Qirq qiz bulog‘i (Ko‘l ota)



Download 1,62 Mb.
bet2/3
Sana19.07.2021
Hajmi1,62 Mb.
#123245
1   2   3
Bog'liq
11-mavzu uchun

Sulton Saodat majmuasi

Sulton Saodat Tеrmiz sayyidlarining daxma makbarasi sifatida mashxurdir. Bu oilaviy majmua asrlar davomida tashkil topgan butun boshli mukammal bir inshootdir. Majmuaning eng qadimgi qismi uning janubi-g'arbidagi XI asrda qurilgan baland gumbazli ayvon pеshtoqi ostidagi go'rlar bilan to'la ikki maqbaradir.

Ulardan birinchisining ichki o'lchami 10X10 m, ikkinchisiniki 9X9 m bo'lib, ikkovini birlashtiruvchi gumbaz ostidagi kеng maydon masjid xizmatini bajargan. Unda shakli turli-tuman uyma g'ishtlar juda moxirona va turli uslubda tеrilgan. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan shu atrofdagi yеrlarning egasi, obruli oila boshligi, Muxammad payg'ambarning avlodidan xisoblangan Xasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. Bu zal xar xil shakldagi gishtlar bilan turli-tuman uslubda tеrilgan. 

Ikkinchi zal jixozi birmuncha oddiy, har ikkala makbara eshigi kungurador ayvonli bo'lib, hovliga qaratib qurilgan, bu uslub ansamblning kеyinchalik rivojlanishida rеja sifatida xizmat qiladi. Tugallangan Sulton Saodat majmuasi kеlishgan ayvonli, yirik gumbazli bosh maqbara (Xasan al-Amir maqbarasi) atrofida guruxlangan imoratlardan iboratdir. Sulton Saodat qariyb yеtti asr (X-XVII) davomida shakllandi, u yegirmaga yaqin maqbarani o’z ichiga oladi. XIV-XV asrlarda Sulton Saodat majmuasida ham yangi maqbaralar qurilgan.

Langarota ziyoratgohi.

Mamlakatimiz boʻylab Langar nomi bilan ataladigan joy nomlari koʻp. Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi va Chiroqchi tumanlaridagi, Surxondaryoning Sariosiyosi, Navoiyning Xatirchisi, Fargʻonaning Fargʻona, Toʻraqoʻrgʻon va Quvasidagi shu nom bilan ataluvchi manzilgohlar bunga misol.

Shu oʻrinda “Langar” atamasi haqida ikki ogʻiz soʻz.

Turli manbalarda turlicha yoziladigan “langar” atamasi koʻproq muvozanatni saqlash, harakatni bir maromda tutib turishni anglatadi. Baʼzi rivoyatlarda islom dinida soʻfi va darveshlar langar tashlash orqali joylashadigan yerlarini aniqlashgani, boshqasida Langar – muqaddas mozor sifatida ham qoʻllanilishi aytiladi. Kemalarning maʼlum vaqt toʻxtab turishiga yordam beradigan vazni ogʻir ilmoqsimon temir buyum ham langar deyiladi. Shuningdek, karvon yoʻllarining odamlar nisbatan koʻproq toʻxtab oʻtadigan, qisman yashaydigan balandlikdagi joylarga nisbatan ham aytiladi. Bunday yerlarda ulugʻ allomalar makon topib, diniy va dunyoviy ilmlarni tashviq qilish barobarida aholi oʻrtasidagi barqarorlik, tinchlik, hamjihatlikning muvozanatda turishiga xizmat qilgan.



langar qishlog’i

Qamashi tumani Qiziltepa qishlogʻidan 25-30 kilometr olislikda, Hisor togʻ tizmalari oraligʻida joylashgan Langar ota ziyoratgohi qadimiy xonaqoh-maqbaralar sirasiga kiradi. 1520-yillarda bunyod etilgan, oʻrta asrlar Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob namunasi boʻlgan ushbu majmuada tasavvuf taʼlimotining yirik vakillari abadiy qoʻnim topgan. Langar ota maqbarasi bunyod etilguniga qadar uning oʻrnida avval ham qandaydir daxma mavjud boʻlgan. Uning bunyod etilishi shayx Abul Hasan Ishqiyning oʻgʻli shayx Muhammad Sodiq nomi bilan bogʻlanadi. Maqbaraning ichida beshta qabr boʻlib, ulardan uchtasi oʻz oʻlchami va qoʻyilgan yodgorlik toshlari bilan alohida ajralib turadi. Toshlar sirtiga mohirlik bilan arab imlosida yozuvlar bitilgan. Maqbara ichidagi qabrlarning joylashishi ham oʻziga xos. Shayxlar xonadoniga mansub boʻlmasa-da, ijtimoiy mavqei bilan yuqori lavozimlardan birini egallagan Amirbek Sodiq ibn Bahodirning qabri shayx Muhammad Sodiq qabrining janub tomonida, yaʼni uning oyoq uchida joylashgan. Qadimshunos olim Abdisobir Rayimqulovning qayd etishicha, Langar ota maqbarasiga tasavvuf taʼlimotining ishqiya tariqati shayxlari Abul Hasan Ishqiy, uning oʻgʻli shayxzoda Muhammad Sodiq va nevarasi Abul Hasan Oxund dafn etilgan. Shuningdek, oʻrta asr muarrixi Ibn Xavqal mazkur qishloq hududi qadimda Kesh viloyatiga boʻysunuvchi Siyam tumaniga qarashli boʻlgani, tumanning nomi, ayniqsa, milodiy 776 yildan soʻng juda mashhur boʻlgani haqida yozadi. Abu Rayhon Beruniyning qayd qilishicha, Siyam tumani va unga yaqin joylarda soxta paygʻambar Mazdak gʻoyalari tarqalgan.

Dalillardan Langar qishlogʻi tarixi uzoq asrlarga borib taqalishi maʼlum boʻladi. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari paytida Somoniylar davriga oid gʻishtlar topilgani bu manzilgoh ushbu sulola hukmronligi davrida ham faoliyat koʻrsatganini isbotlaydi.

XIV-XVI asrlarga kelib bu hudud islom dini rivojiga katta hissa qoʻshgan ilm markazlaridan biriga aylanganini bu yerga olis yurtlardan kelgan ilmga tashna kishilar tasavvuf allomalaridan saboq olishganida koʻrish mumkin. Shuningdek, 1889 yili Buxoro amirligining sharqiy hududlarida harbiy harakatlar olib borgan polkovnik Belyavskiyning Langar qishlogʻidagi tarixiy obidalar haqida yozib qoldirgan xotiralari, rus harbiy muhandisi B. Kastalskiyning ilmiylikka yaqin baho bergani qimmatli. U Termiz shahridan qaytayotgan paytda Langar qishlogʻiga kirib oʻtadi va bu yerdagi obidalar bilan tanishib, ularni suratga ham oladi. Mazkur fotosuratlar 1888 yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan birinchi Turkiston fotokoʻrgazmasida namoyish etiladi va tomoshabinlar eʼtiborini qozonadi. Bundan tashqari, rassom B. Litvinov, arxeolog S. Kabanov, M. Masson Langar qishlogʻida joylashgan tarixiy obidalar, qadimiy yodgorliklar bilan tanishib, ulardagi yozuvlarni oʻqiydi va Langar shayxlarining hayotiga oid koʻplab maʼlumotlar toʻplaydi.

Shunisi quvonarliki, maqbara, ayrim oʻzgarishlarni hisobga olmasa, oʻzining qadimiy koʻrinishini saqlab qolgan.

Maqbaraning shimoliy tomonida chamasi 400-500 metr masofadagi alohida balandlikda yana bir tarixiy inshoot saqlanib qolgan. Masjid ekanligi aytiladigan ushbu obida hamda maqbaraning sathi va balandligi bir-biriga mos tushishi oʻsha davr meʼmorlarining yuksak mahoratidan darak beradi. Masjidda arabiy yozuvning koʻfiy usulida bitilgan qadimiy Qurʼon nusxasi saqlangan. Ushbu muqaddas kitob jayron terisiga bitilgan boʻlib, uning hozirda oʻn uch varagʻi saqlanib qolgan, xolos. Ushbu kitob ustida tadqiqot olib borgan Sankt-Peterburg shahridagi Sharqshunoslik instituti professori Rizvonning aniqlashicha, Langar masjididagi Qurʼonning boshqa varaqlari turli sabablarga koʻra xorijiy mamlakatlarga olib ketilgan. Professor Rizvon katta mashaqqatlar bilan Langar Qurʼonining yetishmaydigan varaqlarini turli mamlakatlardan topishga erishgan va ularning fotonusxalarini olgan, soʻng yaxlit holatga keltirib, Langar masjidiga sovgʻa qilgan.



Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish