Qidir Organik kimyo



Download 66,53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.03.2022
Hajmi66,53 Kb.
#517628
Bog'liq
Organik kimyo - Vikipediya



Qidir
Organik kimyo
Organik kimyo — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu
birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyoning bir boʻlimi. Organik kimyoning
asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga
kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi
bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan
iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim
ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar,
nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir.
Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va
shahrik. ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida
mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning
umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum.
Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida
sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida
qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri
maʼlum.Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar.
Lekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. "Organik kimyo" terminini
fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya
sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar
A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga
ega ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupierovnmng organik birikmalarning
tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini
taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada
fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika
tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi, toʻyingan va


toʻyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik
birikmalar molekulalaridagi atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida
organik birikmalarda kimyoviy bogʻlarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik
tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan baʼzi murakkab organik
birikmalar — V12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va
boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniklandi.
Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qoʻsh yoki uch bogʻ
orqali toʻgʻri chizikli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va koʻp halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar hosil qila
olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan oʻzga atomlarga almashtirilishi
mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (mas, kislorod, azot, oltingugurt). Strukturasiga
koʻra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochik, zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalari)ga,
yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar (alitsiklik birikmalar, aromatik birikmalar) va
geterotsiklik birikmalarga boʻlinadi. Zanjirida qoʻsh bogʻ yoki 3 bogʻi boʻlmagan uglevodorodlar
va ularning hosilalari toʻyingan birikmalar, qoʻshbogʻ yoki 3 bogʻ tutganlari — toʻyinmagan
birikmalar hisoblanadi.
Har bir uglevodoroddagi vodorod atomlarini turli funksional guruhlarga almashtirish yoʻli bilan
genetik qator keltirib chiqarish mumkin, mas, etan — etilxlorid — etanol — sirka aldegidi — sirka
kislotasi va h.k. Bular uglevodorodlar RH (funksional guruhi yoʻq), galogenalmashgan hosilalar
RHal, spirtlar ROH, aldegidlar RCHO, ketonlar R,COR2, karbon kislotalar RCOOH, birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi aminlar RNH2, R2NH va RN nitrobirikmalar RNO2, tiollar (markeptanlar)
RSH, sulfidlar R2S va boshqa Uglerod — uglerodli qoʻshbogʻlar ham funksional guruxlar qatoriga
qoʻshiladi.
Bir xil tuzilishga ega boʻlgan oʻxshash funksional guruxli organik birikmalar uglerod zanjiridagi —
SN2 — guruxlari soni bilan farqlanganda gomologik qatorlar kelib chiqadi.
Molekulasida uglerod va vodorod atomlari hamda organogen atom (Hal, O, N, 8)lardan tashqari
uglerod bilan bogʻlangan elementlari boʻlgan birikmalar elementorganik birikmalar hisoblanadi.
Organik kimyoning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. Ye. Favorskiy, S.
V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N. Nesmeyanov va boshqalarning xizmatlari katta.
Organik kimyoning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-asrning
20-yillarida Oʻrta Osiyo universiteti kimyo f-tida prof. S. N. Naumov boshchiligida xinon va
toluxinon — dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi (1933). 2, 3-
siklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi oʻrganildi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin,
monoksalin, dioksim, monogibrazon, pi-razolon, bipirazolon, oazonlar olindi, shoʻrsuv nefti tadqiq
qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt miqdori aniqlandi.


40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini,
xinozidin va boshqa olish yoʻlga qoʻyildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov Oʻzbekiston oʻsimliklari
tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini oʻrganishga kirishdi. Aromatik
birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va boshqalar). Aproton va
proton kislotalar alkillash reaksiyalarida katalizatorlar sifatida qoʻllandi, l-atsetilanizol olish usuli
sanoatga tatbiq etildi. Ortotsiklogeksilfenol sintez qilin-di (prof. A. R. Abdurasulova). Turli
organik birikmalarni alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari oʻrganildi (prof. A. B.
Qoʻchqorov). A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib
amaliyotda qoʻlladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan prof. A. Abduqodirov ham organik
kataliz rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
Metallorganik birikmalar (prof. 3. M. Minulkin) va kumir kimyosi (prof. D. T. Zambramskiy)
rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan choʻktirish orqali fraksiyalarga ajratish usuli
qoʻllanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaksiyalari tadqiq qilindi (Yo. Yu.
Aliyev).
Keyingi 30 yil davomida fosfororganik birikmalar, fiziologik faol moddalar, elementorganik
birikmalar, kompleksonlar va organomineral oʻgʻitlar kimyosi tez rivojlandi. Bu borada A. A.
Abduvahobov, Sh. I. Solihov, S. Iskandarov va boshqalarning ishlari tah-singa sazovordir.
/1L:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmusheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii, M.,
1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, t. 1 — 2, M., 1983; P yetrov A. A. idr.,
Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari, T.,
1987.
Qudrat Axmerov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kimyoga oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Organik_kimyo&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Organik_kimyo&oldid=2288257
" dan olindi

Download 66,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish