Internetda qidiruv tizimlari Webda qidiruv– bu ko‘pincha brauzerning imkoniyatlariga uncha bog‘liq bo‘lmaydi balki tarmoq bilimlariga va qidiruv tizimlarining imkoniyatlariga asoslangan xolda olib boriladi. Shunga qaramay bor asboblardan to‘g‘ri foydalanish har qanday ish unumining asosi hisoblanadi. Quyida Internet Explorer interfeysidagi qidiruv funktsiyalaridan foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
Internet Explorer da qidiruv panelidan foydalanish Internet Explorer brauzerining qidiruv oynasini chaqirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Asboblar panelidagi Поиск tugmasini bosing.
2. Xoxlagan serveringizni tanlang.
3. O‘zingizni qiziqtirgan kalit so‘zni kiriting va Поиск tugmasini bosing. Natijada topilgan hujjatlar ro‘yxati ekranning chap tomoniga chiqadi. Hujjatlarga kirish uchun shu hujjat nomi ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosing. Hujjatning mazmuni bilan oynaning o‘ng qismida tanishishingiz mumkin.
Qidiruv tizimlari juda ko‘p, shulardan ayrimlari haqida tushuncha beramiz Rambler, Yandex, Aport.
Rambler, http://www.rambler.ru Rambler qidiruv tizimi “Stek” firmasida rus tilidagi serverlar bilan ishlash uchun tashkil qilingan. “Stek” kompaniyasi Pushino shahrida Biologik izlanishlar ilmiy markazida tuzilgan. Qidiruv tizimining avtori Dmitriy Kryukov.
Rambler-Rossiya Internetidagi qidiruv tizimini, reyting-klassifikatorni, shu bilan birga bir nechta bepul servislarni va informatsion loyihalarni o‘z ichiga olgan yagona portaldir. Portal resurslari kuniga 3,5 mln. kirishlarni ro‘yxatga oladilar, oyiga esa Rambler auditoriyasi Runet foydalanuvchilarining qariyib 60-70%ni tashkil etadi.
Qidiruv tizimining o‘zi MDH mamlakatlari va Rossiya serverlarida joylashgan 12 mln.dan ko‘p hujjatlar haqida ma’lumotlarni saqlaydi. Rambler kuniga 500 mingdan kam bo‘lmagan qidiruv so‘rovlarini qayta ishlaydi (o‘rtacha sekundiga 5 so‘rov).
Yandex, http://www.yandex.ru Yandex qidiruv tizimi Comtek firmasining loyihasi bo‘lib, matnli ma’lumotlarni rus morfologiyasini hisobga olgan xolda qidiruv olib boradi. Yandex ni til indeksi deb talqin qilinadi.
Serverdagi hujjatlarda ko‘rsatilishicha Yandex katta hajmli hamma turdagi, har xil formatdagi fayllar ko‘rinishida, bazalar ko‘rinishidagi ruscha matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.
Yandex 1997 yilda ishga tushirilgan, uning ajralib turuvchi jihatlari:
- Rus va ingliz morfologiyasini hisobga olgan xolda to‘liq matnli qidiruv;
- Kuchli so‘rov tili;
- Tabiiy tilda so‘rov berish imkoniyati;
- Slengli so‘zlarning aniq ishlovi;
- O‘xshash hujjatlarni qidiruv imkoniyati;
- Juda ixcham indeks;
- Topilgan hujjatlarda so‘zlarni ajratib qo‘yish imkoniyati;
Qidiruv tezligining yuqoriligi;