Qisqartma
KG
Internet domen
.kg
Telefon prefiksi
+996
Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi
oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi
oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni
265 ming ga. 3600-4000 m balandliklar sovuq
choʻl va togʻ tundralaridan iborat.
Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har
xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar;
oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri,
oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo
yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar
iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy
milliy bogʻ bor.
Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq,
tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan.
Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek,
Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam
yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida
avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolda saklar qabila
ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-
asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-
asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-
asrda Q. shimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk
xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti —
Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da
oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan
aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey
yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik,
buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash
zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi
hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan.
Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu
davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl
qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa
Tarixi
viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama,
charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab
turishgan.
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar
mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan
12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu
vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-
asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi
hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo
va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi
shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr
boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy
Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga
aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan.
Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy
ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston
davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar
bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga,
Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib
ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida
qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay
boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib
koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7
marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar
davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston
mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shimoliy Q. hududida qirgʻiz
qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini
bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar.
17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki
kuchaygan. 18-asr oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar.
Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro
savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 yil va 1824 yillarda Issiqkoʻl qirgʻizlari
delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-
choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz
munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda
qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar
qurilgan. 19-asrning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval
Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida
boʻldi. 1917 yil noyabr — 1918 yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil aprelda q.
yangi
tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi
. 1921—22 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 yil
Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 yil 14 oktabrda RSFSR
tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor
viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 yil 1 fevral
dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 yil 5 dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga
aylantirildi. 1990 yil dekabrdan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avgustda respublika
Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 yil 5 maydan
Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
2005 yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni
oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 yil 31 dekabrdan MDH tarkibida. 1992 yildan
BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 yil tashkil
etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi,
1999 yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil taʼsis etilgan; q.
demokratik
harakati
,
1993 yil
. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan;
„Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy
tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; „Erkin
Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“)
sotsialistik partiyasi, 1992 yil taʼsis etilgan. Q. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil
tuzilgan.
Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %,
xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.
Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi
stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma
va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama,
jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish;
asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik
korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish
materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr
energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul,
Xoʻjaligi
Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik
issiqlik elektr stansiyasi mavjud.
Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %).
1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi
mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi,
yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming
qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy
tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari,
gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik,
tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.
Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming
km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari). Transport yoʻlilar uzunligi 417 km (2002).
Issiqkoʻlda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yoʻllari uz. 460 km. „Kirgizstai aba joddoru“,
„Itek Eyr“, „Altin Eyr“ milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha
mamlakatlariga uchadi. q.
hududidan Buxoro —Toshkent—Bishkek — Olmaota gaz quvuri
oʻtgan; Maylisoy—Jalolobod—Oʻsh gaz quvuri mavjud
.
Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki,
metall, jihozlar va boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol
mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogʻiston, Turkiya,
AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som.
Respublikada 30 ming oʻrinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30
mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari Tibbiyot institut
va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy,
57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sogʻlomlashtirish majmuasi va boshqa
dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetioʻgʻuz, Choʻlponota,
jalolobod, Jirgalan.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Q. hududida diniy
maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q.
Rossiyaga qoʻshib olingach
,
dastlabki rus
boshlangʻich maktablari
,
19-a
.ning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-
qizlar progimnaziyasi, 1912 yil erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Q.
hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 yil Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq
oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 yilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming, 113
gimnaziyada 72,2 ming, 50 litseyda 18,2 ming, 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49
Tibbiy xizmati
oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy
oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot
akademiyasi, politexnika, sanʼat, qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek shahrida).
Institutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va
boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning ilmiy tadqiqot institutlarida olib
boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda),
jumladan, 345 fan doktori va 1051 fan nomzodi ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil
mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi —
Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi,
Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jurnal nashr etildi.
Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 2001 yildan),
„Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1974 yildan), „Kizil
Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1924 yildan),
„Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jurnal),
„Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazeta, 1925
yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat
gazeta, 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan.
Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan),
„Almaz“ xususiy radiostansiyasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“
teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan,
telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“,
„Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi
negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini
zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida
ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq
Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti
asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz.da
bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi
birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil
sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928) dir. 30-yillarda
adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi.
T. Sidiqbekov
, Q. Jontoshevlarning nasriy,
M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy,
J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi
yillari
(1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev,
M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T.
Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi.
Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov,
K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S. Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N.
Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T.
Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa,
dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va
boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan
qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy
turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar
paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr
oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi
3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas
maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri
yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib
olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq
kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning
20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod,
Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi.
30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr,
meʼmor G. A. Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik
shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—
70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston Fanlar
akademiyasi binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor
M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh. Jekshenbo-yev, V. Nazarov, D.
Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar
qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rayoni barpo etildi). Mamlakatda
birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 yil, oʻn ikki qavatli uy 1982 yil, oʻn sakkiz qavatli uy
1985 yilquriddi.
Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir
qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar
tayyorlangan. Q.ning shimoliy hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning
bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-
Meʼmorligi
Tasviriy sanʼati
asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub sugʻdiylar
qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan
ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan
ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini
metalldan bezab tayyorlash rivojlangan: Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V. V. Obrazsov,
S. A. Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-yillardan qirgʻiz milliy
rassomligining asoschilaridan biri Gʻ. Aytiyev samarali ijod qildi. 1935 yil Bishkekda badiiy
studiya (1939 yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj
topdi (S. A. Chuykov, Gʻ. Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida
grafiklardan L. A. Ilina, A. I. Mixalyov, A. A. Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. Ikkinchi
jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush
qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret
va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ. Aytiyev, S. Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda
A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960 yillarda
haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar.
Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni
bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.
Musiqasi qirgʻizlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, koʻchmanchi chorvachilikka
asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois anʼanaviy musiqasida ansambl hamda
jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yoʻllari asosiy
oʻrin tutadi. Xalq qoʻshiq (ir)lari marosim („qoshoq“ yigʻi, „jaramazan“, „beshik iri“ va
boshqalar), mehnat („bekbekey“, „shirildan“, „op mayda“), lirik („Seketbay“, „kuy-gen“, „armon“),
oʻyin („selkinchek“), shuningdek, „baldar iri“ (bolalar qoʻshiqlari), „qizdar iri“ va boshqalardan
iborat. Qirgʻiz shomon-baxshi (baxshi, kuuchu, byubu, emchi va h. q.) lar tomonidan afsun-
jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda boʻlgani kabi oqin, manas-chi,
jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat („ulgu ir“, „sanat“),
bagʻishlov („arnoo“, „maqtoo“), qutlov („kutuktoo“) qoʻshiqlari, manaschilar „Manas“,
„Semetey“, „Seytek“ turkumlari, „Kurmanbek“, „Kojojash“, „Ke-deyxon“ kabi qahramonlik
dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholgʻulari orasida qad. diddirek, jekesan, shaldiroq, qoʻngʻiroq,
ooz qoʻmuz (chsshgkoʻbiz) kabi idiofonlar, puflama sibizgʻa, choor (nay), torli qiyoq, qoʻmuz
va boshqa mavjud. Ayniqsa, qoʻmuz va boshqa chol-gʻularda ijro etiladigan yirik shakldagi
kuylar („qambarkan“, „kerbez“, „botoy“ va boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida
manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralayev, oqinlar Toʻqtagʻul Sotilgʻonov, Qaliq
Akiyev, Olimqul Usenboyev, irchilar Atay Ogombayev, Musa Bayotov, qoʻmuzchilar Muzooke
Jamankarayev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu
Toʻxtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeyev, Said Bekmuro-tov va boshqa mashhur.
Anʼanaviy musiqa namunalarini toʻplash va oʻrganish ishlari, asosan, 1920—30 yillarda
boshlangan (A. Zatayevich, V. Vinogradov va boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy
kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K. Moldiboyev, M.Abdrayev, A.Tuleyev,
A.Omonboyev kabi professional qirgʻiz kompozitorlari yetishdi. Musiqali dramalar („Oltin qiz“,
A. Vlasov, V. Fere, 1937; „Oʻlim emas, hayot“, Vlasov, Moldiboyev, Fere, 1938)ning sahnaga
qoʻyilishi operalar yaratilishiga yoʻl ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. „Manas“ eposi
asosida birinchi qirgʻiz operasi („Oygoʻzal“, 1939, Vlasov, Moldiboyev, Fere) yaratiddi. Vlasov
va Fere „Anor“ (1940), „Argʻimchoq“ (1943) birinchi qirgʻiz baletlarini, qirgʻiz xalq kuylari
asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov bilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboyev, Ferelarning
„Manas“ (1946), „Toʻqtagʻul“ (1958) va boshqa operalari, A.Omonboyev, S. L. Germanovning
„Aydar va Oysha“ (1952), A.Abrayevning „Boʻron oldida“ (1974) va boshqa operalarda qirgʻiz
xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Isteʼdodli ijrochilar yetishdi. Xonandalardan Xalq
artistlari S.Kiyizboyeva, A.Moldiboyev, A.Mirzaboyev, B. Minjilkiyev, X.Muxtorov, K.Sartboyev,
T.Seytaliyev, Qirgʻiziston xalq artistlari K. Chodronov, M. Mustayeva, M. Mahmutova,
dirijyorlardan Xalq artistlari A. Jumahmatov, K. Moʻldabasanov va boshqa mashhur. Opera va
balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Q. radio va televideniyesining katta simfonik orkestri
(1970), Milliy konservatoriya (1993), Sanʼat instituti (1967), Bishkek va Oʻshda musiqa bilim
yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939 yilda Q. Kompozitorlar
uyushmasi tashkil topgan. Moʻldabasanovning „Momo yer“ baletoratoriyasi (1975),
Omonboyevning „Boʻydoklar“ (1961), N.Davlesovning „Ehtiyot boʻling, kelin“ (1970) va boshqa
musiqali dramalari, Tuleyev, A. Jonibekov, E.Joʻmaboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz
musiqasi yutugʻi boʻldi.
Drama teatri sarchashmalari turli marosimlar, xalq oʻyinlari, oqinlar aytishuvi, manaschi,
qoʻmuzchi va qiziqchilarning faoliyati bilan bogʻliq ravishda qadim zamonlardan boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |