etadi;
dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularni suv resurslari bilan ta’minlash, ularga zarur urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish borasida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |