Qilishning hayotiy zarurligi …


Tarbiyaviy ishlarni mazmunan tashkil qilishdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’rni



Download 46 Kb.
bet5/6
Sana01.03.2022
Hajmi46 Kb.
#476542
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BoshIang’ich sinfda o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish KURS ISHI

Tarbiyaviy ishlarni mazmunan tashkil qilishdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’rni
O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy bo’ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o’quvchilar ajmoadagi ishlarini o’rganadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham nazorat qilib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbari, etakchi ota-onalar qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak.
Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida bolalarning yosh xususiyatlariga maktabning joylashgan shart-sharoitiga, ijodiy birlmashmalariga ilmiy markazlar bilan o’zaro tar qalgan alo qasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topgan hujjatlar ro’yxati xalq ta’limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berb boriladi. A.Jo’raevning “Tarbiyaviy darslarni o’tish” risolasida mustaqillik g’oyasi bilan bog’langan tarbiyaviy tadbirlardan qoidalarga asoslangan qonunlar belgilangan. Ijodkor rahbar hamda il g’or o’qituvchi tarbiyachilar o’z foaliyatlar jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni asosi qilib oladilar :
-tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish ;
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi ;
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bo g’lab bola qalbiga va ongiga ta’sir ko’rsatish ;
-tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar, tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash;
-tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o’stirish;
-bola shaxsiga hurmat va talabchanlik;
-bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish;
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatlarga ega bo’lib , uni qay darajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik mohiyatiga bo g’li q.
-sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
-tuman, shahar, viloyat, respublika mi qyosida o’tkaziladigan tadbirlarga ishtirok etishi;
-maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi;
-muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish.
-bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla faollarini ta qdirlash uchun direktorga taklif berish hu qu qiga ega. Direktor o’rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak:
-sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdi qlash; -maktabda o’tkaziladigan sport musoba qalari rejasini direktor bidlan hamkorlikda tasdi qlash;
-turli xildagi to’garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdi
qlash.
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllari, mazmuni va ma qsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qarorlarini hisobga olishni talab etmo qda. Sinfdan va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bos qichlarini belgilab olishga qaratilshanligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim :
-ulg’ayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bolaning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy hu qu qini e’tiborda tutish lozim ;
-milliylikni o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
-pedagoglar va o’qituvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish;
-maktabning jamoat tashkilot, otaliq qiluvchi korxonalar bilan alo qasini mustahkamlash;
-bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish;
-yashash joyi bo’yicha bolalarning bo’sh vaqtini tashkil etish; -o’quvchilarningsh oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda ulargi yordam berish;
-yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o’ziga va odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan axlo qiy tuy g’ularini tarbiyalash.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyo qarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chi qarish bilan chambarchas bo qlanishga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir.
Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan ani q dalillar va vo qealarni, badiiy adabiyot vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o’tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarning o’zini axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to’ g’ri baho berishga o’ragatdi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Shu sababli keyingi davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat bermo qda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan tarbiyaviy ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni ongli, dunyo qarashni shakllantiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalaargi quyidagilar kiradi :

  • darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish ;

  • o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;

-sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda. o’quvchilar tashkilotlari sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish ;
-umummaktab va maktablar o’rtasida o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish
-o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaaiy ishlarning hajmi , asosiy yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bos qichda o’quvchilarning psixik rivojlanishi mos kelishi lozim.

XULOSA
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni ta qozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan , ahil , jonajon Vatanimizning ha qi qiy fu qarolari bo’lishi kerak.
Maktabda boshlan ‘‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga qo’yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi, tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish, ularni milliy isti qlol ruhida tarbiyalash, o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish, o’quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o’z hu qu q va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash, o’quvchilarda o’z-o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir.
Boshlan ‘‘ich sinf o’quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning ahil tarbiyaviy jamoani tashkil etishdir.
Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamoalari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an’analari sa qlanadi. Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari , o’quvchilar o’z-zini boshqarish, o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarligida umumaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadli.
O’qituvchi va sinf rahbari so ‘‘lom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan birga doimiy bolalar qizi qishlarini qo’llab - quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo’nalitirib boradilar.
Kichik yoshli o’quvchilar juda faol va harakatchan bo’ladilar. Faollikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarlik hayotiy tajribaga ega bo’lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolaning ilm maktabdagi qadamidano q tarbiyaviy ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo’r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g’amxo’r munosabatda bo’lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda bolalarga o’zlarini qizi qtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko’pincha kichik yoshdagi o’quvchilar yosh xususiyatlarpgi ko’ra, o’z xususiyatlarini to’ g’ri baholay olmaydilar.
Bolalarning o’sishi ularda jamoatchilik malaka va ko’nikmalarining shakllanib borishi bilan o’qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishdagi jarayonimni o’zgartirib boradi.
O’qituvchi boshlang’ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog’lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish sohasidagi ishini yu qori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarni ta’lim va tarbiyaning batiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o’rganadilar.
Sinfdan tashqari ish o’quvchilarga biror ma qsadga qaratilgan pedagogik ta’sir vaqtini uzaytiradi, u o’qituvchining darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qizi qishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.
Bu borada tashkilotlar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin : tashkilotchilik, usuliy va ma’muriy.


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish