Qidir
Klassik siyosiy
iqtisod maktablari
Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17—19-asrlarda vujudga
kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini
dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga
17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi
sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning
namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni
oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy
qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan
yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy
egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.
Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida
qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz
iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining
xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning
manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat
miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish
sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A.
Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang
Fizi-okratlar
). 2-
bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-
yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N.
Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod
maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.
A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering , oʻtsinlar, yoʻl bering , bajarsinlar" (laissez faire, laissez
passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha,
tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik
jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi.
Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr
hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan. D. Rikardo
qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini oʻnga sarflangan mehnat
harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida
qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonoʻnga bogʻlab
oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik
sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish
mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim
kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi
aloqadorlik muammolarini xal etishgauringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda
aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi
"geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi.
Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 —
1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida
D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani
"taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla
boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda
neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang
Neoklassik iqtisodiy nazariya
).
Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlartarixi, T., 1997; Mayburd Ye. I., Vvedeniye v
istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; Yadgarov Ya. S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M.,
1999.
Abduxalil Razzoqov, Neʼmat Xolmatov.
[1]
Adabiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |