Armaturaning taranglashtirish kuchini betonga taranglashtiriluvchi elementlarning uchlarida o'rnatilgan anker moslamalari orqali beriladi. Ma‘lumki oldindan zo'riqtirilish uchun armatura arqonlaridan foydalaniladi. Armatura arqonlari konstruksiyada pastki va ustki armarura to'rlari o'rtasida eguvchi momentlar epyurasiga (asosiy cho'zuvchi zo'riqishlar chizig'i) mos ravishda o'rnatiladi. Po'lat arqonni mahkamlash ponali mahkamlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Beton qotgandan va loyihaviy markasiga erishgandan so'ng armatura domkratlar yordamida taranglashtiriladi. Po'lat armatura arqonining turiga qarab uni taranglash vaqtida, po'lat arqonning butun prolet bo'yicha egri joylashishi, betonda siqilish zo'riqishini xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |