Tadqiqot ishining predmeti. Mazkur tadqiqotning predmeti bo'lib aktivlarni investitsiyalarga o’tkazish tartibi va ularning turlari: 12 -Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo’shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy andazalari bilan tartibga solinadi. 0610-Qimmatli qog’ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom obligatsiyalari va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo’shma, uyushgan va qaram korxonalarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar hamda ularning harakati hisobga olinadi. 0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo’yilgan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning debeti 5110-«Hisob – kitob schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va qimmatli qog’ozlar sotib olish, boshqa korxonalarga qo’yilgan investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag’lar hisobidan amalga oshirilishiga qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. Yuqorida keltirilgan schyotlar bo’yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan qo’yilmalar, qimmatli qog’ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo’yicha yuritiladi.
Tadqiqot ishining ob'ekti qimmatli qog’ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni nominal qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan haqiqiy xarajatlar summasida qabul qilinadi va hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga va aksiyalar bo’yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi. Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, debet qoldig’i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog’ozlar yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib olingan qimmatli qog’ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan summani ko’rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko’rsatib o’tilgan qo’yilmalar hisobi qo’yilmalar turlari bo’yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog’ozlar»; 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo’yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga o’xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va yuritilishi ham shunday.
Do'stlaringiz bilan baham: |