Qirqquloqlarning poyasidagi o`tkazuvchi sistemasi sifanostel shakida tuzilgan. Biroq eng qadimgi qirqquloqlarda va hozirgi qirqquloqlardan, masalan, Sxizeydoshlarda (Schizoaceae), Gimenofilidoshlarda (Hymenophyllaceae) o`tkazuvchi sistemasining primitiv shakidagi protostel holda bo`lishi ularning riniofitalar bilan filogenetik bog`liqligidan darak beradi Ularga xos belgilardan yana biri barglarining yirik bo`lishi va o`sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir; Bu jihatdan ular plauntoifalardan va qirqbo `g` imtoifalardan farq qi !adi. Barglari taliomining o`zgarishidan kelib chiqqanligi jihatidan ham bular riniyatoi falar bilan filogenetik bog`langan. Ayrim qirqquloqlarning bargi 30 m gacha uzunlikda bo`ladi. Qirqquloqlarning ko`pchiligida barg ikkita funksiyani, ya`ni ayrimlarida fotosintez va spora hosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofilini yo`qotib, faqat jinssiz ko`payish vazithsini o`taydi (masalan, salviniyalarda).
Do'stlaringiz bilan baham: |