Qirg‘og‘i toraygan qutlug‘ daryoga
Irg‘itsang vujudim cho‘g‘lari o‘chgay.
Cho‘zilsam hotirjam miskin dunyoga
Ko‘ngilga pishqirgan sokinlik ko‘chgay.
Tasavvur qopini neytron misol
Sochib yuborsam gar yetti iqlimga.
Ishq deya atalgan anavi dajjol
Kishan sololmaydi mening aqlimga.
Qovurg‘am nigohi nafratga to‘la
Yolg‘izlik hasrati faqat unga hos.
Yolg‘onga aylanib haqiqat o‘lat
beg‘amlik ko‘lida suzgandi holos.
Ro‘yobga shaylangan ozurda tushning
Qafasi nuraydi to‘rt tomonidan.
Cho‘qqida qonoti g‘ajilgan qushning
Ajalvor simirdim issiq qonidan.
Endi ko‘ngil to‘lmas qadah to‘lmasa
Ortimdan ergashgan soyani quvlab
Jadal yelib kel ey hansiragan vaqt.
Ko‘ngilning uzilgan torlarin ulab
Endi qovjiragan qorachiqdan balq!
Ko‘ngilning kesilgan torlarin ulab
Qonsiz qovjiragan qorachiqdan balq.
Do'stlaringiz bilan baham: |