sertifikatlashtirish milliy tizimi – davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim;
mahsulotlarni sertifika-tlashtirish (matnda bundan keyin sertifikatlashtirish deb yuritiladi) – mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
muvofiqlik sertifikati – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
muvofiqlik belgisi – muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi. Sertifikatlashtirish (2-modda):
– odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning molmulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
– mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
– mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdosotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
– iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
– mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari (5-modda):
– O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi;
– bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditasiya qilingan idoralar;
Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internetfiribgarlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron-josuslik (ayg‘oqchilik), hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli harakatlarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin.
Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan bosma nashrlar erkin tarqatiladi (misol uchun yoshlar orasida ommalashgan «Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin). Hozirgi kunda ixtiyoriy o‘spirin arzimagan pulga axborot tizimlariga hujum qilishning elementar usullarini o‘rgatuvchi kitobni sotib olishi mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o‘zlashtirgan bunday o‘spirin kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin. Internetda kompyuter buzg‘unchiligini o‘rgatuvchi ko‘plab saytlar mavjud. Internet tarmog‘ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo‘yicha malaka almashishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o‘tkaziladi.
Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o‘z malakasini oshirish ustida faol ish olib borishadi, o‘z qatoriga o‘sayotgan avlodlarni jalb qilib, ularni o‘qitishadi. Bularning barchasi deyarli legal (ochiq) ravishda amalga oshirilmoqda. Bu holatlar dolzarb va muhim bo‘lgan yana bir masalani yechishni – jinoyat olamiga yoshlarning kirishiga qarshi kurashish va yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali usullarini yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Kompyuter jinoyatchiligini sodir etishga qarshi immunitetni hosil qiluvchi yuqori axloq-odobni shakllantirish bilan uyg‘unlashgan zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rgatuvchi ta’lim-tarbiyaning usullarini yaratish ta’limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunda kadrlar tayyorlashning barcha sathlarini qamrab olish («vertikal» bo‘yicha) hamda gumanitar sohada va tabiiy-ilmiy, texnik va gumanitar yo‘nalishlar tutashgan joylarda axborot xavfsizligi muammosi hal etish («gorizontal» bo‘yicha) zarur. Birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda va sudlarda kompyuter sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2002-yil 7-noyabr 385-sonli qaroriga1 muvofiq bu universitet respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.