Qim, Halilulloh Ozar o‘g‘lidur



Download 17,76 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi17,76 Kb.
#627751
Bog'liq
Bahrom timsoliga tavsif


Bahrom timsoliga tavsif XI bobda berilgan. Uning tasviri berilishidan oldin Ozor o’g’li Halilulloh butlarni sindirgan buparastlikka qarshi bo’lgan bo’lsa, uning o’g’li esa but yasovchi bo’lganligi tasviri beriladi va Bahrom va uning otasiga solishtiriladi. Yazjird va Bahrom ham huddi shu sifatli odamlar edi. Bahrom otasi sadaf kabi past ediy, bolasi huddi sadaf ichidagi gavhar kabi porloq edi deyiladi. Ya’ni Bahromning ijobiy xislatlarga ega ekanligi yoritiladi.
Qim, Halilulloh Ozar o‘g‘lidur,
Butshikan ko‘rki, butgar o‘g‘lidur,
Bu sifat keldi nisbat ichra tamom,
Tavr aro Yazdajurd ila Bahrom.
Yazdajurd (Nizomiyda Yazdigird)—Bahromning otasi, sosoniylar sulolasidan bo‘lib, qadimiy Eronda 399—420 yillarda hukmronlik qilgan, o‘ta zolim bo‘lgan. U haqda «...chun mamlakat egasi bo‘ldi, go‘yoki mulk egasiz qoldikim, ul zolim va nodon kishi erdi»— deb yozgai edi Alisher Navoiy
Bahrom binni Yazdajurd — sosoniylar sulolasiga mansub Eron shohlaridan biri. «Otasidanso‘ngra saltanat taxtiga o‘lturdi, otasi buzg‘onlarni tuzdi va aning o‘rnig‘a adolat ko‘rguzdi» (Qarang: Navoiy, Asarlar, 14-tom, 218—220-betlar). Sharq adabiyotida Bahrom an’anaviy obrazlardan biri bo‘lib, u Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy va Dehlaviylarning «Xamsa» asarlarida yetuk badiiy obraz darajasiga ko‘tarilgan.
Butshikan-but sindiruvchi138
Butgar- but yasovchi 138
Otasi nimaniki buzsa, Bahrom qayta tiklaydi, Otasi kimni o’ldirsa, yoki majruh qilsa, Bahrom ularning dardiga malham bo’lib, larning jismiga ruh beradi.
Har ne ul buzdi, bu borin tuzdi,
Bu borin tuzdi, har ne ul buzdi.
Kimni o‘lturdi ul qilib majruh,
Bu qo‘yub marham, o‘ldi jismig‘a ruh.
U (Yazdajurd) nimani buzgan bo‘lsa, bu (Bahrom) hammasini tuzatti. Bu baytda tardi aks san’ati qo‘llangan.
Tuzmak- tuzatmoq, to’g’rilamoq
Bahrom huddi tun ketib kunni yoritgan quyoshga o’xshatiladi, oddiy quyosh emas, butun jahonni yorituvchi quyosh kabi edi:
Shomi dayjur zulmati ketti,
Tiyra tundin quyosh tulu’ etti.
Bu quyosh o‘yla bo‘ldi nurafgan
Ki, jahon mulkin ayladi ravshan.
Dayjur – eng qorong’u kecha
tulu’- chiqish ko’rish, bolqish, quyosh, oy.
Nurafgan- nur sochuvchi.
Bahrom garchi sarkashlik qilganlarni o’z zarbi bilan tuban qilsa ham, pastda yotganlarni osmoni falakka ko’tardi ham:
Saltanat taxti uzra topti nishast,
Kimda ko‘rdi biyiklik etti past.
Nishast- qaror topmoq, o’tirmoq.
Biyiklik- buyuklik, darajasi yuqorilik.
Mamlakat bog’ini adolat bahori bilan bezadi va hayot jo’mbori bilan sug’ordi. U mamlakatni shunday ko’m-ko’k maysazorga aylantirdiki, dunyo huddi jannatdek go’zallashib ketdi.
Mulk bog‘in bahori adl bila,
Suvorib jo‘ybori adl bila.
Uyla sarsabz qildiyu toza
Kim, jahon bo‘ldi jannat ovoza.
jo‘ybor- daryo, dengiz
sarsabz- shod xursand, ko’klagan yashnagan
u kamronligidan, shohlar ichra pahlavonligidan shu islarni qildi.
Ulcha ul qildi komronlig‘idin,
Shohlar ichra pahlavonlig‘idin.

Komron- o’z maqsadiga erishgan, hokim


Bahromning tengini odamzod davrining hech bir tarixidan topib bo’lmasdi. Bunday gaplar eshitilganda ham aql bovar qilmaydi:
Hech tarix aro topilmas naql,
Bo‘lsa ham naql, bovar etmas aql.
Naql- tengi
Shoh Bahrom shunday ulug’ shoh ediki, butun osom ostidagi yer uning dargohi edi.
Shoh Bahrom aning kibi shah edi
Kim, sipehr anga xoki dargah edi.
Sipehr- osmon
U boshlab Suhayl yulduzidek tolega ega bo’lgach, Yaman mamlakati ustida yarqirab ko’rindi.
Avval o‘lg‘och Suhayldek tole’,
Bo‘ldi mulki Yaman uza lome’.
lome’- yarqiroq, porloq nur beruvchi
Bahrom doim ov qilish va qadah-qadah may ichish bilan ovora; o’tirganda jom ko’tarish, yurgan-turganda ov qilish bilangina band edi.
Ishi ov ovlomoqta chekmak jom,
Tortibon jom, qilmoq ovg‘a xirom.
Jom-qadah
U ov kunlarida ham may, musiqa, qo’shiq, ayshu ishratni qo’ymas edi.
Ov aro komi borcha bodau rud,
Bodau rud aro nishotu surud.
Kom-tilak, istak
Rud-musiqa quroli
Nishot- xursandchilik
Surud- ashula qo’shiq kuylash
U, garchi dam-badam ichsa ham, hech qachon adolat qonunidan chetga chiqmas edi.
Garchi juz jom dam-badam chekmay,
Adl qonunidin qadam chekmay.
Juz-boshqa,o’zga, bo’lak
Uning ovida sher go’rga (qulonga) hamla qilarkan, Bahrom yirtqich she’r uyasini go’rga aylantirar edi. U , boshlab, ikkita she’rdek shohning boshidan tojini olib, o’z otasining mamlakatini ozod qildi va ulardan xiroj oladigan bo’di.
Ovdakim, sher qildi go‘rg‘a zo‘r11,
Zo‘r ila sher uyina ayladi go‘r.
Ikki sher olidin chu toj oldi,
Otasi mulkidin xiroj oldi.
go‘r – yovvoyi eshak
ol-peshona
-adolatlilik ranju mashaqqatlar evaziga kurash qilib ajdarlarni halok qilib, bu mehnatlari evaziga qanchadan qancha xazinalarni qo’lga kiritdi.
Ajdar o‘lturdi chunki tortib ranj,
Topti ul ranj dast muzdi ganj12.
Ranj-mashaqqat, qiyinchilik
Muzdi- ish haqi, to’lov
U talon taroj qiluvchi zolimlardan o’z kishvarini tozalash bilan birga xalqni yeti yillik xirojdan ozod etti.
Kishvaridin ketardi chun toroj,
Yetti yillik maof tutti xiroj
Toroj- talon toroj, hujum
Kishvar- mamlakat
maof tutti- muof- afv etilgan, kechirilgan
Kimki elning boshini yeti yillik xirjodan ozod etsa tangridan unga ganj xazinalar in’om etilishi ajablanarli holat emasdi. Huddi shunday bo’ldi qo’shinlarini uni osmon singgari boshlarida ko’tarib yuradigan bo’ldilar, uning dushmanlariga qarshi jipslashdilar.
Kim, yeti yil ketarsa eldin ranj,
Ne ajab yetsa, tengridin anga ganj.
Xayli gardun sifatlig‘ ayladilar,
Xasmig‘a yakjihatlig‘ ayladilar.
gardun - osmon
Xasm- dushman raqib.
Bir vaqtlar u hali yo’q payti Xitoy xoqoni uning kisvarini bosib olgan bo’lsa, , endi bu bir necha yuz kimsa bilan kechalari nuboxun urub, unga qaqshatqich zarbalar berdi. Nihoyat Bahrom shnday xoqonni tor mor etib bu dunyodan u dunyoga qochib qolishiga sababchi bo’ldi.
Kishvarin oldi, o‘lg‘och ul pinhon,
Necha yuz ming chirik bila xoqon.
Necha yuz kimsa birla gohi sitez,
Bir shabexun chu ayladi angez.
Uyla xoqonni torumor etti
Kim, sipehr olidin firor etti.
Pinhon-yashirin, berkitilgan
Sitez-urush, husumat, dushmanlik
Angez-angiz qasd, xohish
Firor-qochish
Shabexun- talon-taroj, g’orat
Bu kabi g’alabalar o’tmishda Bahrom shohdan keyin Xusravi g’ozi, ya’ni sulton Xusayin Boyqarodan o’zga hech kimga nasib etmagan.
Asare qolmadi bu to‘fondin,
Ne sipohidinu ne xoqondin.
Bo‘lmadi buyla fath damsozi
G‘ayri Bahromu Xusravi G‘oziy13.
Xusravi G‘oziy—Husayn Boyqaroning sifatlaridan biri. Bahromshohning turk xoqonini torumor etishdagi urush usuli — (Bahrom ko‘p ming kishilik turk xoqonini g‘aflat paytida qo‘lga tushirib, o‘z taxtini egallaydi)ni Alisher Navoiy maslahati bilan Husayn Boyqaro ham Yodgor Muhammadga qarshi qo‘llagan. Shoir shunga ishora qilmoqda.
fath – zabd etish
O’z xasmidan shu kabi kurashlar bilan qutulgach, mamlakat xalqiga ko’pdan ko’p adolatu marhamatlar ayladi. Nihoyat, shoh Bahrom adolati marhamatlar ayladi. Nihoyat, shoh Bahrom adolati soyasida yeti iqlim sakkiz bihisht kabi obod bo’lib, noz-ne’matlarga to’lib-toshdi.
Topti chun xasmidin bu nav’ kushod,
Oncha olam eliga ayladi dod
Kim, navo topti baski nozu naim,
Sekiz uchmoq kibi yeti iqlim.
Kushod- ochiq, ochilgan
naim- farovon, ne’matlari farovon yashash uchun yetarli.
Download 17,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish