Temir-beton ishlab chiqarish zavodlari sharoitida keng tarqalgan oldindan zo'riqishni xosil qilishdan qurilish vaqtida zo'riqishni xosil qilishning farqi shundaki, taranglashtiriladigan armatura beton ishlari tugagandan va betonning mustaxkamligi taranglashtriladigan armaturadan beriladigan kuchga qarshilik ko'rsata oladigan ko'rsatgichga erishgandan so'ng amalga oshiriladi. Armaturani beton qotgandan so'ng taranglashtirish imkoni bo'lishi uchun u betonda erkin xolda bo'lishi kerak. Buning uchun taranglashtiriladigan armatura plastik trubaga (beton bilan tishlashmagan xolda) yoki metall trubaga (beton bilan tishlashgan xolda) joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |