Buyumlarni tasvirlashda ishlatiladigan shartliliklar va soddalashtirishlar
12.18-shakl
DS 2.305-68 ga asosan chizma chizishni osonlashtirish, chizma qog‘ozini tejash va chizmalarni taxt qilishda ixcham bo‘lishi uchun ba’zi bir shartliliklar va soddalash-tirishlar ruhsat etiladi.
Agar ko‘rinish, qirqim yoki kesim simmetrik bo‘lsa, u holda tasvirning yarmini yoki yarmidan ko‘proq qismini ingichka to‘lqin chiziq bilan chegaralab ko‘rsatish mumkin (12.18-shakl).
Agar buyumda bir nechta bir xil elementlar bo‘lsa, ulardan faqat bir yoki ikkitasini ko‘rsatish kifoya, qolganlarini shartli ravishda ko‘rsatish mumkin (12.19-shakl).
Prujinalar chizmalarida vint chizig‘i o‘rniga to‘g‘ri chiziqlar ko‘rsatish mumkin (1.20-shakl).
Vint, parchin mix, shponka, ichi bo‘sh bo‘lmagan vallar va shpindellar, shatunlar, rukoyatka (muruvvat)lar va boshqalarni ko‘ndalang qirqimlarda kesilmagan holatda tasvirlanadi. Podshipnik soqqachalari ham qirqilmaydi. Odatda, yig‘ish chizmalarida gayka va shaybalar va boltlarni ham kesilmagan holatda tasvirlanadi.
Chizmada buyumning tekis sirtlarini yaqqolroq ko‘rsatish uchun ularda ingichka tutash chiziq bilan diagonallar quriladi. Masalan, 12.21-shaklda berilgan chizmada buyumning kalit tushadigan tomonlari va «liska»laridan birining sirti (A-A kesimdagi element) diagonal chiziqlar yordamida ko‘rsatilgan.
12.19-shakl 12.20-shakl
O‘zgarmas yoki qonuniy ravishda o‘zgaruvchi kesim yuzasiga ega bo‘lgan uzun detallar (yoki elementlar) (vallar, zanjirlar, simlar, po‘lat prokatlar va shu kabilar)ni tasvirlaganda ularni uzib tasvirlash mumkin (12.22-shakl).
Chizmalarda buyumning to‘rli, o‘ramli, ornamentli, turli relefli, jilvirlangan yuzalarini shartli ravishda qisman ko‘rsatishga ruhsat beriladi. Masalan, 12.23-shaklda berilgan silindrik sirtning to‘r relefli yuzasi qisman ko‘rsatilgan.
Chizmani soddalashtirish va ko‘rinishlar sonini yetarli darajada kamaytirish maqsadida quyidagi boshqa usullar ham qo‘llaniladi:
a) buyumning kesuvchi tekislik va kuzatuvchi o‘rtasida turgan qismini qalin shtrixpunktir chiziq bilan ko‘rsatish mumkin. Xuddi shunday ustiga chizilgan proeksiya orqali detalning old qismidagi bo‘rtgan qismi va uning joylashishi 12.24-shakldagi A-A qirqimda tasvirlangan.
b) tishli g‘ildiraklar, shkivlarning gardishidagi teshiklar, undan tashqari, shponka uchun o‘yilgan pazlarning proeksiyalarida buyumning to‘liq tasviri o‘rniga faqat teshik konturi (12.25-shakl) va pazning konturini ko‘rsatish mumkin.
v) dumaloq flaneslarda joylashgan va kesuvchi tekislikda yotmagan teshiklarni qirqimda ko‘rsatish mumkin (12.26-shakl).
12.21-shakl 12.22-shakl 12.23-shakl
12.24-shakl 12.25-shakl 12.26-shakl
Yuqorida ko‘rib chiqilganlardan tashqari, soddalashtirishlar ajraluvchi birikmalar, elektrotexnik, radiotexnik va optik qurilmalar, hamda tishli uzatmalarning chizmalarida ham qo‘llaniladi. Ular bilan kitobning keyingi bo‘limlarida tanishasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |